Xizmat yozishmalari
Tasdiq xat matni namunalari
21-ilova
Sizning xomashyo so'rab 2019-yil 12-yanvarda jo'natgan
A-22-18 raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Bu
to ‘g'ridagi javobimiz 2019-yil 22-yanvargacha xabar qilinadi.
22-ilova
Bugun, 5-iyunda Sizdan buyurtmamiz boyicha mahsulot
ishlab chiqarayotganligingiz haqida xabar berilgan telegram-
mani oldik.
О
‘z
vaqtida qaytarilgan javob uchun Sizga minnatdorchilik
bildiramiz.
23-ilova
15-iyundagi 200 ООО (ikki yuz ming) g'isht so'rab yozgan
10125-raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Biroq
ayni paytda zavod о ‘zida mavjud buyurtmalarni bajarishga ul-
gurmayotganligi sababli iltimosingizni bajara olmasligimizni
ma ’lum qilamiz.
Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo ‘natilsa,
eslatma xatlar uchun
hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalari-
ning hajmi qisqaradi.
Farm oyish xat
Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalaming barchasiga
yoilangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish
xatlar xizmat alo-
qalarining ko‘pgina sohalarida qo‘llanadi. Ularning asosiy
vazifasi aynan bir xil mazmundagi
xabami bir necha manzil-
ga yetkazishdir. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi o‘z qaramog‘idagi
barcha ilmiy muassasalar va
378
Xizmat yozishmalari
tashkilotlarga bir xil ko‘rsatma bermoqchi. Bu ko‘rsatma xat
shaklida rasmiylashtiriladi va ro‘yxat bo‘yicha barcha institut-
larga tarqatiladi.
Farmoyish xatlaming o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
tashkilot qaramog‘idagi korxonalami u yoki bu masala haqida
xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.
Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan
manzillar nomi
ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘lla-
nayotgan tashkilotlaming umumiy nomini yozish maqsadga
muvofiqdir, masalan:
Barcha tadqiqot institutlariga
Barcha muzeylar rahbarlariga
kabi
Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzola
nadi. Agar xat matnida hisob boiim iga oid masalalar bo‘lsa,
bosh hisobchi ham imzo chekadi.
Bosh rahbar imzolagan
1-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa
umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi
tomonidan tasdiqlanib,
nusxa sifatida tarqatiladi (24-ilovaga qarang).
Dostları ilə paylaş: