Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə30/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

1-asosiy savol:

    1. Ma’naviyat asoslarini o‘quvchilar ongiga singdirishda o‘quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatadi

Ma’naviyat asoslaridan o‘quvchi-talabalarga chuqur bilim berish va ularni milliy istiklol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda o‘quv ishlarini tashkil etish va uni sifatli o‘tkazish katta rol o‘ynaydi. Buning uchun o‘ qituvchi dars turlarini yaxshi bilishi, uni sharoitga qarab qo‘ llashi, vaziyatdan ustalik bilan foydalanish, o‘qitish metodikasini puxta egallashi lozim.
Ma’naviyat asoslari fanidan dars turlari.
O‘rta umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’naviyat asoslari fani bo‘yicha quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin:
*o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko nikmalarni hosil kilish darslari (bu darslarda tushunchalar bilimlari hosil kilinadi);
*turli xil yangiliklar yordamida yangi bilim, malaka, konikmalarni mustahkamlash darslari;
*o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari;
*keyingi boskichda xatolarning oldini olish maqsadida bilim,malaka vakonikmalarni tekshirish darslari.
Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin o‘tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo‘li bilan o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash; yangi materialni o‘rganish (darsning asosiy bo‘limi); bolalarning oldin o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash; o‘ rganilgan bilimlarni hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo‘ llash (darsning asosiy bo‘limi); o‘quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o‘zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash.
Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo‘ shib olib borish mumkin.
O‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak. SHu dars qanday qismlardan iborat bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv materalini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda etarli miqdorda yordam berishini hisobga olish kerak.Masalan:
Mavzu:
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsadi: Tarbiyaviy maqsad: Rivojlantiruvchi maqsad:
O‘tgan darsni mustahkamlash yoki mustakil ish: YAngi mavzu bayoni:
YAngi mavzuni mustaxkamlash:
Uyga vazifa
Ma’naviyat asoslarini darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog‘i kerak.
Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o‘zaro bog‘langan bo‘lishi zarur. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.
Masalan: o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va konikmalarni hosil qilish darslari.
Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o‘quvchilarni, o‘quv vazifalarini faol bajarishga darhol tortadigan bo‘lsin. SHu maqsadda uncha katta bo‘lmagan mustaqil ishlarni bajarishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o‘quvchilarni yangi materiallarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog‘liq bo‘lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasini yangi mavzuga bog‘liq bo‘lmasa, yangi mavzuni o‘tishda o‘quvchilar uni qo‘llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. SHunday qilib darsning birinchi qismi o‘quvchilarning faolligini va diqqatini yo‘naltirishga qaratilmog‘i lozim, bu bosqichga uncha ko‘p vaqt sarf qilmaslik kerak.
O‘quvchilar diqqatini yo‘naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e’lon qilishdir. Bunda albatta o‘quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur.
YAngi o‘quv materialini o‘zlashtirishga o‘quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin o‘zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash harakteridagi materiallar ko‘pincha og‘zaki bajariladi.
Darsning ikkinchi kismida yangi tushuncha beriladi yoki hayotiy misollar beriladi. Bu o‘quvchilarning bayoni yoki suhbat orqali olib boriladi. Ba’zan o‘o‘uvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qilinadi.
YAngi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o‘quvchilarga keltirib chikarilgan, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tadbiq qilinadi.
Birinchi vazifalar odatda jamoa bo‘lib bajariladi. O‘quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi boskichda ratsional bo‘lgan yo‘l topiladi.
Ma’naviyat asoslari darsiga tayyorlanish.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o‘quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday me’ yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.
O‘qituvchi ma’naviyat asoslari dasturini, ishchi rejasini, darslik va o‘quv ko‘llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko‘rsatmali qurollarni hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars ma’naviyat asoslari dasturida qaysi o‘rinda, qaysi mavzular bilan bog‘lik holda, tushunchani nimalarga bog‘lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi.
Bu savollarning hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini va uning tipik xususiyatini kat’iy o‘rganish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga, ya’ni darsning alohida bo‘limlarining birlashishi, ularning organik birligi darsning qismlarini to‘ldiradi va o‘zaro bir-birini bog‘laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo‘lsa, o‘tgan darsdan nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirish mumkinligini, ya’ni mavzudan uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi, yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilishligini o‘ylab ko‘rish kerak. SHundan keyin o‘qituvchi qaysi o‘ quv materiali bilan darsning ayrim qismini to‘ ldirish zarurligini, o‘ qitishning qaysi metod va usullarini qo‘llash, qanday ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va qo‘llash mumkinligini hisobga oladi.
Darsning har bir bo‘limini bajarish uchun qancha vakt talab kilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maksadini echadigan bo‘limga qaratilishi zarur.
SHunday qilib, o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim:
-o‘quv dasturi va o‘qituvchi rejasida darsning o‘rnini aniklash
-darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash
-dars mazmunini aniklash
-dars boskichlarini tuzib chikish
-dars rejasini tuzish
-dars matnini yozish
-dars o‘tish metodlarini aniqlash
-darsda va uyga beriladigan vazifalarni bajarish
-ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash
-har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash va x.z.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsini tuzish.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsining reja yoki matni o‘qituvchiga o‘kuvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo‘nalishi va ketma-ketligi namunalarini ko‘rsatib turadi.
O‘qituvchi dars o‘tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi, ba’zan tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‘iladi. Masalan, o‘quvchilar o‘qituvchining bayonini yomon tushungan bo‘lsalar, qo‘shimcha tushuntirish o‘tkazadi, o‘quvchilar qiynalayotgan bo‘lsalar zaruriy yordam ko‘rsatadi. Bilimlarni mustahkamlash uchun bilimlarni o‘quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so‘rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko‘rish mumkin.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsini tahlil qilish.
Ma’naviyat asoslari fani darsini tahlil kilish va baholash birinchi navbatda uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatadi. SHuning uchun darsni qay darajada tuzilganligini va o‘tilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday bajarilganligini va asosiy didaktik tamoyillarini qanday qo‘ llanganligini ko‘ rsatish kerak.
Dars tahlilida uning mazmuni, tizimini, vaqtning taqsimlanishi, ish bajarish usullari, qo‘llanilgan ko‘ rgazma va boshka didaktik vositalarni ko‘ rsatish zarur. Darsning har bir tomoni o‘ quvchilar faoliyatini qanday yo‘naltirishini, undan qaysi o‘rinda faollik va mustaqillik buzilganini, hayojonlanish bo‘lganligini, boshqa tarbiyaviy tomonlar amalga oshirganligini e’tiborga olish kerak. Darsning tahlili quyidagi yo‘nalishda yoritilishi mumkin:
Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. Bunda mavzu bo‘yicha darslar tizimida tahlil qilingan darsning o‘ rni va ahamiyati, boshqa darslar bilan bog‘ liqligi, darsning mazmunini baholash va to‘g‘ri tushuntirilishi, uning tizimi, ishdagi metod va usullari ko‘rsatiladi.
Darsning mazmunini tahlil kilishda mavzuga doir tushunchalar beriladigan metodik bahoda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  1. berilgan bilimlarning ilmiyligi va etarlicha qat’iyligi.

  2. o‘rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish jarayonida o‘quvchilarning etarlicha vazifa bilan ta’minlanganligi.

v) dars materialining ta’lim-tarbiyaviy maqsadga taalluqliligi.
g) o‘quv materiali mazmunini darsning barcha qismlarini ta’minlash darajasi.
O‘quvchilar faoliyatini ijodkorlikka yo‘naltirish. Darsda nechta o‘quvchi faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat ko‘rsatganligi, unga qanday yo‘l bilan erishish zarurligini aniklash:

  1. o‘ quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash, o‘ quvchilarning yoshi, ulardagi bilim, malaka va ko‘nikmalar darajasini hisobga olish;

  2. o‘quvchilarning individul va jamoa bo‘lib bajargan ishlarini hisobga olish;

v) o‘ qitishda differensial yondashish;
g) yangi tushuncha, metodlarning yangi usullari bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda o‘tilgan materialni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ishlar e’tiborga olinadi.
g) darsning har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi.
Darsda ko‘llaniladigan ko‘rgazma va didaktik qo‘llanmalarning ahamiyatini ko‘rsatish.
Dars natijasini reyting baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, dars o‘z maqsadiga erishganligi, har bir o‘quvchiga to‘laligicha mustaqil ish bajartirilganligi, ular barchasi o‘qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi. Darsni tahlil qilishda shu narsani e’tiborga olish zarurki, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning pedagogik jarayonlari bir maqsadga qaratilgan bo‘lsa, dars to‘g‘ri baholanadi.
Darsning tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy shakllari.
An’anaviy dars- («markazda o‘qituvchi bo‘lgan ta’lim modeli», deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‘ljallangan,ta’lim jarayoni ko‘prok o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustaxkamlash va yakunlash boskichlaridan iborat ta’ lim modelidir.
An’anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‘ qituvchi tomonidan o‘ quvchilarga etkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an’ anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligini mutassil rag‘batlantirib turish, o‘quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi.
Ta’lim olishning noan’anaviy shakllari:

  • modellashtirilgan

*hamkorlikda o‘rganish
*tadqiqot izlanish
Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, uni o‘quvchi markazda turgan ta’lim modellari, deb xam ataladi.Modellashtirilgan dars - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metodlar majmuidir.
Xamkorlikda o‘rganish - o‘quvchilarning mustaqil guruxlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘ zda tutadigan metodlar majmuidir.
O‘rganishning tadqiqot- izlanish modeli o‘quvchilarni muayyan muammoni echishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metodlar majmui hisoblanadi.
Ma’naviyat asoslari kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo‘nalganligidir. Agar ma’naviyat asoslari dasturining ba’zi masalalari nazariy xarakterda bo‘lsa, maktabda har bir yangi tushuncha, amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi.
SHunday qilib, o‘ quvchilarda puxta amaliy o‘ quv va malakalarni shakllantirish maktab o‘ qituvchisi yoki kasb-hunar kolleji o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda u o‘zaro bog‘langan ikkita metodik muammoni hal etishi kerak: 1) malum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmuni matnini yozish; 2) o‘quvchilarning bu ishlarni o‘zlashtirishlari metodikasini va o‘zlashtirish o‘zidan samarali nazoratni ishlab chiqish. Ma’naviyat asoslarini o‘qitish tizimiga leksiya bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va mustaqil ishlar) mashg‘ulot turlari ham kiradiki, ular ta’limiy, tarbiyaviy hamda nariyani amaliyot bilan bog‘lash funsiyalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ham uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan o‘quv muassasalarida bo‘lgani kabi ma’naviyat asoslarini o‘qitishda ham ma’ruzalar nazariy bilimlarni berishning asosiy shakli hisoblanadi.
Ma’ruza o‘zida didaktik masalalarning muayyan to‘plamini tashkil etadi. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchining mahorati shunchalik yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ayni vaqtda oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzaning quyidagi turlaridan foydalanilmoqda: kirish ma’ruzasi, axborot - ma’ruza, tanishtiruv ma’ruzasi, muammoli ma’ruza, binar - ma’ruza, ma’ruza - konferensiya.
Kirish ma’ruzasida o‘quv fani haqida umumiy tushunchalar berilib, unda kursning maqsadi va vazifalari, uning o‘quv fanlari tizimidagi mutaxassisni tayyorlashdagi roli va o‘rni; kurs mazmuni: tashkiliy va metodik xususiyatlari; foydalaniladigan o‘quv metodik adabiyotlar; hisobot berish muddatlari va boshqalar bayon etiladi.
Ma’ruza - axborot ilmiy axborotlarni o‘z ichiga oladi.
SHarhlov (obzor)li ma’ruza fan asoslari, shuningdek, fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni ifoda etuvchi ilmiy bilimlarni tizimlashtirishga yo‘naltiriladi. Muhimi ushbu ma’ruzaning to‘liq ilmiy va konseptual asosga ega bo‘ lishidir.
Muammoli ma’ruza talabalarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilib, ulardan muammoli masala yoki vaziyatni xal etishlar talab qilinadi.
Binar ma’ruza suhbatdoshlari o‘rtasidagi suhbat shaklidagi ma’ruza turi bo‘lib, u ikki nafar shaxs, chunonchi, o‘qituvchi va o‘quvchi, ustoz va shogird, o‘qituvchi va talaba ishtirokida amalga oshiriladi.
Ma’ruza - konferetsiya hisobot, kichik ilmiy - maqola yoki ma’ruzalar yordamida ochib beruvchi ilmiy amaliy mashg‘ulot hisoblanadi.
Ma’ruza - maslahat, savol - javob yoki bahs - munozara asosida tashkil etiladi.
Klassik - ma’ruzalarda insonparvarlik g‘oyasiga asoslangan “o‘qituvchi - talaba” tizimiga muvofiq shaxsga yo‘naltirilgan hamkorlik texnologiyasi qo‘llaniladi.
Texnologik yondashuv asosida tashkil etiluvchi ma’ruzalar talabalarning o‘quv faolligi hamda intellektual - ijodiy salohiyatiga asoslanib amalga oshiriladi. Ushbu ma’ruzalar o‘zlarida quyidagi xususiyatni namoyon etadi:o‘quv xarakatlarini faollashtirish; materialni mazmuninit fanlaaro aloqadorlik asosida yoritish; o‘quv materialini ijodiy idrok etish xususiyatini shakllantirish; musobaqalashish va o‘quv o‘yinlarini tashkil etish; “jamoatchilik “metodlari ( ma’lumotlar, xabarlar, interv’yu, taqrizli tushuntirish va boshqalar); ochiq muloqat; baxs - munozara; hazil yordamida talabalarni faollikka chorlash; fantaziya, ijodiy hayolni faollashtirish, o‘xshatish ( muayayn harakatlarni tabiiy hodisalar bilan qiyoslash); tanlovlar; hayotiy misollarga murojaat etish.
Nomlari qayd etilgan ma’ruzalar muayyan metodik maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. CHunonchi, qiziquvchanlik, emotsional - texnologik muhitni yaratish; muntazam idrok etish va mustaqil faoliyatni faollashtirish; muammoli - izlanish vaziyatini yuzaga keltirish; kommunikativ vaziyatlarni yaratish; talabalarning o‘zlarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish; rag‘batlantirish, mukofotlash, maqtash.
Ma’ruzaga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • ma’lumotlarning yuqori ilmiy darajada bo‘lishiga erishish;

  • yirik hajmdagi aniq, ixcham tizimlashtirilgan, metodik jihatdan asoslangan zamonaviy ilmiy ma’ lumotlarni yoyish;

  • fikr - mulohazalarning asoslanganligi va dalil - isbotlar bilan boyitilganligi;

  • dalil, misol, matn va hujjatlarning etarli darajada bo‘lishi;

  • fikrlarning aniq va mantiqiy ifoda etilishi;

-tinglovchilar fikrlarini faollashtirish, savollarni qo‘yish - ritorik va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiruvchi mavzu, muammo yoki savoollarning berilishi;
-asosiy fikr, qoida yoki xulosalarni ajratib ko‘rsatish;
-atama, tushuncha, qoida, nazariya va boshqalarning moxiryatini ochib berish;
-talabalarga ma’ lumotlarni eshtish, fikrlash va yozib olishga imkon yaratib berish;

  • o‘qituvchi va talabalr auditoriyasi o‘ rtasidagi aloqani yuzaga keltirish;

  • didaktik materiallar va texnik vositalardan foydalanish;

  • zarur o‘rinlarda ko‘rgazmali namoyish etish, jadval, sxema, grafik va namunalardan foydalanish.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan ma’ruza muammoli ta’lim metodi yordamida talabalar faoliyatini takomillashtirish, maksimal darajada faollashtirish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
Bu kabi ma’ruzani tashkil etish jarayonida dastlab maqsad qayd etib o‘tiladi, shakllantiruvchi masala, o‘rganish ob’ekti aniqlanadi, idrok etish faoliyatining muhimligiga e’tibor qaratiladi, samarali usul, metod va vositalari taklif etiladi, ma’ruza yakunida natijaning kafolatlanganligi o‘rganiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantiruvchi, shakllantiruvchi maruza jarayonida talabalarda malum faoliyat asoslarini o‘rganish va uni tashkil etishga qiziqishi yuzaga keladi.
Muammoli maruzalarning mazmuniga qoyiladigan talablar:

  • metodologik ahamiyatining yuqoriligi;

  • zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdagiahamiyati;

  • taqdim etilgan materialning yuqori ilmiy darajasi, uning aniq tizimlashtirilishi va muamoli qurilishi;

  • ma’lumotlarning aniqligi, tushunarliligi, dalil, misol va qo‘shimcha materiallarning asoslanganligi, isbotlanganligi va ishonchliligi;

  • talabalarni imkon qadar faollashtirish: asosiy malumotlarni ajratish, fikrlash, ularning shaxsiy fikriga ega bo‘lishlari, o‘z nuqtai nazarini himoya qilishlari;

  • muammoli vaziyatlarning ketma - ket, muayyan tartib bilan hal etilishi,

  • talabalar tomonidan maruza mazmunining reja ko‘rinishida aks etilishiga erishishi;

  • ma’ruzada muhim tushuncha hamda tasavvurlarga mos keladigan zarur atamalarning yoritilishi;

  • didaktik materiallardan foydalanish;

Talabalarni mustaqil idrok etish, intellektual - ijodiy faoliyat va evristik suhbatga tortish (masalan, quyidagicha topshiriq bilan: aniq bir materialni tasniflash, asosiy nazariy qoidalarini tanlash, yangi bilimlarini tizimlashtirish va boshqalar)
Maruza tarkibiga kiruvchi muhokama, suhbat, o‘yin, tortishuv kabi pedagogik texnologiyalar yordamida ularning samaradorligi ortadi.
Ta’lim jarayonini munozaralar asosida tashkil etish ham bir qator shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan: asosiy ma’ruzachi va opponentlarni tanlash; ularning chiqishlari uchun matn tayyorlash; talabalarning mustaqilligi, o‘qituvchining neytralligiga erishishi; aniq savollar asosida ma lum tizimga asoslanuvchi yangi o‘quv ma lumotlarni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi dialogni uyushtirish; evristik suhbatni tashkil etish; o‘rganilayotgan ob’ektni, uning bog‘liqliklarini, aniq masalada, alohida tushuncha va hodisalar bo‘lganida muhim hislatlari, qonuniyatlarini tushuntirib berish; taqqoslash va solishtirishlardan foydalanish; bayon etish, fikr yuritishning mantiqiy bo‘lishi.
Amaliy mashg‘ulotlarning leksiyadan farqlanadigan asosiy me’yorlaridan biri o‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi xarakatlarida o‘ziga xos xarakter bilan namoyon bo‘lishidir. Ular vazifalariga kora amaliy mashg‘ulotlarda olgan nazariy bilimlarini amalda kengaytirib, chuqurlashtirib, detallashtiradi, ya’ni dars mobaynida o‘zlari dars o‘tishadi, bir - birlarini darslarini analiz qilishadi hamda o‘zaro muhokama qilib, bilimlarini sinab ko‘rishadi. Eng muhimi, amaliy mashg‘ulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg‘ulotlari quyidagi vazifalarni echishga qaratilgan bo‘ladi:

  • leksiyada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahamlash;

  • fan bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • talabalarning ilmiy - tadqiqot va bilish qobiliyatlarini o‘ stirish;

  • naariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotda tan olinishi.

Munozara shaklida seminar o‘tkazish metodikasida talabaning fikrlash va muloqot qobiliyatlarining shakllanishi uchun tezkor omil sifatida katta ahamiyatga molikdir.
Seminardagi munozara quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • seminar jarayonida qo‘yilgan savollarga javob berishda talabalarning erkin fikr bildirish va asoslay olishlarini ta’minlash;

  • taaluqli javoblarning boshqa talabalar tomonidan tushunilishini ham ta’minlash;

  • nuqtai naarlarga tanqidiy mulohazalar bildirishni tashkil etish, ularni oydinlashtirish, to‘ ldirish, o‘ zgartirish;

  • oydinlashtirilgan, to‘ldirilgan, o‘zgartirilgan fikrlarning tushunilishini ta’minlash ;

  • qo‘yilgan savollarga yakdil isbotlar asosida javoblar berishga ko‘nikma hosil qilish.

Munozarani shu jarayonda qo‘yilgan savollarga berilgan javoblardan iborat xulosalarni
shakllantirish va shunday muammolarni belgilash orqali yakunlash kerakki, ular keyingi seminarlar yoki talabalarning mustaqil ishlarida xal qilinadigan bo‘lsin.
SHunday qilib, bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminarlar quyidagi bosqchlarni qamrab oladi:
1.Seminar mavzusining dolzarbligini asoslovchi o‘qituvchining kirish suhbati.

  1. Seminar mavzusi mazmunini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni yuzaga chiqarish.

  2. Tayyorlanagan ma’ruzasi bo‘yicha talabalarning chiqishlarini tashkil etish va ularning ko‘targan masalalarini seminar qatnashchilarining tushunib olishlarini ta’minlash.

  3. Seminarga qo‘yilgan talabalar ma’ruzalarining muhokamasini tashkil etish.

  4. Seminarni yakunlash.

Bunday malakalarni shakllantirish, odatda, o‘qo‘v ishlar mamunini tashkil etuvchi ateriallar, leksiya, ilmiy va o‘ quv metodik adabiyotlarni konspekt qilish, ma’ ruza va referatlarni yozish, o‘ quv va ilmiy axborotlar mazmunini tushunish va eslab qolish asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar natijasini baholab u ishda muvaffaqiyatli qtnashchilarni alohida ta’kidlab o‘tadi. SHuningdek, ayrim kamchiliklara yo‘l qo‘yganlarni ham qayd qiladi va ishlash usullarini kelgusida takomillashtirish, ya’ni keyingi mashg‘ulotlarga qanday vazifalar qo‘yilishini belgilab beradi.
Seminar mashg‘ulotining eng muhim bosqichi hamda uning o‘zagi muammoli savolga javob qidirishni tashkil eish hisoblanadi.
Muammoli savolga javob topishni qidirishni tashkil etish metodikasi o‘zida muntazam qo‘yilgan qadamlar modulini birlashtiradi.Ular quyidagalar:
*muammoli savolni qo‘yish;
*qo‘yilgan savollarga javob topish va asoslash bo‘yicha talabalarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
*javoblarning tanqdiy tahlilini tashkil etish, ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlash; *kelishilgan mavqe (pozitsiya) ni ishlab chiqish eng to‘g‘ri javobni konstruksiyalash maqsadida javoblarni o‘zaro qiyos qilishni tashkil etish.
*keyingi muammoli savolni qo‘yishga o‘tish.
O‘qituvchi tashkil etgan bunday mujassamlashgan harakatlarni bajarish jarayonida talabalarning tafakkurlarida rivojlanish yuz beradi.
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv - tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlar muhim o‘rin egallaydi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o‘quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko‘nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta’minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy - didaktik maqsadlarga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Pedagogika oid adabiyotlarda mustaqil ishlarnig quyidagi turlari qayd qilinadi:
-namunalar bo‘ yicha mustaqil ishlar;
-rekonstuktiv - variativ;
-eristik (qisman, ijodiy);
-ijodiy tadqiqot.
Namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar deganda tipik vazifalarni turli mashqlarni namuna asosida echish tushuniladi. Ular materialni o‘zlashtirishga omil bo‘ladi.yu lekin talabalarning ijodiy faolligini o‘stirmaydi.
Rekonstruktiv - variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlarning amaliy tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chikishni hamda masala va muammo kabilarni echishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Evristik mustaqil ishlar leksiya, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarda qo‘yilgan ayrim masala va hal qilish bilan bog‘ liqdir.Tadqiqiy mustaqil ishlar, tadqiqot muammosini ko ra olish malakasini, uni mustaql ifodalay olish, farazni belgilab olish va muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish hamda uni hal qilishni mo‘ljallaydi.
Ijodiy tadqiqot ishlari .Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqoa qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo‘ladi. Talaba o‘z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo‘lgan holda masalaning hal qilinish yo‘llarini qidiradi va tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo‘yish, izohlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi.
SHunday qilib, mustaqil ishlar, o‘qitishning eng muhim metodi bo‘lib, unda talabalarning mashg‘ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi.
Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning metodikasining asosiy shartlari quyidagilardan
iborat:
*mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri;

  • mustaqil ravishda o‘z bilimlarini yanada oshirib borishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi;

  • mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;

*mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish.
O‘quv jarayoni mustaqil tahsilni tashkil etilishini ham ko‘zda tutadi. Talabalarning mustaqil tahsili ularning o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishi sifatida qaraladi.
Mustaqil tahsilning aosiy maqsadi talabalarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini
o‘stirishdir.
Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning g‘oyaviy nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorat va madaniyatini takomillashtirish kabilarni ichiga oladi.
O‘quv jarayoni mustaqil tahsilga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi va talabalarning o‘z - o‘ zini baholay olishini, ularning tayyorgarligini, yangi bilimlarini egallashga bo‘ lgan ongli munosabatini aniqlab berishi kerak. Mustaqil tahsil bo‘yicha mashg‘ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning rejasi tuziladi.
Rejaga quyidagi talablar qo‘yiladi:
*rejalashtirilayotgan ishlarning hajmi va oldinma keyinligi;
*ularning bajarilish muddatlari;
*mustaqil faoliyatning har ir turiga maqsadli ko‘rsatmalar berish.
Mustaqil tahsil jarayoni uning aniq shakli, metodlari va usullarini qamrab olishi shart.
Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to‘g‘ri baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo‘lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ularning muloqatidir.
Mustaqkil tahsilning pirovard maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o‘zi ustida ishlash va har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya xaqidagi aniq tushuncha va tasavvurlvr birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tnglashtirish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, quyida ular haqida bayon qilinadi.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmui. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani malum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Idrok etish - bilish faoliyati xarakteriga kora metodlar tasnifi:

  • tushuntirish - illyustrativ ( axborot - retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;

*reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez - tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
*muammoli bayon qilish metodi;
*qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muam- moli vazifalar yaratiladi va hal qilinadi;

  • tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi .

  1. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.SHukina, I.T. Ogorodnikov) qo‘yidagilar farqlanadi:

  • ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari;

*egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.

  1. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin kilish (maksadni amalga oshirishga erishish);

  2. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash;

  3. Muntazam tahlil kilib borish;

“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.

  • birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq;

  • ikkinchidan, bayon qlinadigan materialning xarakteriga bog‘liq;

  • uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivoj lanish daraj asiga bog‘ liq;

  • to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘ liq;

  • beshinchidan, oliy o‘ quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘ liq;

  • oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy - texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

  • ettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq.

SHunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv - bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iborat.
Oliy ta’lim o‘qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda quyidagi komponentlarni farqlaydilar:

  • tashkilotchilik

  • ilmiy bilish;

  • kommunikativlik.

Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o‘quv tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, talaba va boshqa olimlarning o‘zaro aloqador (integratsiyalash) faoliyatidir.
Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o‘zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni tanlab olish va ularning vazifalarini belgilab berishini tashkil etish malakasida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof - olamni va o‘zni chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi.
O‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiladi.
Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalarni belgilash malakasini ko‘zda tutadi.
Kommunikativlik faoliyati asosida o‘qituvchining o‘z - o‘zini boshqarish qobiliyati yotadi. SHuningdek, kommunikativlik - insonlarga yuz tutish, xayrixoxlik, xushmuomalalik;pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota - onalar bilan maqsadga muvofiq tarzda o‘rnatilgan munosabatlari.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin