Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə2/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

1-asosiy savol:
Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlari sari birlashtirish,mamlakatimizda yashaydigan,millati,tili va dinidan qat’iy nazar,har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat bilan yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi ,milliy qadriyatlari va an’analariga munosib bo‘lishga erishish,yuksak fazilatli va har tomonlaman etuk barkamol insonlarni tarbiyalash,ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish ,shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy mafkuraning bosh maqsadidir.

    1. Fanning vazifalari YAngi zamon avlodini tarbiyalab voyaga etkazish, ajdodlarimizning bebaho moddiy va ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, mustaqil fikrlashga qodir, ma’naviy va ahloqiy jihatdan etuk shaxsni shakllantirishdan iborat.

    2. Fanning yakunida talabalar milliy g‘oya va mafkuralarning tarixiy-falsafiy ildizlari haqida, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlab bugungi kun talabiga javob bera oladigan fidokor, jonkuyar va bilimli mutaxassis bulishiga zamin yaratadi.

    3. Fanni o‘rganishda talabalar falsafa, milliy g‘oya, ma’nviyat asoslari, dinshunoslik, ahloq mantiq, nafosat, pedagogika, psixologiya, siyosatshunoslik kabi fanlardan olingan bilimlarga suyanadilar.

“Milliy g‘oyani o‘qitish metodikasi” fanini chuqur o‘zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar echimini to‘liq nihoyasiga etkazish qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi: Odobnoma , Vatan tuyg‘usi , Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik, O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, siyosatshunoslik, pedagogika, psixologiya, falsafa, mantiq, ahloq, nafosatning mamlakatimiz hayotiga oid islohotlarni amalga oshirishdagi mohiyatini, mustaqillik konsepsiyasi to‘g‘risida etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.“Milliy g‘oyani o‘qitish metodikasi” fanida fanning predmetini yoritish, o‘rganishning ahamiyatini ochib berish, jamiyat tarixini davrlashtirishni tushuntirish va xronologiyasini ko‘rsatish; G‘oya va mafkuralarning falsafiy–tarixiy ildizlari, ta’lim tarbiyaning ilg‘or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalana bilishlari, milliy madaniyat va ularning paydo bo‘lishi, xususiy mulk, mustaqillik va demokratiya hamda ularning mohiyatini ochib berish.Talabalarning “Milliy g‘oyani o‘qitish metodikasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, ta’lim vositalari jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma’ruza, seminar shaklda olib boriladi. SHuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, Klaster, Insert, Aqliy hujum, Ajurli arra, suhbat, ma’ruza hikoya, ko‘rgazmalilik, an’anaviy, halq pedagogikasi va boshqa interfaol usullaridan hamda taqdimotlardan foydalaniladi.
Yuksak ma’naviy madaniyat, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash muammosi siyosiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’naviy-madaniy cohalarda islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida oila va uni davlat tomonidan himoya qilinishi, oilada bola tarbiyasi mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, jahon ta’limi standartlari darajasida shaxsga ta’lim berish va ijtimoiy tarbiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish talabi ta’lim tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.Bu borada jamiyatning kichik bo‘lagi oilaning o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor berilishi ,yoshlarga g‘oyaviy tarbiya berishdagi o‘rni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda zamonaviy mutaxasislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida ta’limni insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi; ularning asosiy sifatida esa milliy va umuminsoniy madaniy qadriyatlar aniq belgilab olinganligidan kelib chiqib,shuni alohida qayd etish lozimki g‘oyaviy tarbiya berishda ma’naviy ma’rifiy tadbirlarning o‘rni beqiyosdir. YUrtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz1. SHu bilan birga, bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan yaxlit ta’lim jarayoni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
«Ma’naviyat - inson kalbida ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan xakikat nuridir, deyilgan ta’rif darxakikat so‘fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshkacha ta’rif bu cheksiz moxiyatni cheklab ko‘yadi» — deb yozadi T.Maxmudov «Ma’naviyat — insonning ma’lum darajadagi jismoniy, akliy va ruxiy balogati va dunyokarashini ifodalovchi tushunchadir», deb ta’riflaydi. Bu ta’riflarda ma’naviyat «inson kalbining xakikiy nuri», «insonning ma’lum darajadagi jismoniy, ruxiy, akliy balogati va dunyokarashini» ifodalovchi tushuncha nuktai - nazaridan baxolanmokda. Demak, inson barkamol bo‘lishi uchun o‘zida ushbu xususiyatlarni tarkib ettirmogi, xayoliga kalbi, ko‘ngil ko‘zgusidagi xakikat bilan karamogi lozim. Buning inson o‘zini xam ruxan, xam aklan, xam jismonan tayyorlab tabiat, jamiyat inson tarakkiyotida mazkur nurlar orkali karamogi lozim.
Ma’naviyat to‘grisida akademik E.YUsupov, S.Otamurodov, A.Jalolov, O.Nosirxo‘jaev, M.Lafasov, M. Zaripov Xoji Ismatullox Abdulloxlar va boshkalarning ta’riflari keltirilgan. Barchasida ma’naviyat, akl, idrok ruxi kechinma, ichki kayfiyat kabi ma’nolarni anglatadi, shuning uchun xam u shaxs barkamolligi uchun zarurdir.
Demak, insonlarda ayniksa yoshlarda axlok, ilm, odob, iymon, vijdon, xalollik, mexnatsevarlik, insonparvarlik, e’tikod, burch, ma’suliyat xissini xosil kilib ularni tekinxo‘rlik, xasadgo‘ylik, joxillik, giybat kilishlik, o‘z vatani, o‘z xalki, o‘z ota - onasiga sotkinlik, tuxmat kilish kabi xislatlarga murosasizlikni shakllantirish bugungi kun talabi ma’naviyatning asosi ekan uni o‘rgatish lozim. Zero, ma’rifat - bilish, bilim, tanish va ma’lumot kabi ma’nolarni anglatuvchi tushunchadir. SHuning uchun xam ma’naviyat ma’rifat bilan uygun xolatda, xamkorlikda, bir - birini o‘zaro to‘ldirib, rivojlanib boradi. «Ma’rifat, - deb yozadi akademik E.YUsupov kishilarning ongiga muayyan bilimlar goyalar, e’tikod va iymon, axlok va odob normalarini singdirish, ta’tshm - tarbiya ishlarini takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy kadriyatlarni o‘rganish, targib etish maksadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimidir».
Demak, ma’rifat yosh avlodga axlokiy fazilatlarni singdirish maksadida milliy an’analar, urf - odatlar, kadriyatlarni o‘rgatish, to‘grirok aytadigan bo‘lsak shaxsning mentalitetini shakllantirish jarayonidir.
4.Tarbiyaviy tadbirlarning o‘yin faoliyati, romantika shaklida bo‘lish prinsipi. Bu prinsipni asosan kichik va katta maktab o‘kuvchilariga ko‘llash maksadga muvofik.CHunki kichik va o‘rta maktab yoshi o‘kuvchilari asosan o‘yin faoliyatiga ko‘prok extiyoj sezadilar. Ammo shu o‘rinda xam e’tir— bu ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’rifiy tarbiyaning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari, tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlariga ko‘yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan koidalardir.
Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining prinsiplari o‘kituvchi -tarbiyachi, o‘kituvchi - muxandislarga yo‘l - yo‘rik ko‘rsatuvchi talablar, koidalar xisoblanib barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to‘grisidagi ta’limotga ilmiy pedagogik ta’lim erishgan yutuklarga asoslanib, uning konuniyatlarini aks ettiradi.
SHuning uchun ma’naviy - ma’rifiy tarbiya jarayonida bu prinsiplarga rioya kilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko‘rsatkichini oshiradi. Xozirgi zamon pedagogikasida ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarning prinsiplari kuyidagicha guruxlashgan. Bular, ma’naviy - ma’rifiy toifalarning ijtimoiy yo‘nalish kasb etish prinsipi, ixtiyoriylik, mustakillilik, o‘yin, romantika, ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, ratsionalizatorlik nuktai nazaridan yondoshish, rejalilik, tarbiyaviy tadbirlarning o‘kuvchilar kuchiga mosligi, muntazamliligi, davomiyligi, o‘zaro ta’sirchanligi va tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish prinsiplaridir.
5.Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo‘nalish kasb etish prinsipi.
Bu prinsip tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy tarakkiyot va mamlakatning goyaviy - siyosiy, ijtimoiy - iktisodiy, ma’naviy - madaniy rivojidan kelib chikib, darsdan va sinfdan tashkari tashkil kilinadigan ishlar mazmuni, to‘garak, klublar, birlashmalar faoliyatini konuni asosida tashkil kilinib kuyi guruxlardan anikrok va osonrok tadbirlar, yukori gurux (kurslar) da murakkabroklarini o‘tkazishni nazarda tugishi lozim.
6. Ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarning yana bir muxim prinsipi. Tadbirlar ishtirokchilarining yosh va individual xususiyatlarini xisobga olishdir. Bu degani tadbirlarning vazifalari, mazmuni o‘kuvchi - yoshlarning yoshlariga mos bo‘lib, ular sogligiga, dunyokarashiga ma’naviy - axlokiy saloxiyatiga akliy zakovatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yirok bo‘lishi lozim.
Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining kayd etilgan prinsiplariga asoslansa, ularning yaxlitligi, o‘zaro xamkorligi, bir-birini to‘ldirilishiga e’tibor karatilib ulardan samarali foydalanilsa umumiy o‘rta maktab, kasb xunar kollejlari o‘kuvchilarning ta’limiy – tarbiyaviy rivojlanuvchanlik faoliyatlari maksadli yo‘lga ko‘yilishi, barkamol insonning to‘lik shaxs bo‘lib shakllanishi kafolatlanadi.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin