Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə3/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:

  1. «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak» shiori.

  2. Amir Temur g‘oyalari.

  3. Ajdodlarimiz umuminsoniy g‘oyalarni qanday tushinishgan?

  4. Ajdodlarmiz vatan ravnaqi va tinchligi haqida.

  5. Barkamol inson ma’naviy olami.

  6. Bosh g‘oyamizga ta’rif bering.

  7. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga izoh bering.

  8. Bunyodkor g‘oyalar.



Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2015.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2017.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002.

6 .P.Bakirov “Milliy g‘oya targ‘ibotida o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish”- T., 2007
7. E.YUsupov “Ma’naviy kamolot omillari”- T., 1996 96 bet
2 - mavzu. «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanini o‘qitishning
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Asosiy savollar:
1.«Milliy g‘oyani o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi, vazifalari va uni o‘rganishning ahamiyati.
2. Milliy g‘oya o‘qitish metodologiyasi fani mazmuniga qo‘yiladigan talablar.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitish metodikasi, fanning maqsadi va vazifalari, fan mazmuni, davlat ta’lim standarti, metodologik asos, uzluksiz ta’lim tizimi, talablar, tamoyillar.
1-savol bayoni.
Ma’lumki, 1990 yilning 24 martida XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta prezidentlik lavozimi ta’sis etilishi to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Sessiyada Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida bir og‘izdan Qaror qabul qilindi. 1990 yil sharoitida O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi uning yaqin kelajakda ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan tom ma’nodagi mustaqilligini amalga oshirishdagi katta yutuq, tarixiy hodisa edi. Gap shundaki, xalqimiz bundan bir yuzu o‘ttiz yil muqaddam o‘z milliy mustaqilligini va tarixiy davlatligini yo‘qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolganligi joiz, garchi Buyuk Stalin Konstitutsiyasi deb atalmish Konstitutsiyaning «SSSR ijtimoiy tuzumi va siyosatining asoslari» deb atalmish I bo‘limning «Siyosiy sistema» bobidan joy olgan 1-moddada: «Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi mamlakat ishchilari, dehqonlari va ziyolilarining, barcha millatlari va elatlari mehnatkashlarining iroda va manfaatlarini ifodalovchi sotsialistik umumxalq davlatidir» deb yozilgan bo‘lsada, yoinki yana shu Konstitutsiyaning «Davlat va shaxs» deb atalmish II bo‘limning «SSSR grajdanligi, grajdanlarning teng huquqligi» deb atalmish bobning 34 moddasida bayon etilgan «SSSR grajdanlari o‘zlarining nasl-nasabidan,... irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xarakteri, yashash joyi va boshqa holatlaridan qat’i nazar Qonun oldida tengdirlar.
Iqtisodiy, siyosiy sotsial va madaniy hayotning hamma sohalarida SSSR grajdanlarining teng huquqliligi ta’minlanadi», shuningdek 36-moddada: «Turli irq va millatlarga mansub SSSR grajdanlari teng huquqlarga egadirlar.
Bu huquqlarning amalga oshirilishi SSSRdagi barcha millatlar va elatlarni har tomonlama kamol toptirish va yaqinlashtirish siyosati bilan, grajdanlarni sovet vatanparvarligi va sotsialistik internatsionalizm ruhida tarbiyalash bilan, ona tilidan va SSSRdagi boshqa xalqlarning tillaridan foydalanishga imkon berilishi bilan ta’minlanadi...», shuningdek 50-moddada SSSR grajdanlariga so‘z, matbuot, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘chalarda namoyishlar qilib yurish erkinliklari, 51-moddada ko‘rsatilgan siyosiy huquqlar, 52-moddada qayd etilgan «SSSR grajdanlarining vijdon erkinligi, ya’ni har qanday dinga e’tiqod qilish yoki bironta dinga ham e’tiqod qilmaslik, diniy marosimlarni bajarish huquqi garantiyalanadi» deb ko‘rsatilganligiga qaramasdan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida qayd etib o‘tganlaridek sobiq sho‘rolar davrida fuqarolar qonun asosida yashashga da’vat etilsa, kommunistlar partiya ustavi asosida yashar edilar.
Bir so‘z bilan aytganda milliy respublikalarda fuqarolarning Konstitutsion huquqlari amalda hayotga qoniqarsiz holda tadbiq etilar edi. Bulardan tashqari 1990 yil sharoitiga kelganda yig‘ilib qolgan ko‘plab milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ayniqsa ma’naviy rivojlanish muammolari nihoyatda keskin tus olgan edi. Respublikamiz oldidagi mana shunday dolzarb muammolarni hal etishda Prezidentlik lavozimi keng imkoniyatlarni ochib berishi mumkin edi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur sessiyada so‘zlagan nutqida Prezident vazifasi va uning mas’uliyati xususida to‘xtab: «O‘zbekiston Prezidenti sifatida o‘zimning asosiy vazifalarimni nimadan iborat deb bilaman? O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, «Prezident boshqaruvi»ning muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishini ta’minlashdir. Ayni chog‘da mehnatkashlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlaar bilan rivojlantirish – respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O‘zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir».
Bu so‘zlari bilan Islom Karimov Prezident sifatida sho‘rolarning totalitar tuzumi davrida qator muammolarga duch kelgan xalqimiz oldida butun mas’uliyatlar kompleksini oydin - ochiq o‘z zimmasiga olganligini bildirdi.
1990 yil 20 iyunь kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasi yana bir tarixiy hujjat - «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni qabul qildi.
Deklaratsiyaning kirish qismida bu tarixiy hujjatning maqsad va vazifalari shunday ifodalab berilgan: «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi».
Islom Karimov o‘z murojaatida yurtdoshlarimizning markazdan turib jozibali harakat qilayotgan Favqulodda holat davlat Komiteti chaqiriqlari tufayli vujudga kelgan ekstremal sharoitda og‘ir-vazmin va sabr-toqatli va tinchlikni saqlash va mustahkamlash uchun jipslashtirishga chaqirdi.
1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat Komitetining qarorlari Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid va noqonuniy ekanligi e’lon qilindi. Birinchi Prezident Islom Karimov ana shu bayonotida bundan bayon KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosi tarkibini tark etishini ham bildirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston qonunlari asosida O‘zbekiston tasarrufiga olindi. SHuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysundirildi. 1991 yil 28 avgustda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat komitetining qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zKPning KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishiga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Ana shunday tarixiy sharoitda, 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashi XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi ish boshladi. Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yildi. Sessiyada Birinchi Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi ma’ruzasi tinglandi. Islom Karimov madaniylashgan mustaqil davlatlar maqomi to‘g‘risida gapirar ekan:
«Bo‘lajak mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma’qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Bu hech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz hoxish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hoxish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hoxish-irodasi biz uchun muqaddasdir».
Sessiyada O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda xalqaro hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, Respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e’lon qilindi.
SHunday qilib 1991 yil 31 avgustiga kelib jafokash o‘zbek xalqining milliy mustaqillik xususidagi azaliy orzusi amalga oshdi. O‘zbek xalqi «buyuk og‘alar»ning iqtisodiy va siyosiy muteligidan qutilib, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Mustaqillik davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Qator xorij davlatlar mustaqil O‘zbekiston Respublikasini davlat sifatida tan oldilar. Endi yangi, suveren davlatni kompleks rivojlantirishning «O‘zbek modeli» bunyod etildi. Birinchi Prezident Islom Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari ana shunday modelini o‘zida atroflicha mujassamlashtirdi. Milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz munosabati bilan mamlakatimizda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, 1998 yi l 28 aprelida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida», 1996 yil dekabrida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida», 1991 yil 15 fevralida «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida» Qonunlar qabul qilindi.
Mamlakatimizning erkin, demokratik jamiyat qurish sari tutgan yo‘lini sinchiklab kuzatar ekanmiz, mamlakatimizdagi sof vijdonli, iymon-e’tiqodli fuqarolarimizning hayotimizning turli jabhalarida milliy istiqlolimiz bergan ne’matlariga shukronalar qilib, uning buyuk kelajagi yo‘lida yurtboshimiz rahbarligida hormay-tolmay kamarband bo‘lib harakat qilayotganliklari, farovon hayot yo‘lida tinmay ijodiy izlanishda bo‘layotgan bir paytimizda yaratganga shukronalar qilish o‘rniga «YOv qochdi, botir ko‘paydi» qabilida yo‘l tutib, jamiyatimizda Konstitutsion hokimiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan ag‘darishga bo‘lgan terroristik harakatlarning ham guvohi bo‘lib turibmiz. Gap shundaki, istiqlolimizning dastlabki davrida biz totalitar tuzumdan qutilganimizga mahliyo bo‘lib, ma’lum davrda jamiyatimizga nomaqbul bo‘lgan g‘oyalarni kirib kelishi va faollik ko‘rsatishlariga o‘zimiz sezmagan holda imkon yaratib berdik. Boshqacha aytganda mafkura maydonida bo‘shlik koridorini vujudga kelishiga o‘zimiz imkoniyat yaratib berdik.
Bir lahza yutuqlarimiz oldida esankirab ogohlikni unutib qo‘ydik. Natija nima bo‘ldi? Mamlakatimizga «Risolai Nur» asarining muallifi Nursiy nomi bilan yuritiladigan, tashqi ko‘rinishda faqat turk birodarlarimizning ma’rifiy faoliyatlari bilangina yo‘g‘irilgandek ko‘rinadigan «Nurchi»lardan tortib, «Fathullochilar»gacha, vahhobiylardan tortib «O‘zbekiston islom harakati» nomini olgan ekstremistik harakat, «Hizbulloh» (Alloh partiyasi), «Hizb at- tahrir al islomiy» (Islom ozodlik partiyasi), «Islom uyg‘onish partiyasi» ta’sirigacha kirib keldi. Ular o‘z faoliyatlarida O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar tizimining tadbirkorligi, oshkorligi va voqe’likka boyligi, kundan-kunga umuminsoniy, umummilliy totuvlik va birdamlikka erishib borilayotganligini ko‘raolmasdan Toshkentda 1999 16 fevralь fojeasini keltirib chiqardilar. YAratganga hamdu-sanolar bo‘lsinki, 16 fevralь voqealari tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. YUrtboshimiz va davlatimizning boshqa rahbarlari Alloh irodasi bilan sog‘-omon qoldilar. Biroq, bu terrorlik harakati oqibatida 16 nafar begunoh inson shahid ketdi, 128 nafar kishi turli darajada tan jarohati oldi. 2000 yil davomida qardosh Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Toshkent viloyatining YAngiobod shahri va Bo‘stonliq nohiyasidagi jangarilar huruji bizning istiqlolimiz bergan ne’matlarini nafaqat qurol kuchi bilan balki xalqimizning ayniqsa kelajagimiz sohiblari bo‘lgan yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi bilan har tomonlama qurollantirishni taqozo etmoqda.
2.savol bayoni. Milliy g‘oya o‘qitish metodologiyasi fani mazmuniga qo‘yiladigan talablar
YOshlarga milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini singdirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim:
1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual xususiyatlarini hisobga olib yondashish.
2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish.
3. Milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilash.
4. Milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning metod va shakllari hamda vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish.
6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy istiqlol g‘oyasini singdirishga doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy usullarni qo‘llash.
7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni, ahamiyati, milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish zaruratini doimiy ravishda, maqsadga muvofiq yoritib borish.
8. Milliy istiqlol g‘oyasi asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat negizida tashkil etish.
9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini ta’minlash.
10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan faktlarning aniqligiga rioya qilish.
11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi, ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish.
12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi, ruhiyatiga mosligini ta’minlash.
13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos bo‘lishini ta’minlash.
14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda to‘la yoritilishini ta’minlash.
15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashini ta’minlash.
16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish.
«Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining joriy etilishi va uni o‘rganishning vazifasi xususida gap boradigan bo‘lsa, bu albatta davr talabi, istiqlolimiz tufayli qo‘lga kiritilgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi g‘alabalarimiz mohiyatini yoshlarimiz ongiga sistemali ravishda singdirib borish bilan ularning shaxsiy e’tiqod-g‘oyalariga o‘sib o‘tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida harakat dasturi darajasiga ko‘tarilishini taqozo etadi. Agarda bu javobni yanada qisqaroq va aniqroq bayon etib: «bular nimaga xizmat qilishi kerak?» deb muammoli savol qo‘yadigan bo‘lsak javob bitta - xalq farovonligi, tinchligi va milliy mustaqilligi xavfsizligini ta’minlashdir!
SHuni alohida qayd etish lozimki, har bir fanda bo‘lganidek respublikamiz ta’lim tizimlarida maxsus fan sifatida o‘qitiladigan «Milliy istiqlol g‘oyasi» fani ham o‘z predmetiga egadir. YUrtboshimiz Islom Karimov asarlari, ommaviy axborot vositalariga bergan intervьyulari, nutq va ko‘rsatmalari mazkur fanning predmetini tashkil etadi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida har bir pedagog o‘quv yurtining spetsifik xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyatini talabalar jamoasining umumiy tayyorgarliklariga individual va differensial yondoshgan holda tashkil etmog‘i va amalga oshirib bormog‘i lozim. YOshlarimizda milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarini faol shakllantirib borish shubhasiz ularning g‘oyaviy-siyosiy kamolotlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
4. Davr Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldiga yoshlarimizda istiqlol g‘oyasi va mafkurasini dolzarb muammo sifatida qo‘yar ekan, bu kardinal masalani hal etish va hayotga tadbiq etishda tarix fanining alohida ahamiyat kasb etishini hisobga olmoq darkor. Zero, yurtboshimiz alohida qayd etib o‘tganlaridek, «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur. CHuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr yurituvchan odamlarni, eng avvalo, tarix o‘qituvchilarini chalg‘itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o‘quvchilarga ham etkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin».
Birinchi Prezident Islom Karimov bu fikrlarini chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak unda yoshlarimizda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini izchillik bilan shakllantirish metodologiyasini, balki tarix o‘qitishni ilmiy-metodik jihatdan samarali tashkil etishda ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanadigan muammoli ta’lim metodini qo‘llash yo‘li bilan talabalarimizda tarixiy faktlarga nisbatan tahliliy tafakkur qobiliyatlarini davrimiz talabi darajasida rivojlantirib borishga bo‘lgan ilmiy da’vat ifodasini ham yaqqol ko‘ramiz.
Islom Karimov asarlarida komil inson tarbiyasi, uning umuminsoniy fazilatlar sohibi bo‘lishi xususidagi ko‘plab ilmiy-nazariy konsepsiyalarini ko‘ramiz. « Jamiyatning har bir a’zosi, - deb yozadi Prezident Islom Karimov, - o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». SHunday ekan, yoshlarimizda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirishda tarix kurslarining, qolaversa ijtimoiy fanlarning imkoniyatlari beqiyos kattadir. Endigi vazifa ana shu imkoniyatlardan foydalanib O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida jahon xalqlari tarixiga integratsion yondoshib talabalarimizda «milliy g‘oya», «milliy mafkura» tushunchalarini ilmiy asosda shakllantirib borish va
bu borada ularning olgan bilimlarini shaxsiy e’tiqodlariga o‘sib o‘tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida og‘ishmay tadbiq etishlariga erishmoqdadir.

  1. YAngi fan - «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining dasturida «Vatan taqdiri mening taqdirim, Vatan kelajagi – mening kelajagim» deb yashash tarzini qaror toptirish vazifalarini, mustaqillikni mustahkamlash uchun qanday hissa qo‘shdim! degan tushunchalarni paydo qilishga intilish degan to‘g‘ri talab qo‘yilgan. Biroq, bizning fikrimizcha «Milliy istiqlol g‘oyasi» kabi nazariy fanni o‘rganishga kirishar ekanmiz «Vatan» tushunchasining o‘ziga atroflicha to‘xtab o‘tishimiz va bu tushunchaga turli yondoshishlar, konsepsiyalar bo‘lganligi, bugungi kunimizda ham ana shu tushunchalar ayrim ekstremistik tashkilotlar, guruhlar, siyosiy partiyalar tomonidan turlicha talqin etilayotganligini ko‘rsatish lozim. Masalan, sho‘rolar davrida yagona davlat mafkurasining «ilmiy-nazariy asosi»ni tashkil etgan marksizm-leninizm fanida K.Marksning «Ishchilar sinfining vatani yo‘q». SHu joiz umumjahon miqyosida yo‘qsillarning zo‘ravonlikka (diktaturaga) asoslangan davlatlarini qurish uchun «Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!» degan qirg‘in-barotga asoslangan da’vat – sovet vatanparvarligining harakatga keltiruvchi darg‘asi bo‘lib kelgan edi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab o‘zbek jangchilari samolyotdan front orqasiga parashyutda sakraganlarida, yoki dushman bilan qurolli to‘qnashuvda qarshi hujumga o‘tishlarida: «Stalin uchun!», «Vatan uchun!», deb shahid bo‘lganlarida o‘zlarining jangovor vatanparvarlar deb his etar edilar. Holbuki, o‘zbek o‘g‘loni uchun o‘sha jahon urushi sharoitida «Vatan» tushunchasi qandaydir unga yot bo‘lgan Kaliningrad, Praga, Varshava yoki Berlinda emas, avlodlari, ota-onasi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ma’lum qishloq, ovul, nohiya, shahar yoki davlatda ekanligi noma’lum bir asbtrakt narsadek tuyular edi. Holbuki, vatanparvarlik har bir xalqning tarixiy o‘tmishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, alohida olingan xalqning vatanparvarlik an’analari, o‘z vatanlariga bo‘lgan sadoqatlari, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida asrlar davomida olib borgan qahramonona kurashlari, ayniqsa bugungi mafkuraviy kurash avj olib borayotgan bir tarixiy davrda uning farovonligi, tinchligi va mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi fidoiyligi bilan ifodalanmog‘i kerak.
YOshlarimizda Vatanga sadoqatlik milliy g‘oyasini izchil shakllantirib borish uchun bizda milliy, o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ham nazariy ham amaliy jihatdan ishlab chiqilgan konsepsiyalar Birinchi Prezident Islom Karimov kundalik faoliyatida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Masalan, yurtboshimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasidagi ma’ruzasini o‘rganar ekanmiz, unda vatanparvarlik borasida bayon etilgan quyidagi fikrlarni anglab olamiz: «Men uchun Vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi mana shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy saodat yo‘q».
Biz talaba yoshlarimizga «Vatan», «vatanparvarlik» xususida ta’lim berar ekanmiz, bugungi kunda har bir inson hayotida nihoyat katta o‘rin tutadigan bu tushunchalarni sharxlashda ekstremistik kuchlar o‘zlarining g‘ayritabiiy g‘ayriilmiy konsepsiyalarini nihoyat katta faollik bilan targ‘ib etayotganliklari xususida ham aniq nazariy va amaliy bilim berishga erishmog‘imiz, bu boradagi o‘z fikr mulohazalarimizni aniq faktlar bilan bog‘lab olib bormog‘imiz lozim. Masalan, kamina 1999 yil muqaddas Haj safarida bo‘lgan davrimda Jidda shahrida shunday voqeaning shohidi bo‘ldim. Ikki arab yigiti aeroportda o‘tirgan hojilarga vahhobizmni keng targ‘ib qiluvchi «Islom Nizomi» deb nomlangan o‘ta reaksion dasturda o‘zlarining go‘yo «chin va sof islomiy» qarashlarini targ‘ib etishga bel bog‘lab, bu reaksion dasturni ayrim hojilarimizga bepul ehson qilishga shoshildilar. Natijada, ayrim hojilarimiz bunday «beg‘araz» ehsonning tub mohiyatidan mutloq bexabar holda: «Qarang, yurtdoshlarimiz Arabistonda ham o‘zbek tilida yozilgan kitob - «Islom Nizomi»ni nashr ettirib, ehson qilayotgan ekanlar» deb sevinmoqqa tushdilar. Hatto asl mazmun-mohiyati hokimiyat uchun kurashmoqchi bo‘lib, biz bilan sizning bola-chaqalarimiz tinchligini buzib, o‘zlarining maraz maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar haqida duolar ham o‘qidilar. Kamina, albatta bu ishga kuzatuvchi bo‘lib qolmadim.
Jidda aeroportida tarqatilgan bu manfur Nizomning mazmuni ilgaridan menga ma’lum edi . Bu Nizomda «Islom mafkurasi», «Islomda ahloq» degan boblarga juda katta o‘rin ajratilgan.
Unda «Vatan» va «vatanparvarlik» tushunchalari (robitalari) quyidagicha ifodalangan: «Fikr sayozlanib borgan sari odamlar o‘rtasida Vatan tushunchasi paydo bo‘la boshlaydi. Buning boisi shundaki, odamlar bir joyda yashab u erga mustahkam o‘rnashib qolgach, yashash uchun kurashish tuyg‘usi o‘zini mudofaa qilishga va o‘z navbatida ular yashab turgan shaharlarni ham, oyoqlari ostidagi erni ham himoya qilishga undaydi. Mana shunday vatandoshlik aloqalari paydo bo‘ladi, bu esa eng kuchsiz va tuban aloqadir».
«Islom Nizomi»dagi bunday so‘zlarni o‘qigan har bir inson Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning diniy ekstremistlar to‘g‘risida gapirganlarida ularning vatanlari, millatlari va hududlari yo‘q manqurtlar bo‘lib, dunyo xalqlari XXI asr bo‘sag‘asida turgan bir paytda O‘rta asr davridagi xalifalikni tiklashni orzu qilayotganliklari xususidagi bahosi ayni haqiqat va juda to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Zero, vatanfurushlarning nazaridagi «Vatan» tushunchasi bundan ortiq bo‘lishini kutish ham so‘qir odamdan karvonboshilikni talab etish bilan teng bir narsa bo‘lur edi!
Muborak Haj ziyorati davrida horijdagi diniy ekstremistlarning tarqatgan adabiyotlarida muqaddas dinimizdagi ahloq masalalari ham buzib ko‘rsatilmoqda. Masalan, yuqorida qayd etilgan Nizomda yozilishicha «Ahloq jamiyat qurilishiga hargiz ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki jamiyat hayot qonunlari asosiga qurilib, asosan unga tuyg‘ular va fikrlar ta’sir ko‘rsatadi. SHunga binoan jamiyatda ahloqqa da’vat etishni yoyish joiz emas». Fikrimizcha, islomiy ahloqni inkor etuvchi bunday manqurtlikni sharxlashga hojat bo‘lmasa kerak.
Birinchi Prezident Islom Karimov Moskvada nashr etiladigan «Vremya MN» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida alohida qayd etib o‘tganlaridek, «Dunyoga buyuk islom faylasuf va mutafakkirlarini bergan hududda O‘rta Osiyo, O‘zbekistonda bizlarga dinni o‘rgatishga na hojat.
Ha, islom Saudiya Arabistonida vujudga kelgan, lekin kim uni- dinimizni butun dunyoga bunday jozibali ko‘rsatgan, buyuk fanga aylantirgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ning hadisi shariflarini to‘plagan buyuk Imom al-Buxoriyni oling. Al-Buxoriyni cho‘qqiga ko‘targan kim, butun islom dunyosida necha o‘n minglab kishilar ziyorat qilib ketadigan buyuk majmuani u erda kim bunyod etdi? Naqshbandiy maqbarasini, At-Termiziy maqbarasini kim obodonlashtirdi? Javob, albatta xolisona va bitta – o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lgan milliy mustaqillik va uning mahsuli - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi».

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin