Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə7/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.Bolalarda Vatan, uning ramzlari haqida tasavvurlar hosil qilish.
2. Milliy istiqlol g‘oyasini ko‘rgazmali vositalar bilan singdirish.
3.O‘yin mashg‘ulotlar orqali;
4. ertak va rivoyatlar hikoya qilish;
5. Suhbat;
6. Sahnalashtirish, rolli o‘yinlar;
7. Sayr va sayohatlar davomidaVatan tuyg‘usini kuchaytirish.
8.Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy istiqlol g‘oyasiga doir ko‘nikma hosil qilish


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
5 - mavzu. Milliy g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari va uni o‘qitish metodikasi
Asosiy savollar:

  1. Milliy g‘oya,Ma’naviyat: siyosat va huquq.

  2. Ma’naviyat va mafkuraMilliy g‘urur.



Tayanch tushuncha va iboralar:
Siyosat, siyosiy qarash, ma’naviy siyosat, qonun, burch, xuquq, huquq turlari, huquqiy sovodxonlik, mafkura, mafkura zaminlari, milliy mafkura.


1-asosiy savol
Kishilik jamiyati tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning har bir sahifasiga, har bir davrda turli ijobiy va salbiy g‘oya va mafkuralar izlari-yu qoldiqlarini guvohi bo‘lamiz. Ular ko‘pincha ezgulik va yovuzlikda, ozodlik va istibdodda, ayniqsa ma’rifat va jaholatda mafkura shaklida namoyon bo‘ladi. Ularning afsona va rivoyatlar vositasida ifoda etilgan mifologik, ilohiy qadriyatlar majmuasi bo‘lgan diniy olamga ilmiy yondashuv asosida vujudga kelgan dunyoviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular ibtidoiy jamoa davridagi mifologiyaga asoslangan, diniy ahloqiy dunyoqarashlardan kelib chiqqan: totemizm, anemizm va fotishizm kabi g‘oyaviy tizimlar majmuini tashkil etib, o‘sha davr mafkurasiga yaqin dunyoqarashni keltirib chiqargan.
Kishilik jamiyatining o‘sib, rivojlanib borishi bilan milliy mafkura jarayonlari ham mazmun-mohiyati jihatidan yangi jamiyat, yangi mazmun kasb etib bordi. Jumladan milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik singari diniy mafkuralar shakllanib bordi.
Rim imperiyasi shakllangan dastlabki davrda xristianlik dini asta-sekin uning imperiya mafkurasiga aylanib bordi va bugungi kunda ham dunyo xristianlarining g‘oyaviy markazi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Insoniyat yaratilibdiki, odamning vujudga kelishi, uning asosini nima tashkil etadi degan masala ham turlicha tasavvur va talqinlarni keltirib chiqargan va bu masala faylasuflar talqinida monizm, dualizm, iudaizm, konfutsiylik, hinduizm, plyuralizm, idealizm va nihoyat materializm kabi «izmlar» sistemasini keltirib chiqardi. Ana shu «izm» lar muayyan tarixiy davr ichida muayyan hududlarda milliy asosdagi mafkuralar bo‘lib, mutloq davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, sho‘rolar davrida dahriylikka asoslangan «materialistik» deb atalmish dunyoqarash xuddi ana shunday totalitar tuzumning yagona davlat mafkurasi edi. Bu borada sobiq sho‘rolar Konstitutsiyasining 6-moddasida: «Sovet jamiyatining rahbar va etakchi kuchi, sovet jamiyati siyosiy sistemasining, davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zagi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasidir. KPSS xalq uchun yashaydi va xalqqa xizmat qiladi.
Markscha-lenincha ta’limot bilan qurollangan kommunistik partiya jamiyatni rivojlantirishning bosh istiqbolini, SSSRning ichki va tashqi siyosatini belgilab beradi... » deyilgan.
SSSRning so‘nggi Konstitutsiyasidagi mazkur moddaning Kommunistik mafkuraning darhaqiqat totalitar tuzumning Davlat mafkurasiga tayanch nuqta bo‘lib xizmat qilganligi hech qanday sharh talab etmasa kerak.
G‘oya va mafkuraning shakllari to‘g‘risida gap borganda idealizm bilan materializm g‘oyalari xususida albatta to‘xtab o‘tish lozim. CHunki, bu ikki g‘oya o‘rtasidagi kurash nihoyat uzoq tarixga ega. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, sovetlar davrida hukmron mafkuraga sal qovushmaydigan oddiy bir gap uchun xalqning asl farzandlari qatag‘on qilinganligi joiz aksariyat odamlar ikkiyuzlamachi, til-yog‘lamalik orqali kun kechirganlari hayotimizning qonuniga aylangan edi.
Gap shundaki, fikrimiz yoshlarimizda milliy g‘oya va milliy mafkurani jadal shakllantirib borar ekan, bunda hargiz g‘oyalar tarixida uchratmaganimizdek , dualizmga aslo va aslo o‘xshamasligi, bugun ariqning bir betida bo‘lsak, ertangi kuni g‘oya jihatidan o‘zga qirg‘og‘iga o‘tmasligimiz darkor.
3. YUqoridagi sho‘rolar davridagi totalitar tuzumga darg‘achi bo‘lib xizmat qilgan kommunistik g‘oya va kommunistik mafkuraning tutgan o‘rni va rolini ko‘rdik. Mazkur o‘rinda shuni alohida qayd etish lozimki, xalq maqollarida aytilganidek «zo‘rlagan it ovga yaramas» ekan. Zo‘rbazo‘rlik bilan «singdirilgan» g‘oya, mafkura vaqt-soati kelishi bilan xalq manfaatini o‘zida ifoda etaolmagandan keyin dorilbaqoga yuz tutadi. Bu xususda kommunistik g‘oya yoki mafkura yagona emas. Masalan Fransiyada hokimiyat Napoleon Bonapart qo‘liga o‘tgandan keyin, uning Fransiyani Evropadagi yagona imperiyaga aylantirish orzusi paydo bo‘ldi. SHu maqsadda u qo‘shni davlatlarga va hatto uzoq Misrga nisbatan qator bosqinchilik urushlari ham olib bordi va kutilmaganda sezilarli harbiy g‘alabalarga erishdi. Hatto uning shaxsi ilohiylashtirila boshlandi. Bu borada uning Tulon harbiy maktabida o‘qigan maslakdosh do‘sti, ofitser SHovenning roli katta bo‘ldi. SHoven g‘oyasining asosini Napoleon shaxsini ilohiylashtirishga da’vat etuvchi tashkil etganligi joiz keyinchalik borib muayyan shaxs yoki millatni boshqalardan ustun qo‘yadigan, uni abadiylashtiradigan mafkuraga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyatining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi o‘quv muassasalari uchun yangi fan - «Milliy istiqlol g‘oyasi»dan (2000 yil dekabr) tavsiya etgan o‘quv dasturida 1 soatlik dars «Mafkuralarning tarixiy shakllari» mavzusini o‘rganishda «Qadimgi davr ma’naviyati va mafkurasi. IX – XII asrlarda SHarq Renessansi (uyg‘onish) davri. Temur va temuriylar davri mafkurasi. Davrlar almashinuvi va mafkuralar bayon etish talab etiladi. Talabalarimizda milliy istiqlolimiz g‘oyasini chinor ildizidek mustahkam, - IX-XII-XIII asrlarga borib taqaladigan G‘OYAVIY ILDIZLARIMIZga ega ekanligimizni batafsil bayon etishimiz biz uchun ham qarz ham farz. CHunki, birinchidan biz Respublikamizdagi akademik litseylar, kasb-hunar bilim yurtlari, kollejlarida tahsil olayotgan talabalarimizning to‘qqiz yillik umumta’lim maktablaridan tarix fanidan qanday bilimlar bilan kelganliklarini, ochiq tan olish kerakki aniq bilmaymiz. Bu o‘quv yurtlarida o‘rgatiladigan tarixiy davr esa asosan eng yangi tarix davri – 1917 – 1918 yillardan boshlanib bugungi kunimizga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. SHunday ekan, biz yangi fan - «Milliy istiqlol g‘oyasi»ni o‘qitishga kirishar ekanmiz unga ijodiy yondoshib, uning dasturiga qator jiddiy tuzatishlar ham kiritishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, dasturda yuqorida ko‘rsatilgan mavzu (tan olish kerak ilmiy-nazariy va metodik jihatdan nihoyatda keng qamrovli mavzu) ni o‘rganish uchun 1 soat (45 minut) ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot o‘tkazish tavsiya etilgan. Fikrimizcha, bu tavsiya amaliy hayotdan ancha yiroq. Bu mavzuga kamida 2 soatlik malakali ma’ruza berilib, shunda ham ma’ruzamiz ko‘proq tarixiy ekskursiya xarakterida bo‘ladi, bu tabiiy hol. Keyin talabalarga IX-XII-XIII asrlar ma’naviyati va mafkurasi xususida elementar tushunchalarni berganligimizga iymon – e’tiqod bilan qanoat hosil qilganimizdan keyingina shu mavzuda o‘tkazadigan amaliy mashg‘ulotimiz – seminarning muammoli savollarini va bir vaqtda talabalarda o‘rganilayotgan, aniqrog‘i tahlil etilayotgan «SHarq Renessansi» davrida milliy G‘OYA qanday o‘rin tutganligini diqqat markazlarida tutishlariga yo‘naltirmog‘imiz lozim.
Fikrimizcha, mazkur mavzu bo‘yicha bayon etilayotgan ma’ruza matnimizning rejasida qayd etilgan punktlar ana shu talablarni amalga oshirishda asqotishi mumkin. Endi Vatanimizning IX-XII-XIII asrlardagi ma’naviyati va mafkurasi masalalariga o‘tsak.
Darhaqiqat, jahonssivilizatsiyasi tarixida «SHarq Renessansi davri» deb tan olingan xalqimizning IX-XII-XIII asrlar tarixi mazmun-ma’nosi jihatidan shu ulug‘ nomga loyiqdir. Jahonssivilizatsiyasida munosib o‘rin olgan ko‘pgina mashhur yurtdoshlarimizning ilmiy-amaliy faoliyatlari xuddi mana shu davrga to‘g‘ri kelgan. Mana ular:
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850)
Imom al-Buxoriy (810 yil 13 may – Buxoro – 870 yil 1 sentyabr Xartang qishlog‘i)
Farg‘onalik astronom al-Farg‘oniy (IX asr)
Abu Iso at-Termiziy (825 yilda tug‘ilgan – 892 yilda vafot etgan)
Axmad ibn Abdulloh al-Marvezi (870 yilda Marv shahrida vafot etgan)
Abu Abdullo Ja’far Rudaki (941 yilda, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 952 yilda Panjrud qishlog‘ida, ya’ni o‘z Vatanida vafot etgan)
Abul Hasan SHahid Balxi (Rudakining yaqin shogirdi bo‘lgan)
Abu SHakur Balxi (915 yilda tug‘ilgan)
Abu Mansur Muhammad ibn Axmad Daqiqiy (977 yilda vafot etgan)
Abul Qosim Firdavsiy (934 yoki 941 yilda tug‘ilgan)
«Kitob al-maarif» (Bilimlar kitobi) asarining muallifi Ibn – Qutayba (828-889)
Muhammad Balxi (876 - 886)?
Abu Bakir Narshaxi (959 yilda vafot etgan, «Tarixi Buxoro» asarining muallifi)
Maxmud Qoshg‘ariy («Devonu lug‘otit turk»)
Abu Nasr Forobi (870 - 950)
Abu Ali ibn Sino (980 - 1037)
Abu Rayxon Beruniy (973 - 1051)
Abu Said Gardizi (XI asr) tarixchi «Zeyn al - axbor»
( «Ma’lumotlar go‘zalligi » asari muallifi)
Abul Fayz Beyxaki (955 - 1077) G‘aznaviylar davlatida devonboshi kotibi mansabida ishlab, Sulton Ma’sudning podsholik davrini bayon etgan «Tarixi Ma’sudi» asarini yaratgan.
Majiddin Muhammad ibn Adion (XI asr) «Tarixi mulki Turkiston» asarining muallifi
Amak Buxori (1149 yilda vafot etgan)
Suzaki Samarqandi (1173 yilda vafot etgan)
Rashidi Samarqandi

Asadi Tusi (1170 yilda )
Nosiri Xusrav (1004 - 1080)
Masud Saad Salmon (1046 - 1121)
Adib Sobir Termizi (1140 yilda vafot etgan)
Auxaddin Anvari (1126 - 1190)
Sulton Sanjar davrida Hamididdin Balxi (XI asr) (Nizom al – Mulk - «Siyosatnoma» asarining muallifi)
Imom Faxriddin Muhammad ibn Umar Rozi (1148 - 1210)
Abul Qosim Maxmud Zamaxshari Xorazmiy (1074 - 1143)
Abu Bakr Jurjoniy (1108 yilda vafot etgan)
Zayniddin Ismoil Jurjoniy (1135 yilda vafot etgan) - «Zaxirai Xorazmshoh» asarining muallifi.
Muhammad G‘azoliy (1058 - 1112) – faylasuf
YUsuf Hamadoniy,
Xo‘ja Abduholiq G‘ijduvoniy,
Qul Xo‘ja Axmad YAssaviy (1103 – 1166)
YUsuf Xos Hojib Bolasog‘uniy ( «Qutadg‘u bilik» asarining muallifi)
Axmad YUgnaki («Hibat al - Haqoyiq» - «Haqiqat sovg‘asi» asarining muallifi)
Bahouddin Naqshband (1316 - 1389) va ko‘plab boshqa olimu fuzalolar.
Tabiiyki, mazkur kurs hali fan sifatida uzil-kesil shakllanmaganligi joiz, bu kursdan ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlar olib boruvchi pedagoglar oldida qator qiyinchiliklardan biri o‘qituvchi qo‘lida mavzuga doir sinxronologik asosda bitilgan faktik axborot va ilmiy – metodik materiallarning yo‘qligidir. Ana shu muammoni ma’lum darajada engillashtirish maqsadida ushbu mavzu matniga qo‘shimcha ravishda yuqorida keltirilgan olimu fuzalolardan ayrimlari xususidagi faktik materialni ilova qilamiz. O‘ylaymizki, yaqin kelajakda bunday materiallar ko‘lami kengayib boraveradi.

  1. Biz o‘quv dasturi talabiga ijodiy yondoshib ushbu mavzu rejasida «CHor istilosi va sho‘rolar istibdodi davrida g‘oyaviy va mafkuraviy jarayonning borishi » masalasini alohida ko‘rib chiqishni lozim topdik. Bu masala garchi bir qarashda umumiy obzor shaklidagi javoblar majmuini talab etguday ko‘rinsada, aslida birmuncha murakkab jarayonlarni qamrab olishni talab etadi. Gap shundaki, mazkur kursni o‘qitishdan maqsad talabalarda g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari xususida aniq ilmiy tushunchalarni shakllantirishdan iborat. SHunday ekan diyorimizda 130 yildan ziyod mustamlakachilik zulmini o‘tkazib kelgan chorizm va sho‘rolar istibdodi, o‘sha davrda shakllangan g‘oyalar sistemasi va mafkuralar tarixiy haqiqatlar asosida tushuntirib berilmog‘i darkor. Mazkur o‘rinda hurmatli faylasuflarimiz xohlaydilarmi – yo‘qmi bu muammoni asosan o‘zbek xalqi milliy ozodlik harakatlari tarixi bilan chambarchas bog‘langan holdagina samarali amalga oshirish mumkin. Biroq, mazkur o‘rinda yana bir muammo kelib chiqadi. Jumladan, XIX asrning ikkinchi choragida o‘zbek xonliklari tarixi xususida gap boradigan bo‘lsa Hamid Ziyaev mas’ul redaktorlik qilgan «O‘zbek xonliklarining Rossiyaga qo‘shib olinishi» (T.1968 «Fan») kitobidan foydalanish lozimmi, yoki Hamid Ziyaevning «Rus bosqini» xususida e’lon qilinayotgan bugungi asarlari asosidami? YOki shu davr ma’naviyati hususida gapiriladigan bo‘lsa, chor istilosi mahalliy ma’naviyatimizga putur etkazdimi yoki ayrim tarixchi yurtdoshlarimiz targ‘ib etib kelayotganlaridek, «ruslar bizga ma’naviyat va ma’rifat olib keldilarmi?» degan masalalarda ham ogoh bo‘lmoq joizdir.


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin