Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə8/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.Bolalarda Vatan, uning ramzlari haqida tasavvurlar hosil qilish. Milliy istiqlol g‘oyasini ko‘rgazmali vositalar bilan singdirish.
2.«Qadimgi davr ma’naviyati va mafkurasi. IX – XII asrlarda SHarq Renessansi (uyg‘onish) davri. Temur va temuriylar davri mafkurasi.
3. Davrlar almashinuvi va mafkuralar bayoni.


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
6 - mavzu . YOshlarning g‘oyaviy dunyoqarashi va ma’naviy fazilatlari
Asosiy savollar:

  1. YOshlar dunyoqarashini shakllatirish.

  2. YOshlarning ma’naviy fazilatlari



Tayanch tushuncha va iboralar: o‘kitish metodlari haqida ma’lumotlar berish; uning bugungi kundagi ahamiyatini yoritish; ushbu ta’limotni milliy mafkuramiz shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatish; bu ta’limotni jahon ma’naviyati tizimidagi salohiyatini tushuntirish


1-asosiy savol.
YOshlar dunyoqarashini shakllari.
Darsning maqsadi

A) Darsning motivatsiyasi: Mazkur mavzuda o‘tkaziladigan darsning motivatsiyasi, ya’ni bu mavzu nima uchun, qanday maqsadda kerak, uni o‘rganishdan kuzatilgan maqsad nimalardan iborat degan aniq savolga Birinchi Prezident Islom Karimov «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida yozilgan «So‘z boshi»dagi quyidagi satrlarda o‘zining quyidagicha yaqqol ifodasini topgan:



«Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyat keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali hanuz yaratilgan tushunchalarini o‘zimizga tasavvur qilishimiz kerak».
«Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirishi, mamlakatimizda ishlaydigan har bir fuqaroning yagona Vatan uchun, baxt-saodat uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlarga dav’at qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir»



B) Darsning ta’limiy maqsadi:



Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir.

Dars jarayonida o‘rganilayotgan mavzuning talablaridan kelib chiqqan holda, Birinchi Prezident Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari, chiqishlaridagi «Milliy g‘oya», «Milliy mafkura», shuningdek ma’naviy – ma’rifiy mavzularda bildirilgan fikrlari asosida talaba yoshlarga «Milliy g‘oya», «Milliy mafkura», «Dunyoqarash», «Komil insonni kamol toptirish», «Ijtimoiy-siyosiy faollik», «Fuqarolik mas’uliyati» kabi tushunchalar majmui xususida mustahkam bilim berish va bilimlarning talabalar bilan yuqoridagi tushunchalar majmui ustida olib borilgan bahs va munozaralar davomida ularning shaxsiy e’tiqodiga o‘sib o‘tish va kundalik amaliy faoliyatlarida tezkor ravishda foydalanishlariga erishmoqdan iborat.
V) Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Dars jarayonida o‘qituvchining mazkur mavzu yuzasidan olib boradigan ta’limiy, ilmiy-nazariy va amaliy faoliyati majmui natijasida talabalar tarbiyasiga kompleks yondoshgan holda ularda Birinchi Prezident Islom Karimov tarbiya bobida alohida qayd etib o‘tgan quyidagi ko‘rsatmalari o‘z echimini topishini taqozo etadi:
«Oldimizga qo‘ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga etish, - deb ko‘rsatdi Prezident Islom Karimov, - eski mafkuraviy asoratlardan batamom halos bo‘lish, g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, begona va yot g‘oyalarning xurujida himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda»1
G) Darsda rivojlantirib boriladigan ta’lim:
Mazkur darsda o‘rganilayotgan mavzu «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining yakunlovchi bo‘limi (V bo‘lim) «G‘oyaviy tarbiya va mafkuraviy immunitet» bo‘lganligi joiz talabalarda kursning tayanch va boshqaruv g‘oyalari hisoblangan tushunchalardan: «hozirgi dunyoning mafkuraviy
manzarasi», «mintaqaviy ko‘rinishlari, »bugungi mustaqil O‘zbekistonimizning mafkuraviy muammolari, «mafkuraning maqsad va vazifalari», «ogohlikka da’vat» kabi masalalardan qanchalik voqif ekanliklarini yana bir bor mustahkamlash maqsadida mashg‘ulot davomida ularning faolliklarini rivojlantrib borish va ta’limda integratsiya usulidan samarali foydalanish maqsadida o‘rganilayotgn mavzu davomida talabalardan mazkur kursning yuqorida qayd etilgan asosiy tayanch va boshqaruv g‘oyalaridan olgan bilimlarni eslatib, takomillashtirib va zarur joylarida tuzatishlar kiritib borishni taqozo etadi.
«Islom Nizomi»da vatandoshlik hususida yana quyidagilarni o‘qiymiz: «Vatandoshlik »
robitasi noto‘g‘ri ekanligining uchta sababi bor:
- birinchidan, vatandoshlik robitasi tuban robita bo‘lib, uyg‘onish yo‘liga qadam qo‘ygan chog‘da insonlarni bir-biriga bog‘lab turishda hech qanday foyda bermaydi;
- ikkinchidan, bu robita hissiyotga taalluqli bo‘lib, o‘z jonini himoya qilish yo‘lida «yashash uchun kurashish» tuyg‘usidan kelib chiqadi;
- uchinchidan, vatandoshlik robitasi mudofaalanish holatidagina vujudga keladigan muvaqqat aloqa vositasidir, ammo inson hayotining asliy holati bo‘lgan tinchlik va barqarorlik holatlarida esa uncha zarurat yo‘q. SHuning uchun ham bunday robita inson farzandlarini o‘zaro bog‘laydigan robita bo‘lishga yaramaydi.
«Islom Nizomi» o‘zining asl maqsad – mohiyatini quyidagi satrlarda bayon etadi:
«Biz «Islom Nizomi»ni olib, bu nizomning asosi bo‘lgan Islom aqidasini tark qilishimiz ham joiz emas. CHunki, bu holda biz ruhi yo‘q o‘liq nizomni olgan bo‘lamiz. Biz islomni olar ekanmiz, uni aqidasi va tuzumi bilan birgalikda, bir butun holda olib, uning da’vatini maydonga olib chiqqanda mafkurasini ham yoyishimiz ham lozimdir.
Demak uyg‘onish uchun yagona yo‘limiz mavjud. U ham bo‘lsa islom hayotini qayta boshlamoq. Islom davlatisiz esa, islom hayotini qaytadan boshlashga yo‘l yo‘q!!».
«Islom Nizomi»dagi bunday so‘zlarni o‘qigan har bir inson Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning diniy ekstremistlar to‘g‘risida gapirganlarida ularning vatanlari, millatlari va hududlari yo‘q manqurtlar bo‘lib, dunyo xalqlari XXI asrga o‘tgan bir paytda ilk o‘rta asr davridagi halifalikni tiklashni orzu qilayotganliklari xususidagi bahosi ayni haqiqat va juda to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Zero, vatanpurushlarning nazaridagi «Vatan» tushunchasi bundan ortiq bo‘lishini kutish ham so‘qir odamdan karvonboshilikni talab etish bilan teng bir narsa bo‘lur edi! Bu manqurtlarga «Vatan va ahli diyor»ni qadri musofirotda ma’lum bo‘lur. Haqiqatan Vatan muqaddasdur, qadrini bilmoq kerak. Sotmasga va o‘lguncha ayrilmasga kerakdur (Maxmudxo‘ja Behbudiy) degan da’vatlar batamom begonadur.
Istiqlol mafkurasini odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini imkon qadar qamrab olishda ta’lim tizimining roli va o‘rni, ayniqsa imkoniyatlari beqiyos katta ekanligini hisobga olib, ayniqsa, ijtimoiy fan o‘qituvchilari bu borada har bir o‘quv yurtining yo‘nalishini hisobga olgan holda milliy istiqlol hoyasi va mafkurasining asl mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirib borishga erishmoqlari darkor. Bu borada mazkur kurs yuzasidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalarning yoshlari va bilim darajalariga nisbatan individual va differensial ravishda yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi.
Xo‘sh, alohida olingan guruhda «Milliy istiqlol g‘oyasi» o‘rganilayotgan mavzu yagona bo‘lib, auditoriyadagi talaba (tinglovchi)larning bilim darajalari turlicha bo‘lgan bir real sharoitda shu guruhda milliy istiqlol g‘oyasini singdirib borishda ularda mavjud bo‘lgan ta’lim-tarbiyalari darajalariga yondoshish jarayoni qanday amalga oshirilishi mumkin.
Biz mazkur muammo hususida o‘z tajribamizda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi CHilonzor Akademik Litseyi sharoitida quyidagi metodlardan foydalandik:
Avvalo talabalar soniga mo‘ljallab quyidagi muammoli savollardan iborat tarqatuvchi didaktik materiallar (savollar) tayyorlanadi va ularning har birini kadaskop apparati yordami bilan doskada ko‘rsatib (kadaskop bo‘lmagan sharoitda oddiy doskadan foydalanib), talabalarning og‘zaki javob-bahslari tinglanadi va keng muhokama qilinadi. Ular quyidagilardan iborat edi:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida mafkura hususida gap boradi va uning mazmun-mohiyati nimadan iborat?
2. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz?
3. «Islom Nizomi» nima vva uning maqsad-mohiyati nimalardan iborat?
4. Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan - «G‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» tamoyilini qanday tushunasiz?
5. G‘oya va mafkuraning qanday tarixiy shakllarini bilasiz. Ularning mazmun va mohiyati hususida nimalar deya olasiz?
6.Mafkuraviy jarayonni globallashuvi deganda nimalarni tushunasiz?
7. Birinchi Prezident Islom Karimov «Eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shlikni yangi – milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi bilan to‘ldirishning zarurati barchamizga ayon bo‘lishi zarur» degan ko‘rsatmalarini sharxlab bering?
8. «SHovinizm» g‘oyasi qachon, qaerda vujudga kelgan, uning mohiyati nimadan iborat?
9. Mafkuraviy tahdid nima?
10. Adabiyot va san’atning u yoki bu mafkurani shakllantirishdagi o‘rni va roli hususida nimalar deya olasiz? va h.k.
Ikkinchidan, dars jarayonida mavzu yuzasidan munozara – bahs uchun tayyorlangan barcha muammoli savollarga tegishli javoblarni eshitishga ulguraolmaslik ehtimoli borligi bois, ularga uy vazifasi tariqasida to‘la javob yozib kelishlari topshirildi va keyingi darsda mufassal tahlil etildi.
O‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan savollarga talabalar tomonidan berilgan javoblarni umumlashtirar ekan, fuqarolarda umuminsoniy, ahloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirib borilishi va jamiyatda sog‘lom muhitni barpo etishda faol ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun muqaddas burch ekanligi va buning uchun ular mas’ul ekanliklarini uqtirib o‘tadi.
O‘qituvchi talabalarni g‘oyaviy-mafkuraviy va ma’naviy tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining roli hususida fikr yuritish uchun albatta o‘z tinglovchilarining oilaviy sharoitlari, ularni o‘rab turgan ijtimoiy muhit aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi dars samaradorligini oshirib borishi va uning ta’sirchanligini ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi. Bu borada ham biz o‘zimizning shaxsiy pedagogik faoliyatimizda birmuncha ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Jumladan, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ish rejalari bilan tanishar ekanmiz, unda guruh talabalariga berilgan tavsiyanomalar, guruhda mavjud bo‘lgan yutuq va muammolar, ularning sabab va mohiyatlaridan milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni yanada takomillashtirib borish yo‘lida keng foydalaniladi. Bunday metodning qo‘llanilishi o‘z navbatida ta’lim-tarbiyaga individual va differensial munosabatda bo‘lish muammosini ham samarali echishga imkon berdi.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin