Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə16/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari
1.Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi deb nimaga aytiladi?
2.Vayronkon g‘oyalarning eng ko‘p tarqalgan shakllari qaysi?
3.G‘oyaning fikrdan farqi nima?
4.Mafkuraning ta’rifini tushuntiring?


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002


10- mavzu . « Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘rganishga
integratsion yondashuv
Asosiy savollar:
1.Integratsion yondashuv jarayolarning ahamiyati.
2 Mafkuraning tarixiy shakllarini analiz kilish..
Tayanch tushuncha va iboralar:
Integratsiya integratsion yondashuv, milliy g‘oya va integratsiyaKomil, barkamol, barkamol avlod, sog‘lom avlod, axli ma’ni, axli surat, jamollik, jalollik, kamollik, taqvodor inson, fozil inson, futuvvat axli, mukammal inson, rub’u maskun, mustaqillik va barkamol avlod.
1-savol bayoni



«Sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didiaktik materiallarning kamligi ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi» 1
Prezident Islom Karimov

Ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va mafkuraviy jihatdan etuk shaxsni kamol toptirish muammosini samarali hal etish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda birinchi galda ta’limni verlashtirish, demokratlashtirish va integratsiyalashga yo‘naltirish asosiy omil hisoblanadi.


Ta’lim jarayonini integratsiyalashtirish g‘oyasini izchillik bilan amalga oshirib borish esa o‘z navbatida har bir o‘qitilayotgan fanlarning ayniqsa. «Milliy g‘oya va mafkura», «SHaxs va jamiyat» fanlarining yoshlar dunyoqarashlarini faol shakllantirishga xos masalalarini ma’lum maqsadga yo‘naltirish mazkur fanlarning o‘qitish metodikasiga tarixiylik va zamonaviylik, hayotiylik elementlarini kiritishni, ta’limning tarbiyaviy va kundalik amaliy faoliyatdagi o‘rni va rolini amaliyotdagi tasdig‘ini ko‘rsatish, bilishning dialektik jarayonini uzluksiz mantiqiy aloqadorlikda olib borish yo‘li bilan amalga oshirib borishni taqozo etadi.
Jahon ilg‘or pedagogika tajribasi shuni ko‘rsatakidi, ta’lim jarayoniga integratsion yondoshish pedagogdan birinchi galda har bir shaxs – individda mantiqiy tafakkur kabilarni uzluksiz rivojlantirishga erishmog‘i kerak. Ilm-fan, texnika beqiyos o‘sib borayotgan bugungi kunimizda har bir o‘quvchi o‘z mulohazalarini nazariy tamoyillar va uni o‘rab turgan kundalik real amaliy, hayotiy misollar asosida, aniq faktlar vositalarida ifodalab berishni taqozo etmoqda. SHu joiz mazkur muammoning dolzarbligini hisobga olib hukumatimizning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da «o‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi ularning bilim va kasb
saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar etishmasligi sezilmoqda... o‘quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy echimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik yo‘q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o‘z o‘rnini aniqlay olmaydi. Ularda o‘zlariga ishonch shakllangan emas... o‘quv dasturlarida ma’naviyat va ahloq asoslarini o‘zgaruvchi, iqtisodiy huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga etarlicha o‘rin berilmayapti»1 .
«Milliy dastur» talablarini hayotga tadbiq etishning dastlabki mahsulotlaridan biri bo‘lgan «Milliy g‘oya va mafkura» fanining respublika ta’lim sistemasiga joriy etilishi va davr talabi asosida yangi pedagogik texnologiyalar vositasida o‘qitilishi, mazkur fanning o‘qitishga interatsion yondashuv muammolarini ma’lum darajada ilmiy-metodik va didaktik jihatdan birmuncha ijobiy hal etishda arzigulik tajribalarni qo‘lga kiritish, umumlashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonida hayotga tadbiq etishda muayyan ijodiy tajribalarni shakllanishiga olib keldi.
Xo‘sh, «Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘qitishga integratsion yondashuv deganda nimani tushunamiz? Integratsiya lotincha integratio – tiklash, to‘ldirish so‘zidan olingan bo‘lib, bir butun etish ma’nosini
anglashni, ta’lim-tarbiya sistemasiga joriy etadigan bo‘lsa mulohaza
yuritayotgan masala, muammo, ta’lim xususida batafsil, to‘la tushuncha berish jarayonida mulohaza yuritilayotgan masalani batafsil yoritish uchun unga aloqador bo‘lgan masala, hodisa va voqealarga murojaat etib, masalani ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la yoritish yo‘lida qo‘llaniladigan metodga aytiladi.
«Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘qitish jarayonida dars samaradorligini ko‘tarish maqsadida qo‘llaniladigan integratsion metod birinchi galda har tomonlama garmonik rivojlangan komil insonni tarbiyalash xususida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan moddalar davlat tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar, turli qarorlar, farmoyishlar, ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, nutqlari va ommaviy axborot vositalariga bergan intervьyularidan, uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya etilgan uslubiy takliflardan foydalanish, to‘rtinchidan, «Milliy g‘oya va mafkura» darslarida o‘rganilayotgan mavzular, ta’lim sistemasida o‘rganiladigan qaysi fanlar bilan aloqadorligini aniqlab, talabalarni boshqa fanlardan olgan blimlariga asoslangan holda ularning bilim darajalarini rivojlantirib, chuqurlatib borishga va olgan bilimlarini shaxsiy e’tiqodlariga o‘sib o‘tib, u bilimlardan o‘zlarining kundalik amaliy faoliyatlarida samarali foydalanishlarini taqozo etadi! Bu metod ilgari sovet davri pedagogika fani nazariyasi va ijtimoiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasida «predmetlar aro aloqa bog‘lash metodikasi» deb ham yuritilib kelgan.
Bugungi kunda ko‘pgina adabiyotlarda, hatto ilmiy-ommabop lug‘atlarda «integratsiya» iborasi faqat iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaralib, «integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo‘lish va mamlakatlar taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o‘zaro ta’sir etish jarayoni» deb izohlanmoqda. Bunday ta’rif albatta integratsiya masalasiga kompleks emas bir yoqlama, faqat iqtisodiy aloqani ifodalaydi xolos.
«Milliy istiqlol g‘oyasi» fanidan o‘quv dasturida mazkur fanni o‘qitishdan kuzatilgan maqsad xususida gap borar ekan, unda yoshlar qalbida va tafakkurida «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot» ruhini kamolga etkazish muhim masala va dolzarb vazifa ekanligi alohida ko‘rsatilgan. Fanni o‘rganish jarayonida talaba yoshlarda bu bu tushunchalarni atroflicha shakllantirish faqatgina darslik ramkasida chegaralanib qolmasdan, o‘qituvchilardan masalani yoritishga integratsion yondashuv uchun bir vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlariga, ham bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustav moddalarini atroflicha sharxlab berishni taqozo etad. Masalan, Birinchi Prezident Islom Karimov 2001 yil 4 yanvar farmoyishiga asosan 2001 yil 1 sentyabridan e’tiboran respublikada uzluksiz ta’lim tizimida bog‘chadan to oliy ta’limning yuqori bosqichi magistraturagacha ‘uquqiy bilimlarni o‘rganish avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishdan boshlanadi. Demak, talaba yoshlarda huquqiy bilim, tushunchalar asoslari bor. Pedagogning vazifasi kerak joyda, mavzuning ajralmas qismi sifatida o‘rtaga tashlanadigan muammoli savollar yordamida talabalardagi huquqiy bilim asoslarini rivojlantirib borishda ekan. Bu xulosamiz albatta shaxsiy taklif emas, aksincha hech bir pedagogning kundalik darsiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtida darsning a) ta’limiy; b) tarbiyaviy maqsadlarini aniq belgilash bilan bir qatorda shu darsda rivojlantirib boriladgan ta’lim sistemasini shakllantirishdagi muqaddas burchidir! Bu burchni bajarish barkamol insonni shakllantirishning garovidir. SHu joiz Birinchi Prezident Islom Karimov «Biz qonun ustuvorligiga erishgandagina o‘zimiz uchun maqsad qilib qo‘ygan adolatli, erkin jamiyat, farovon hayot barpo etishimiz mumkin»1 .«Milliy g‘oya va mafkura» dasturidagi «XXI asr boshida inson ongi va qalbi uchun kurash» bobidagi «Taraqqiyot va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi», «Mafkuraviy kurashning umumbashariy va mintaqaviy ko‘rinishlari» mavzularini o‘rganishga kirishishdan oldin o‘qituvchi dasturda majburiy adabiyotlar ro‘yhatida alohida qayd etilgan Birinchi Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid. Barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (Toshkent. «O‘zbekiston» 1998 yil) asaridan keng foydalanish kerak. Aslida Birinchi Prezident Islom Karimov ushbu asari asosida maxsus kurs ham o‘rganiladi. Tajribada shu narsa aniqlandiki, ko‘p hollarda ushbu asarga asoslangan «Maxsus kurs»ni o‘qitadigan o‘qituvchilar yuklamasida «Milliy g‘oya va mafkura» fani bo‘lmaydi. SHu joiz o‘tgan o‘quv yillarining mantiqi bizni « Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘rganishimiz jarayonida hozirgi kunda uchta asosiy ahvolga murojaat qilishga undayotganligidir:
a) xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim?
b) barqarorlikni qanday saqlab qolish darkor?
v) taraqqiyot yo‘lidan sobit qadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkin? Degan dolzarb savollarga to‘g‘ri javob topish mustaqil O‘zbekistonimizning porloq kelajagini ta’minlaydigan harakat bo‘lishi lozimligini ongli ravishda idrok etish va o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni yuqorida qayd etilgan har bir muammo yuzasidan atroflicha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishga imkon beradi.
«Milliy g‘oya va mafkura» darslarida ta’lim-tarbiyaga integratsion yondoshish metodikasini oshirish, ya’ni milliy g‘oya va mafkura ta’limining o‘quvchilar ongiga yagona bir butun jarayon tarzida shakllantirib borib, bir yo‘nalishda kompleks ravishda boshqarish Birinchi Prezident Islom Karimov istiqlolimiz muvaffaqiyatlarini abadiyatga mustahkamlash va uning istiqbollarini belgilab bergan asari – «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» ni o‘rganishda ham ajoyib ijodiy, bir vaqtda milliy g‘oya va mafkura ta’limini istiqlolimiz yutuqlarini mustahkamlash uchun ta’sirchan xizmat qilishga yo‘naltirishda yangi tarixiy davrni boshlab berdi.
Gap shundaki, Birinchi Prezident Islom Karimov o‘z istiqloliga erishgan O‘zbekistonining o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilashda ham masalaga tom ma’nosida to‘la integratsion yondashadi. YOsh davlatimizning taraqqiyot yo‘lini belgilashda bugungi kunda taraqqiy etgan jahon mamlakatlarining davlatchilik tajribasi har tomonlama tahlil etilib, o‘rganib chiqildi. Bular rivojlangan mamlakatlar – AQSH, FRANSIYA, ANGLIYA, GERMANIYA, YAPONIYA va boshqa davlatlardir. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida shunday yozadi: «Turkiyaning tajribasi, uning iqtisodiyotini islohat qilish yo‘li, bizga o‘xshash etnik-madaniy sharoitlarda davlat bilan din o‘rtasida uyg‘un munosabatlarga erishishdagi yutuqlar o‘zimizning ijtimoiy- iqtisodiy va davlat-huquqiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash chog‘ida zo‘r qiziqishga molikdir» (shu asar 34 bet)
Nihoyat, Birinchi Prezident Islom Karimov Respublikamiz taraqqiyoti istiqbolini belgilab, O‘zbekistonimizga xos besh tamoyilni ilgari surdi:
Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo‘lishi lozimligi;
Ikkinchidan, davlat bosh islohatchi ekanligi;
Uchinchidan, qonun hamma narsadan ustun turishi kerak;
To‘rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat;
«Biz o‘zimizning sharoitimizda ko‘p bolali oilalarga, qariyalarga, bechoralarga madad bermasak, hamma narsa portlab ketadi, hech qanday bozor va ishbilarmonlik bo‘lmaydi», «YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang» (5-6 betlar)
Beshinchidan, bozor ichtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish.
Tabiiyki, milliy g‘oya va mafkura fani o‘qituvchisi bu besh tamoyilning har bir bandiga batafsil to‘xtab o‘tadi va ularning mohiyatini o‘quvchilar tomonidan atroflicha o‘zlashtirib olishlariga, ularning milliy g‘oya va mafkura sohasidagi bilim ko‘lamlarini yanada kengaytirishiga erishadi. Mazkur o‘rinda o‘qituvchi davrimiz talablaridan kelib qilib, mazkur o‘rinda o‘qituvchi davrimiz talablaridan kelib chiqib, «Milliy g‘oya va mafkura» fani ta’limi mazmuniga igtegratsion yondoshishda turli tarixiy davrlarga taalluqli konsepsion nazariyalardan foydalanishi mumkin.
Masalan, O‘zbekiston xalqlari tarixidan o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan mavzu – «O‘zbekistonda islom dinining yoyilishi» o‘rganiladi. Ma’lumki, mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar diqqat-e’tiborlari islomning besh farzidan biri – kam ta’min etilgan mo‘min-musulmonlarga Olloh yo‘lida ehson qilish farzi alohida uqtiriladi.
Mazkur o‘rinda o‘qituvchi masalaga integratsion yondoshib, O‘zbekiston taraqqiyotining «o‘z yo‘li»da qayd etilgan beshta tamoyilidan to‘rtinchisi – kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish bo‘lib, islomdagi farzlardan birini o‘zida to‘la ifoda etganligini ko‘rsatib o‘tadi.
O‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mohiyatini integratsion usul bilan atroflicha tushuntirib borishda dars davomida o‘qituvchi tomonidan Qur’oni karimning «al-baqara» surasi (261-oyat) dan quyidagi oyatni o‘qib berish, uning mazmunini uqtirish didaktik jihatdan ayni muddao va katta ta’limiy samara kasb etadi. Oyatda quyidagilar bayon etilgan:
«O‘z mollaridan Olloh yo‘lida sadaqa qiluvchilar uchun beriladigan savoblar go‘yo bir bug‘doy donasi ekilganda ettita sunbula boshoq chiqarsa-yu, har bir sunbulada yuztadan bug‘doy hosil bo‘lganidek, bitta qilingan sadaqa uchun ham 700 barobar ko‘p savob ato qilinur. Olloh ba’zi sohibi ehsonlarga bundan ham ko‘proq savoblar ato qilishi mumkin, chunki u keng va dono zotdur ».
Birinchi Prezident Islom Karimov Vazirlar Mahkamasi 1997 yilda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish yakunlari hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini 1998 yilda isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida alohida qayd etilganidek «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat barpo etilgan aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza tizimi, ijtimoiy ta’minot va serfarzand oilalarga yordam tizimining isloh qilingani jamiyatimizda fuqarolarning daromadlar bo‘yicha qutblarga va guruhlarga ortiqcha bo‘linishining oldini oldi, aholining qashshoqlashuviga yo‘l qo‘ymadi. Ilk bor birinchi sinf o‘quvchilari o‘quv qurollari bilan kamharj oilalarning birinchi sinflarida (boshlang‘ich sinflarida) o‘qiydigan farzandlari qishki kiyim bosh bilan ta’minlandi. Maktab va oliy o‘quv yurti o‘qituvchilarining turmush sharoitini va mavqeiga haq to‘lashni yaxshilash borasida muayyan tadbirlar amalga oshirildi».
«O‘qituvchi «Milliy g‘oya va mafkura »ta’limida integratsion yondoshmoqni davom ettirib borib, o‘quvchilarga Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat tushunchasi va uning mazmunini bayon etar ekan, tarixda qayd etilgan xozirgi zamon taraqqiy etgan mamlakatlardan biri – Buyuk Britaniyaning eng yangi tarixi bilan, aniqrog‘i asrimizning 80-yillaridagi tarixi va unda «Temir xotin», «Tetcher erasi» kabi nomlar bilan mashhur bo‘lgan davrda konservatorlar yo‘lboshchisi Margaret Tetcher hokimiyat tepasida turgan davri – «Tetcherizm» bilan ayniqsa uning quyidagi besh prinsipi bilan atroflicha tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining o‘ziga xos besh prinsipining ishlab chiqishda jahon etakchi mamlakatlarining XXI asr bo‘sag‘asidagi davlatchilik faoliyatini mexanik ravishda ko‘r-ko‘rona emas, balki ularga o‘zbekistonimizning o‘ziga xos milliy xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy, zarur bo‘lgan xolda esa tanqidiy munosabatda yondoshib, o‘quvchilarga chet davlatchiligi nazariyasiga tahliliy tafakkur munosabatlarida bo‘lish ko‘nikmalarini faol va sistemali ravishda shakllantirib borishga erishmog‘i kerak. Mazkur o‘rinda «Tetcherizm»ning quyidagi besh prinsipini dars jarayonida talabalarga mustaqil tahlil etish va «Tetcherizm»ning Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lining besh prinsipi bilan qiyosiy taqqoslashtirish yo‘lida qilingan metodik usulini keltiramiz:
1. Gullab-yashnayotgan har qanday iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiya tadbirkorlik bo‘lishi kerak.
2. Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi minimum darajaga tushishi lozim; u aslo xususiy tashabbuslarni buzmasligi kerak;
3. Barcha mehnatga qobiliyatli fuqarolar o‘zini o‘zi ta’minlamog‘i kerak. Davlat va hayriya tashkilotlari o‘z aybisiz ishlash imkoniyatidan ma’rum bo‘lib qolgan mehnatga qobiliyatsizlarga yordam ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra davlat ijtimoiy dasturlaridan voz kechish yoki uni eng past darajaga tushirish lozim.
4. Davlat balanslashtirilgan tanqisliksiz byudjetga binoan to‘laydigan soliqlar tashkil etadi. Iqtisodiyot tartibiga qat’iy rioya qlib, harajatlarni kamaytirish zarur.
5. Kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaaatini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli, bunda boshqa odamlarning manfaatlariga zarar etkazmasligi kerak. SHuning uchun ham jamiyatga zarar etkazadigan ish tashlashlar o‘tkazish huquqi cheklanishi lozim.
O‘zbekistonning istiqlol davri ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini yoki boshqacha qilib aytganda O‘zbekistonimizning davlatchiligi tarixini jahonda ilmiy-texnik inqilob vatani bo‘lgan Buyuk Britaniyadek mamlakatning eng yangi tarixi bilan taqqoslab o‘rganish va o‘quvchilar oldida bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi prinsiplarini integratsion metod bilan tahliliy tafakkur etishga yo‘naltirish o‘z navbatida yoshlarimizda har qanday tarixiy voqea va hodisani atroflicha idrok etish qobiliyatlarini shakllanib borishiga katta imkoniyat yaratib beradi.
Milliy g‘oya va mafkura fanida «Mustaqillik va O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat» mavzusi bo‘yicha integratsion yondoshuvda «Jahon tarixi» fanidan bir qator materiallar olinadi.
CHunki har qanday jamiyatda yangi tipdagi davlat qurishda garchi birinchi galda shu alohida olingan hududdagi xalqni, millatning xohish-irodasini o‘zida aks ettiradigan davlatni qurish jarayonida mazkur xalq ma’naviyati, ma’rifati, madaniyati, mafkurasi va tarixiga ko‘p sohadan mos bo‘lgan boshqa davlatning bosib o‘tgan davlatchilik tarixi bilan atroflicha tanishib chiqish, tabiiyki ham nazariy ham amaliy jihatdan foydadan holi bo‘lmas.
SHu nuqtai-nazardan qaraganda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol otaturkning 1921 yil 20 noyabrida so‘zlagan nutqida SHo‘rolar Ittifoqida «dini bir, e’tiqodi bir qardoshlarimiz bordir. Millatlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy ko‘priklarni mustahkamlash zarur. Til bir ko‘prikdir. E’tiqod bir ko‘prikdir... Tarix bir ko‘prikdir »degan xulosalarni hisobga olish ham fikrimizcha mustaqil O‘zbekistonimizda foydadan xoli bo‘lmas.
Turkiya Respublikasining asoschisi G‘ozi Mustafo Kamol Otaturk (1881-10.11.1938) ning Turkiyani mustaqil davlat holiga kelishida harakat dasturi bo‘lgan uning tamoyillari umuman XX asr davlatchilik nazariyasida o‘ziga xos yangi davrni boshlab berdi.
Otaturkning turk jamiyatini milliy asosda qayta qurishi uchun ikki asosiy majburiyati bor edi.
Birinchisi – Turkiyaning parchalanishidan va ajnabiylashuvidan saqlab voladigan milliy istiqlol harakatini og‘ishmay amalga oshirish, milliy davlat qurishga erishish;
Ikkinchisi – Turkiyaning rivojlangan g‘arb xalqlariga ko‘ra yo‘qotgan yuz yillik taraqqiyotga qaytadan erishish uchun kerak bo‘lgan sifat va jadallik bilan zamonaviylashish, boshqacha qilib aytganda hayotning hamma jabhalarida g‘arbssivilizatsiyasiga erishish.
Otaturk tamoyilining birinchi bo‘limida milliy hokimiyat to‘g‘risida gap borar ekan, birinchi galda Turkiya Buyuk Millat majlisiga asos soldi. «Hokimiyat xalqnikidir!», «Kuch va ilhom manbai millatdir!» degan shiorni ilgari surdi.
Otaturk milliy hokimiyat to‘g‘risida gapirar ekan, «Milliy hokimiyat shunday bir nurdirki, uning qarshisida zanjirlar eriydi, toju-taxtlar yonib kul bo‘ladi. Millatlarning asoratga solinishiga asoslangan tizimlar har tomondan qulashga mahkumdirlar» deb yozgan edi.
Keyincha Otaturkning harakat dasturi – «Otaturkchilikning «Olti o‘qi» nomi bilan ham yuritilgan – bular asosan:
1. Respublikachilik. 2. Millatparvarlik. 3. Xalqparvarlik. 4. Davlatchilik. 5. Vijdon erkinligi. 6. Inqilobchilikdir.
Mazkur «Olti o‘q» keyincha yana Otaturkning o‘zi tomonidan ishlab chiqilib, turk xalqining kundalik amaliy hayotiga tadbiq etilgan hayotiy tamoyil – «Hayotda eng haqiqiy murshid ilmdir» degan tushuncha bilan boyitildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda Mustafo Kamol «1923 yilning 29 oktyabrida Turkiya Davlat boshqaruvining yangi tizimini – Turkiya Respublikasini joriy qildi. Mamlakat taraqqiyotini ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi oltita tamoyilni ishlab chiqdi. SHu tamoyillar asosida Davlat boshqaruvi tubdan o‘zgartirildi, siyosat, iqtisod va madaniyatning barcha jabhalarida chuqur islohatlar o‘tkazildi.
Otaturk islohatining moiyati va pirovard maqsadi milliy an’analarga putur etkazmagan holda mamlakatni jahonning taraqqiy etgan davlatlari darajasiga olib chiqishga qaratilgan edi.
Nihoyat, o‘z istiqloliga erishgan buyuk o‘zbek xalqi ham milliy davlatchiligimizning o‘ziga xos va mos yo‘li bilan buyuk kelajak sari dadil qadamlar bilan borayotganliklarini aniq amaliy faktlar misolida ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘z milliy mustaqilligiga erishgan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida «milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘rganishga integratsion yondoshuv tom ma’nosida yoshlarimizda milliy g‘oya va mafkurani faol shakllantirib borishda ulkan nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan tom ma’nosida ijodiy jarayondir.
Bu muammoni ijobiy hal etishning mohiyati yana shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasining bugungi davlatchiligini vujudga kelishi va har tomonlama shakllanishida ba’zi bir ommaviy axborot vositalarida talqin etib kelinayotganidek, O‘zbekiston na Turkiya va na Angliya, Xitoy yoki Janubiya Koreya va yana qaysidir boshqa davlatlar qurilishi strukturasidan nusha olmasdan, u o‘zining dastlabki shakllanish kunlaridanoq «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» deb atalmish milliy dasturiga ega bo‘lgan. Bu boradagi integratsiya masalasiga kelsak, O‘zbekiston o‘zining o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini kashf etishi bilan jahon davlatchiligi qurilishida o‘zining betakror o‘rnini egallagani bilan abadiylikka qolgan.
Avval qayd etganimizdek, «Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘qitishga integratsion yondoshuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Respublika madaniyat va ma’rifat Markazi tomonidan «O‘quvchi – talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni o‘zaro uyg‘un holda tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» dan samarali foydalanish ham alohida ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. SHuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, «Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish jarayonida davriy matbuot va ommaviy axborot» materiallaridan operativ holda foydalanish, yuqori xalq ta’limi organlaridan maxsus ko‘rsatmalarni kutib vaqtni o‘tkazmasdan ulardagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muammolarni o‘quvchi-talabalar ongiga etkazishga erishmoq lozim. YAna bir metodik muammo, bu maxsus fanni o‘rganish yoki undan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni olib borishda mustaqillik yillarida har bir jabhada qo‘lga kiritgan yutuqlarimizni sho‘rolar davri yoki undan ham oldingi chorizm mustamlakachilik davri faktlari bilan taqqoslasak, albatta yana masalaga integratsion yondoshganimizda mustaqillikni xalqimizga nima berganligi, biz o‘tmishda kim edik, bugun nimalarga erishdik degan muammoli savollarga ishoolloh ijobiy javobimiz bo‘ladi.
Mazkur o‘rinda Birinchi Prezident Islom Karimov «Kecha kim edik, nima masalada bizlar azob-uqubat chekkanimiz va bugungi hayotimizning ertangi rejalarimizning shundan qanday farqi bor?
Bizlar qanday qadam qo‘yyapmiz, to‘g‘ri yo‘ldanmi, yo‘qmi? degan savolga javob berayotganda faqat qiyoslash kerak. Quruq tashviqot kerak emas » degan ko‘rsatmalariga amal qilish har bir pedagog uchun farzdur.
Masalan, O‘rta Osiyo chorizm mustamlakasi bo‘lgan fojeali davrda mahalliy aholining jon boshiga xalq ta’limi uchun sarflangan mablag‘ bir yilda bir tangani tashkil etgan! Masalaga integratsion yondoshib bir tanganing qiymatini bilmoqchi bo‘lgan bunga javobni o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan Muqimiy ijodidan ajoyib javob olamiz. Eshiting, bu borada Muqimiy o‘zining «Sayohatnoma» she’rida shunday yozadi:
«Bordim shahardan YAkkatut
Baqqoli duzdu badburut.
Bir tanga sotgay bir qurut
Insofi yo‘q turar ekan».
Demak, chor bosqinchilarining o‘lkamizda «xalq maorifini rivojlantirish uchun » qilgan ehsonining bir yillik qimmati bir dona qurutga teng bo‘lgan ekan! Mustaqillik yillari statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, Birinchi Prezident Islom Karimov alohida qayd etganidek, birgina 2005 yilni o‘zida xalq ta’limi uchun 445 ming milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Homiylar tomonidan ham shuncha mablah xalq ta’limi uchun sarflangan.
Agarda chor istilosi va sho‘rolar davrida mahalliy masjid-madrasalarimiz qamoqxona, bosqinchi armiya uchun otxona, yotoqxona, qurol-aslaxq omborxonasi, harbiy kasalxona va hatto islohotxonalarga aylantirilgan bo‘lib butun ijtimoiy-siyosiy hayot dahriylikka asoslangan bo‘lsa, musulmonligimiz tufayli 2007 yil butun jahon ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi va buning umumbashariy ahamiyati ham masalaga igtegratsion yondoshib uning asl mohiyatini o‘quvchi-talabalarga etkazishni taqozo etadi.
SHunday qilib, «Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘qitishga integratsion yondoshish – o‘quvchi-talabalar bilim saviyalari va tahliliy tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirib borishida «Milliy g‘oya va mafkura» fanini o‘qitish metodikasining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilash va baholash alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin