Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə24/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1. Milliy g‘oya nima?
2.O‘zbekiston sharoitida milliy istiqlol mafkurasi nima uchun zarur?
3. Mafkuraviy tazyiq nima?
4. «Mafkuraviy bo‘shliq» deganda nimani tushunasiz?
5.Mafkuraviy kurashning qanday umumbashariy va mintaqaviy muammolarini bilasiz?
6.Mafkuraviy taxdidni qanday bartaraf etish mumkin?
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002


14 - mavzu . Milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish
Asosiy savollar:
1.Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda ma’naviy ma’rifiy ishlarni amalga oshirish.
2.Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar va ularning mazmun moxiyati.
Tayanch tushuncha va iboralar: «Suv – hayot manbai» ko‘rik-tanlovi, «Kitobsevarlar» ko‘rik-tanlovi, «Ijodkor o‘quvchi (talaba)lar» anjumani, «O‘zbekiston qo‘shiq bayrami»,«Nafosat» yosh qalamkashlar anjuman, ;Istiqlol chechaklari» ko‘rik-tanlovi,Temir yo‘llar orqali «Vatanimiz tarixini o‘rganamiz» sayohati, Buyuk ipak yo‘li marshruti bo‘yicha xalqaro yosh velosayyohlar musobaqasi;«YOshlar badiiy ijodiyot festivali».
1-savol bayoni:
Ma’naviy kamolot, kamolot muammosi, ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolot omillari, barkamol avlod kamoloti. tamoyillarini singdirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shu asosda tashkil etish bugungi dolzarb vazifadir. CHunki chetdan bo‘layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba’zi yoshlar ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta’sirlar sezilmoqda, boqibeg‘amlik, loqaydlik alomatlari paydo bo‘lib, ularning boshqa oqimlarga og‘ib ketish holatlari ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e’tiqod, ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo‘lmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarini singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab etmoqda.Bugun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari, chiqishlaridagi ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilgari surilgan fikrlar asosida tuzilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu risolaning ma’no-mazmunini tarbiya dasturlariga singdirish orqali ta’lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratish lozim.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan g‘oyalarni, ma’naviyat asoslarini xalq ta’limiga joriy etish o‘quvchilarni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish mezonlarini belgilab beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar milliy istiqlol g‘oyasining tushuncha va tamoyillaridan kelib chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma’naviy-ruhiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:
- milliy istiqlol g‘oyasiga ishontirish;
- ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish;
- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
- yuksak e’tiqodni shakllantirish;
- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy islohatlarning mohiyatini chuqur anglab etish va faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish.
Boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog‘lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi mustahkam bo‘lgan shaxslarni shakllantirishda ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilishining ahamiyati kattadir.
Bunda «Milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish» mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida o‘quvchi-talabalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish;
- o‘quvchi-talabalarni Vatanga muhabbat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash;
- ma’naviy, aqliy, jismoniy barkamollik, iqtisodiy, huquqiy savodxonlik, mehnatsevarlik, iste’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash. «Oila, mahalla, maktab» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish;
- yoshlarimiz ongida ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirib borish;
- tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifat maskanlari, muzeylar, ko‘rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashkil etish;
- ota-onalarni ta’lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga etmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yig‘ilishlarda, tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
- xalqaro terrorizm, diniy ekstremizmning reaksion mohiyatini keng tushuntirish, ularning yoshlarga ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish;
- respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni targ‘ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish;
- ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda vatan va o‘z xalqi bilan faxrlanish , uning buyuk tarixiga hurmat bilan qarash, ularning ulug‘ kelajagini ta’minlash uchun daxldorlik va javobgarlik tuyg‘ularini tarbiyalovchi tadbirlarni amalga oshirish;
- mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari : «Mustaqillik», «Konstitutsiya», «Xotira va qadrlash», «O‘qituvchilar va murabbiylar», «Xalqaro xotin-qizlar», «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilar ongiga mustaqillik mafkurasi va milliy g‘oyani singdirish;
- pedagog, psixolog, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar nazoratchisi, «Mahalla» faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish;
- o‘quvchi-talabalarni har tomonlama kamol toptirish, sport, badiiy, estetik, texnik, ekologik, sayyohliq va o‘lkashunoslik, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yosh iqtisodchi, notiqlar, biznesmen, menejerlar tg‘garaklariga, huquqiy savodxonlikka yo‘naltiruvchi klublarga, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab jalb qilish;
- sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘yinlar, «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalari va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazish;
- iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchi-talabalarning qobiliyat va mahoratini ochishga keng imkoniyatlar yaratish, turli xil ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, anjumanlar o‘tkazish, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha olgan kasb mahoratini ochib berishga sharoit yaratish, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini kengaytirish.
Respublika ommaviy tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish, asosan, milliy istiqlol g‘oyasini talabalar ongiga singdirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish maqsadida umumta’lim maktablarida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish mumkin:

  • «Suv – hayot manbai» ko‘rik-tanlovi;

  • «Kitobsevarlar» ko‘rik-tanlovi;

  • «Ijodkor o‘quvchi (talaba)lar» anjumani;

  • «O‘zbekiston qo‘shiq bayrami »;

  • «Nafosat» yosh qalamkashlar anjumani;

  • «Istiqlol chechaklari» ko‘rik-tanlovi;

  • Temir yo‘llar orqali «Vatanimiz tarixini o‘rganamiz» sayohati;

- Buyuk ipak yo‘li marshruti bo‘yicha xalqaro yosh velosayyohlar musobaqasi;

  • «YOshlar badiiy ijodiyot festivali» va hokazolar.

Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida targ‘ibot-tashviqotda rasmiyatchilikka, tadbirbozlikka chek qo‘yishimiz kerak. SHuni doim yodimizda tutishimiz kerakki, balandparvoz, chiroyli so‘zlar, quruq ma’ruzalar har qanday g‘oyani obro‘sizlantiradi. YOshlar bilan teng muloqotga kirishish, ularning qalblariga xalqchillik, samimiyat bilan kirish, qanotlantirish, mafkuraviy kurashlar davrida milliy istiqlol g‘oyasi tashviqotini jangovar darajaga ko‘tarish kerak.
Dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlar milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tayyorlashda yangicha innovatsion uslublarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etib borishni taqozo etmoqda.
Ilmiy xulosalarga ko‘ra, odamning xotirasida 90 % hollarda – o‘zi bajargan ish, 50 % hollarda – ko‘rgani va 10 % hollarda – eshitgani saqlanib qoladi. Demak, g‘oyaviy tarbiyada yoshlarni ko‘proq o‘zlari bevosita ishtirok etadigan amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak. Buning uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarining rang-barang, ta’sirchan usullarini joriy qilish lozim.
YOshlar tarbiyasi ta’lim muassasalarining ustuvor vazifasidir. SHu o‘rinda «Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, hech kimdan kam bo‘lmaymiz ham» tamoyilining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchi-talabalar tarbiyasining asosiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash zarur. Tarbiyaning ijtimoiyligi, tarixiyligi, umuminsoniy va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
SHu bilan bir qatorda tarbiya uslublarini takomillashtirib, zamonaviylashtirib borish zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ongli intizom, mas’uliyatlilik, madaniy xulq, insonparvarlik hislarini hamda fidoyilik, qat’iyatlilik fazilatlarini tarbiyalash zarur.
O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosati jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan. Jamiyatni ma’naviy-axloqiy yangilash milliy taraqqiyot uchun zamin yaratibgina qolmay, unga kuch baxshida etadi. SHuni e’tiborga olib, talaba-o‘quvchilarga yangilanayotgan O‘zbekistonning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida tushunchalar berib borish lozim.
Davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va ishlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yish lozim. Bu tizimning samarali ishlashi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
YOshlar ruhiyatining rivojlanishi va kamol topishida balog‘at davri muhim bosqich hisoblanadi. Xuddi mana shu davrda olamga ham, muhitga ham qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Aksariyat bolalarga atrofdagilar ularni tushunmayotgandek yoki tushunishni istamayotgandek tuyuladi. YUrish-turishlarida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. YOshlarni duch kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklardan asrash, ma’naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, faollik, mas’uliyat kabi xislatlarni turli ma’rifiy usullardan foydalangan holda singdirib borish lozim.
Bu borada yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning interaktiv metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarda interaktiv metodlarni qo‘llash shart-sharoitlarini bilim muhim. Bunda faol, hayotiy pozitsiyani shakllantiruvchi metodlarni qo‘llash samara beradi. YOshlarda lider (sardorlik) sifatlarini hamda jamoada o‘z o‘rnini topa olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o‘zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozara olib borish mahorati yuksak bo‘lishi zarur. Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar taqdimoti, natijalarini sarhisob va e’lon qilish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, kelajakda ma’naviy-ma’rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.
Globallashuv jarayonida milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishda milliy an’analardan foydalanish zarur. Informatsion xurujlar kuchaydi. SHuning uchun informatsion xurujlarga qarshi kurashning shakli, mazmuni va turlarini yoshlar ongiga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda singdirib borish kerak.
Tadbirlarni amalga oshirishda yoshlarning ma’naviy ehtiyojlari va ularni shakllantiruvchi omillar hisobga olinishi kerak. SHunda yoshlarning o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qiziqishi ortadi va uning faol ishtirokchisiga aylanadi.
YOshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. YOshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo‘llari va vositalarini qo‘llash samara beradi.
Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta’minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug‘vor maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. SHuning uchun bu sohadagi mas’ul xodimlar o‘quvchi-talabalarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o‘ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
Professor-o‘qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yo‘llari, talaba-o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.
Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash muhim.
Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishida erkin mavzular tanlash va taqdimotini o‘tkazishga e’tibor qaratish lozim. Milliy g‘oyani targ‘ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, «Virtual sayohatlar», «mulьtimediya» dasturlaridan foydalanish lozim.
Mamlakatimizning boy tarixiy-ma’naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e’tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, OAV, internet ma’lumotlari haqida to‘g‘ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to‘g‘ri xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog‘lab tashkil qilish yaxshi samara beradi.
YOshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Konstitutsiya va qonunlar targ‘ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.
Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalari hozircha ko‘ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi.
Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma’naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potensialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy bilimliligi roli kattadir. YA’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan jamiyat mustahkam bo‘ladi va millat birligi kuchayadi.
Har qanday jaholatdan insonni ma’rifat qutqaradi. SHuni hisobga olib, yoshlarga «Jaholatga qarshi ma’rifat » tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim.
YOshlarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to‘g‘risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlariga usto-murabbiylarni keng jalb etish lozim.
Bunda yoshlar tarbisiga ta’sir etayotgan ijobiy (oliy ta’lim mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, san’at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur.
Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta’sirini bartaraf etishning yo‘nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.
YOshlarni ogohlik va hushyorlik ruhida tarbiyalash, axloqsizlik g‘oyasini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishg intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma’rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idoralar vakillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega.
CHunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish samarali usul hisoblanadi.
Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o‘qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e’tibor qaratib borishlari talab etiladi. CHunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko‘rinishlarga qarshi kurashmog‘imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko‘rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo‘lib, unda hech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo‘lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo‘ravonlikni anglatadi, uni ma’naviy jihatdan hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar yaqqol misoldir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talaba-o‘quvchilar qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ustoz va shogirdlik – milliy tarbiya an’anasi. SHunday ekan, bu tizim yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda muhim omil vazifasini o‘taydi. Ta’lim muassasalarida mavjud ruguh murabbiyligi va ustoz-shogirdlik tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning aniq vazifalarini belgilab olish lozim. Unda, professor-o‘qituvchilarning ustoz sifatidagi ma’naviy burch va huquqlari hamda o‘quvchi-talabaning shogird sifatidagi ma’naviy burchlari yoritilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining din masalalariga oid qonunlari qabul qilingan. Bu sohada xalqaro hujjatlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlangan. Diniy ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yoshlarda qonunchilik asoslari bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish dolzarb vazifa sifatida tadbirlar mazmuniga kiritilishi zarur. Bunda asosiy e’tibor O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi haqida ma’lumotlar berishga qaratilishi maqsadga muvofiq. SHu bilan bir qatorda talaba-o‘quvchilargama’naviyatning qaror topib borishida madaniyat va dinning o‘rni, diniy dunyoqarashning inson hayotidagi ahamiyati va islomiy qadriyatlar, dunyoqarash erkinligini ta’minlash jarayonida har bir insonda shaxsiy fikr, mustaqil mavqening shakllanishi haqida ham tushunchalar singdirilishi lozim.
Talabalar ongida mafkuraviy immunitetni (ma’naviy nuqtai nazardan) hosil qilish juda muhimdir. «Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga ta’sirini o‘tkaza olmaydi».
Bayramlar ma’naviy sohaning tarkibiy qismi sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, davlatning asosiy e’tiboridagi omilga aylandi. Bayramlar yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin turtadi. Bayramlarga (jumladan, tadbir ssenariysi va rejissurasiga ) oid ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib turish yaxshi natija beradi. Ta’lim muassasalarida bayram-marosimlarni o‘tkazish alohida e’tiborni talab qilmoqda. Buning uchun yoshlar tashabbuskorligi va faolligini oshirish juda muhim. Ta’lim muassasalarida bayramlarni tashkil etishda aynan yoshlar faoliyatidan keng foydalanishimiz ma’naviy ishlarning samarasini oshiradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin