Nazorat savollari: 1.Tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifat maskanlari, muzeylar, ko‘rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashkil etish.
2.Ota-onalarni ta’lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga etmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yig‘ilishlarda, tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
3.Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizmning reaksion mohiyatini keng tushuntirish, ularning yoshlarga ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish;
4.Respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni targ‘ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish;
5.Ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda vatan va o‘z xalqi bilan faxrlanish , uning buyuk tarixiga hurmat bilan qarash, ularning ulug‘ kelajagini ta’minlash uchun daxldorlik va javobgarlik tuyg‘ularini tarbiyalovchi tadbirlarni amalga oshirish;
6.Mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari : «Mustaqillik», «Konstitutsiya», «Xotira va qadrlash», «O‘qituvchilar va murabbiylar», «Xalqaro xotin-qizlar», «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash;
7.Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilar ongiga mustaqillik mafkurasi va milliy g‘oyani singdirish;
8.Pedagog, psixolog, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar nazoratchisi, «Mahalla» faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish.
Adabiyotlar: Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.
Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002