Davlat universiteti


- mavzu. “ Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə26/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

15 - mavzu. “ Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Asosiy savollar:

  1. « Ma’naviyat asoslari»ni o‘qitish metodikasi» fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. Fanning tadqiqot tamoyillari va metodlari.

  3. Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Tayanch tushuncha va iboralar:
Ma’naviyat, ma’naviyat asoslari, o‘qitish, o‘qitish mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘qitish maqsadi, o‘qitish vositalari, o‘qitish shakllari, metodika, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi, «Ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish predmeti, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, zamonaviy ta’lim, didaktika, o‘ quv bosqichiga talablar
1-asosiy savol:

    1. Ma’naviyat asoslarini o‘quvchilar ongiga singdirishda o‘quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatadi

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilganidek xar bir maktab o‘qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi oldiga muxim vazifa qo‘yilmoqda. Bu vazifalar ta’lim uchun xos bo‘g‘inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‘g‘inlar xilma-xil o‘quv fanlari dasturlarida, o‘quv rejalarida, darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin.
Davlat ta’lim sandartlarining aniq o‘quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim soxalari bo‘yicha ishlab chiqilishi o‘quv fanlarini variativ tanlash asosida o‘quv-metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darsliklar) ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Ma’naviyat asoslari ”o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o‘qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga “Ma’naviyat asoslari” fani sohasida malum bilim va o‘quvlarni egallash va bolalarni o‘qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Metodik tayyorgarlik maktab o‘qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o‘qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uniig ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan xolda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi ma’naviyat asoslari kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Ma’naviyat asoslari ta’limning bu ikki jixati (aspekti) (ma’naviyat asoslari ta’limning tarkibiy qismi va metodik tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim.
Ma’naviyat asoslari kursi asosidagi bilimlar bir tomondan boshqa soha ilmlarida kam foydalaniladi va tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. SHu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bolalik va o‘smirlik davri o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu davrda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to‘ldirish, ma’naviyat asoslari metodikasining, xususan, ma’naviyat asoslari fani o‘qitish metodikasining markaziy vazifalaridan biri — o‘qitishning etarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishni o‘quvchilarni aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Ma’naviyat asoslari fani ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokratik jamiyat qurish, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish nazariyasini (ma’naviyat asoslarini didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi etarli emas. O‘qitishning malum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Ayni shu ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o‘qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir.
Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, seminar, ishlarida ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda va mashg‘ulotlarning o‘zida o‘qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar xal etilishi lozim.
Metodik masalalar xar bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli echimga ega emas. O‘kituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o‘quv vaziyat uchun eng yaroqli echimining tez topa olishi uchun bu sohada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim.
“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasi o‘qitish vositasi sifatida mavjud didaktik, pedagogik mahorat, mantiq ilmi va ma’naviyat asoslari nuqtai nazaridan mazmunan etarli emasligi tufayli
mustaqil ravishda foydalaniladi va o‘rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Milliy g‘oyani, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ‘ib qilish ma’naviyat asoslarini shakllanishida ta’limning markaziy vazifasi bo‘lib kelgan va shundoqk, bo‘lib qoladi.
Biroq, bu vazifa yagona bo‘lib qolmasdan, balki u o‘quvchilarni fanni o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Ushbu masala ikkita asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: birinchidan, pedagogika ta’lim yo‘li, ya’ni o‘quvchilarning fikrlashini turmushda qo‘llaniladigan ma’naviy mulohazalarga va bilimlarni egallashga tayyorlash; ikkinchidan, ma’naviy tarbiya yo‘li, ya’ni o‘quvchilarni eng muhim tushunchalarni va eng avvalo ma’naviy, ahloqiy, milliy g‘oya va mafkura tushunchalarini o‘rganish va unga amal qilishga tayyorlash.
Zamonaviy ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? O‘quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? O‘quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o‘rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma’naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda “Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart daraj asida rasmiylashtirilmagan”ligini alohida ta’ kidlab, ta’ lim j arayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma’naviyat asoslarini o‘qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta’limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo‘yilishi ma’naviyat asoslarini o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun talablari ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Ma’naviyat (arabcha, ma’nolar majmui) so‘zining lug‘aviy ma’nosi juda keng bo‘lib ma’nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma’naviyat asoslari fanining o‘rganadigan ob’ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlaridan iborat. Ma’naviyat asoslari kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma’naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi malum usullar (metodika) orqali o‘quvchilarga etkaziladi.“Metodika” grekcha so‘z bo‘lib “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o‘qitish metodikasining mustaqil fan tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq ma’naviyat asoslarini o‘qitish qonuniyatlarini ma’naviyat asoslarini rivojining malum bosqichida tadbiq qiladi. O‘qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi ma’naviyat asoslarini o‘qitish mazmunining tubdan o‘ zgarishiga olib keldi.
O‘quvchilariga ma’naviyat asoslari fani samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o‘qituvchi uchun ishlab chiqarish ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:

  1. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish va undan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun ma’naviyat asoslari o‘qitiladi, o‘rgatiladi).

  2. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.

  3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar xozirgi kunda zarur bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari) uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?

  4. O‘qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o‘quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish).

  5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini tashkil

etish).
O‘qitishning maqsadi mazmuni metodlari vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblari murakkab bo‘lib, ularni belgilash o‘qituvchi mahoratiga bog‘liqdir. Bu jarayon amaliy imkoniyatlar bilan kengroq bog‘lansa, ko‘proq samara berishi mumkin.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi boshqa fanlar,eng avvalo, ma’naviyat asoslari faniga yaqin bo‘lgan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi, tarix, shaxs va jamiyat, falsafa, siyosatshunoslik fanlari ijtimoiy-gumanitar fanlarga o‘xshab dialektikaning umumiy qonuniyatlariga, bilish nazariyasiga va umum e’tirof etgan metodologiyaga tayanadi.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi fani bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida ikki tomonlama bog‘lanish mavjud.
Bir tomondan, ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi huquq, falsafa, tarix va boshqa fanlarning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu xol ma’naviyat asoslarini o‘qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.
SHunday qilib, metodikalarning aniq materiallaridan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muximdir.
Ilmiy - tadqiqot metodlari -bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Bu bo‘limda, ma’naviyat asoslarini fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.

  1. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishning yaxlit va aniq metodikasi.

Bu bo‘limda ma’naviyat asoslarini o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.

  1. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishning maxsus metodikasi.

Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
Metodikaning umumiy masalalari.
Metodikaning xususiy masalalari.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasini talabalarga o‘rgatishda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlaridan shuniningdek turli xil metodlardan foydalanilmoqda.
Jumladan kuzatish metodi — odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan xolda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin.
Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, ma’naviyat asoslari darslarida o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, ma’naviyat asoslari darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba — bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasida suxbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Kursning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, ishchi faraz tuzish, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasiiing shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin