Davlat universiteti


- mavzu. «Zamonaviy “Ma’naviyat asoslari” o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə34/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

21 - mavzu. «Zamonaviy “Ma’naviyat asoslari” o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Pedagogik texnologiya tushunchasi

  2. Zamonaviy pedagogik texnologiya usullari

Tayanch tushuncha va iboralar:
Texnologiya, o‘qitish texnologiyasi, pedagogik texnologiya, ta’limga texnologik yondashuv, majmualar nazariyasi,
1-asosiy savol:
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizda joriy qilish zarurligi to‘g‘risida uqtirilgan. Keyingi vaqtda pedagogik adabiyotlarimizda «pedagogik texnologiya», «yangi pedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik texnologiya», «progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko‘plab qo‘llangani bilan, ularning maromga etgan ta’rifi hali berilmadi. Mustakil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlarida chop etilgan nufuzli lug‘ atlarda xam uning to‘ lik ta’ rifi keltirilmagan.
Xo‘sh, pedagogik texnologiyaning o‘zi nima? Uning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda kanday roli bor?
Quyida qator pedagog olim va amaliyotchilarning yangi pedagogik texnologiyaga bergan ta’riflarini keltiramiz.
V.P.Bespal’ko: «Pedagogik texnologiya bu uqituvchi maxorati shaxsini shakllantirish jarayoni loyixasidir».
V.M.Monokov: «Pedagogik texnologiya-avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir».
U.Nishonaliev: «Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishidan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ ladi»
N.Saydahmedov: «Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘ quvchi ( talaba) larga muayyan sharoit va ketma - ketlikda ta’ sir ko‘ rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir».
B.G‘.Ziyomuhamedov: «Pedagogik texnologiya - bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’ lum bir sharoitda muayyan ketma - ketlikda ko‘ rsatgan ta’ sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir».
P.Sokomoto: «Pedagogik texnologiya bu mazmunli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha aytganda pedagogik jarayonni muayyan bir majmuaga keltirishdir».
L.Golish: «Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
YUNESKO ning ta’rifi buyicha «Pedagogik texnologiya - bu ta’lim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liqlik xolda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini yaratishda va amalda qo‘llashda tizimli yondashuvdan foydalanishdir».
Bu erda asosiy g‘oya, asosiy tushuncha so‘zsiz tizimli, ya’ni xar qanday narsa yoki voqelikka majmua sifatida yondashuv bo‘lmoqda. Bunda ta’lim-tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi barcha tashkil etuvchi tarkibiy qismlar bir butunlikni tashkil kiluvchi pedagogik texnologiya degan majmuaning qismlari bo‘lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy uslub (metodika)lardan farqi ham uni to‘la-to‘kis majmuaviy yondashuv nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqqanligidadir.
Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’lim-tarbiya uslublaridan afzalligi, u ta’lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari o‘qituvchi va o‘quvchi, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, ta’lim berish usullari, ta’lim jarayonini nazorat qilish va ta’lim natijalarini baxolashdek bo‘laklarni o‘zaro uzviy bog‘lab, majmua shakliga keltirib turib, loyixasini avvaldan tuzib qo‘yilganligidir.
Uning an’anaviy pedagogik tizimlardan ikkinchi farqi o‘qituvchilar tomonidan, ularga berilgan bilimni yodlab olib, aytib berishga emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonining yakunida qandaydir bir amaliy ishni bajarishga o‘unaltirilganligidadir.
Pedagogik texnologiyaning yana bir uzgacha xususiyati yaxshi loyixalashtirilgan pedagogik texnologiya bo‘yicha xar qanday o‘qituvchi ham a’lo bo‘lmasada, yaxshi dars o‘tishi mumkin. CHunki pedagogik texnologiyani pedagog olimlar tuzib, ularning maxorati texnologik jarayon loyixasida o‘z ifodasini topadi. Avvalgidek, «darsdan ko‘zlangan maqsadga ob’ektiv sabablarga binoan etib bo‘lmadi» yoki «kutilmagan omillarga binoan dars buzildi»va shunga o‘xshash gaplarga pedagogik texnologiyada o‘rin yo‘q.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagicha izox berish mumkin bo‘ladi: Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogika ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida darsning maqbul loyixasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy xodisadir. Demak ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning roli kattadir. Usiz ko‘zlangan maqsadga etib bo‘lmaydi.
Jaxon pedagogik tafakkurida ta’lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi bo‘lmay XYII asrdayoq «Buyuk didaktika»ning muallifi YAn Amos Komenskiy ta’lim jarayonini shunday shaklga solmoqchi bo‘lganki, «unda xar bir usul va vositalar vaqt jixatdan joylashtirilishi kerak ediki», «butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak» edi. Xozirgi paytda bu ijtimoiy xodisa pedagogik texnologiya nomini olib, buyuk pedagog Komenskiy etmagan niyatga XXI asr pedagoglari etib, butun dunyo o‘ qituvchi va muxandis-pedagoglariga dasturamal bo‘ lib xizmat qilmokda.
Pedagogik nazariyalar yig‘indisi hisoblangan didaktikada katta hajmda nazariy va amaliy bilimlar to‘plangan bo‘lishiga qaramay, XX asr ikkinchi yarmigacha mashxur pedagoglarning birontasi qayta tiklanadigan, ya’ni izdoshlari tomonidan ular o‘tgan yuqori samarali darslarini ularga o‘xshab o‘tish imkonini beradigan pedagog jarayon andozasi ishlab chiqilmagan.Buning sababi mashxur pedagoglar uslubi tarkibida o‘zlarining shaxsiy sifatlari etakchi o‘rinni egallaganligidir. Ma’lumki, jamiyat tarkibida mashxurlikka da’vogar buyuk shaxslar juda xam oz. Bizga esa ular xar bir akademik litsey va kasb-xunar kollejiga xamda xar bir sinf va darsxonalariga kerakdir. Bunga etishishning bitta yo‘li mashxur pedagoglarning darslarini, pedagogik texnologiya loyixasini tuzish va ko‘paytirish tarqatishdir.
Texnologiya atamasi ishlab chiqarishdan olingan bo‘lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyixalashtirilgan. Ular kerakli natijalarga erishish garovi xisoblanadilar. Bu texnologiyalar qo‘llash vaqtida xudud va ularning ijrochilari o‘zgarsa xam, baribir kerakli maxsulot chiqaraveradi. Ta’lim- tarbiya jarayonida xam shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqildi.
Bu ish birinchi bor AQSH olimlari B.Blum, D.Kratel’, N.Granlund, Dj.Kerrella, Dj.Blok, L.Anderson va boshqalar xarakati natijasida amalga oshdi.
Ta’lim-tarbiya usullari orasidagi tafovutlar va ularning pedagogik texnologiyalardan farqi masalasiga kelsak ta’ lim mazmunini o‘ zlashtirishda o‘ qituvchilarning bilish faoliyatiga munosib ravishda quyidagi usullar mavjud: tushuntirish-illyustrativ (informatsion retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon, izlanuvchanlik yoki evristik xamda tadqiqotchilik kabi usullaridir.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan «Ma’naviyat asoslari» fani bo‘yicha bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni uzatish, qabul qilish, anglash, axborotni esda saqlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutib, barcha usullar ichidan tushuntirish - illyustrativ, izlanuvchilik - tadqiqotchilik va pedagogik texnologiya usullari moxiyatini, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlab chiqamiz.
Tushuntirish usuli eng keng tarqalgan an’anaviy usullardan hisoblanadi. U o‘qituvchi tomonidan muayyan mavzuda yig‘ ilgan bilimlarni axborot sifatida so‘ zlab, ko‘ rsatib berishga, o‘ quvchilar tomonidan esa, bu axborotni qabul qilib, esda saqlab qolishga asoslangan. Bu bilimlar esda qanchalik qolgan - qolmaganligini sinov yoki imtixon vaqtida tekshiriladi. Talabalar, asosan mexanik ravishda esda saqlab qolgan axborotni qaytarib aytib berish bilan cheklanadilar. Bu bilimlar faqat so‘ragandagina esga tushib, oz vaqt o‘tishi bilan esdan chiqib ketadi.
Bu uslda o‘qituvchi tomonidan o‘quv dasturida berilgan tayyor bilimlarni o‘quvchilarga etkazib berish va ularni esida qolishi uchun mashqlar o‘tkazish bilan kifoyalanadi.
Izlanuvchilik-tadqiqotchilik usuli, o‘qituvchilar tomonidan materialni mustaqil ravishda egallashga asoslangan. Bu usul, mustaqil fikrga ega bo‘lgan va kelgusida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga o‘zini bag‘ishlanganlarga asosan akademik litsey va kasb xunar kollejlarining iqtidorli o‘quvchilariga asqotadi. Bu usullardan foydalanib dars berilishi natijasida bilim olgan o‘quvchilar malum darajada fan fidoyisi bo‘lib, boshqa dunyoviy ishlardan ozod bo‘lgan bo‘ladilar. YA’ni erkin shaxsga aylanib boradilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni jumladan «ma’naviyat asoslari» kursini xam o‘qitishda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiya maxsuli (produktiv) dars berishga asoslangan bo‘lib, undagi usullarni egallashga asoslangan. Pedagogik texnologiyada dars mahsuli bilim olish jarayoni darsni aniq bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lagida o‘quvchilar bilishi shart bo‘lgan natijalar ko‘rsatib boriladi. O‘quv materiali darsni maqsadidan kelib chiqib, modullarga bo‘lingan bo‘ladi. Har qaysi modulga test savollari tuziladi. O‘ quv j arayoni aniq savollarga konkret j avoblar topishga qurilgan bo‘ lib, natij ada bu j avoblar bir butunlikni , ya’ni qismlarning ichki zarurriyatidan kelib chiqqan aloqadorliklarni tashkil qiladilar. Bu usul ilmiy asosda standartlashgan bilimlarni egallashga mo‘ljallangan.
Pedagogik texnologiyada maxsul (produktiv) usul qatorida izlanuvchilik - tadqiqotchilik usuli xam ishlatiladi. Mustaqil erkin fuqorolarni shakllantirishda xalq xojaligi uchun zarur bo‘lgan malum bilim xajmiga ega mutaxassis hamda turli muammolarni izlanib xal qiladigan tadbirkor kishilarni tarbiyalash kerak bo‘ladi. Bunday kishilarni tarbiyalashda tipik harakatlarga o‘rgatuvchi maxsuli (produktiv) va nostandart vaziyatlardan yo‘l topib chiqib ketishni o‘rganuvchi izlanuvchilik - tadqiqotchilik usullari mos tushadi. Bizga kerak bo‘lgan bu usullar omiqtasidan pedagogik texnologiya unumli foydalanadi:
pedagogik texnologiya tamoyillarining birinchisi muayyan dars mavzusidan kutilgan asosiy maqsadni aniqlab olish;
ikkinchisi-umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni qismlarga ya’ni modullarga ajratib, xar bir qismning maqsadini va qismlar ichida xal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish;
pedagogik texnologiya tamoyillarining uchinchisi modul ichida echiladigan masalalarning har biri uchun test savollarini tuzib chiqish;
to‘rtinchi tamoyili-maqsadlar aniq bo‘lib, test savollari tuzilgandan keyin maqsadga etish usullar tanlanib, ularning aniq ishlatiladigan payti va o‘rni belgilab olinadi. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv paytida, avval aytib o‘tkanimizdek, majmuaviy yondashuv tamoyiliga binoan bosqichlari orasidagi zaruriy bosqichlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu pedagogik texnologiyaning beshinchi tamoyili xisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning an’anaviy uslublardan asosiy farqi, uni majmular nazariyasidan kelib chiqqanligi bo‘lib, u ushbu nazariyani barcha qonuniyatlariga bo‘ysunganligidadir.
Pedagogik texnologiya O‘zbekiston maorifchilari uchun nisbatan yangi bo‘lganligi va u majmua yondashuv tamoyiliga to‘liq asoslanganligi sababli hamda majmular nazariyasini bilmay turib bu usulni tushunib etish qiyin bo‘lganligi uchun, quyida majmualar nazariyasining eng asosiy konuniyatlarni ko‘rsatib o‘tishni lozim ko‘rdik.
Majmua deb, bir butun yaxlitlikni tashkil qiluvchi va o‘zaro uzviy bog‘lik qismlardan iborat malum bir ob’ekt (narsa yoki xodisa) ga aytiladi.
Har qanday majmua ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ayni vaqtda o‘zi xam o‘zidan yuqori pog‘onada turgan majmuaga tarkibiy qism bo‘lib kiradi. Uning tarkibiy qismlari bir pog‘onadagi majmualar hisoblanib, ular xam bir necha tashkiliy qismlardan (majmualardan) iborat bo‘ladi. Bu hodisa chekli bo‘lishi va cheksiz davom etishi mumkin. Misol uchun, metodikada ko‘rgazmalilik majmua, u bir necha kodoskop, proektor, komp’yuter va tarkibiy qimslardan tashkil topgan.
Komp’yuter ham o‘z navbatida majmua bo‘lib, ekran, korpus, klavish va boshqa qismlardan tashkil topadi. Kompyuter mustaqil majmua bo‘la turib, darsda ko‘rgazmalilik degan katta pog‘onadagi majmuaga qism bo‘lib kiradi. YOki o‘quvchilarning bilimlarini egallashini misol qilib oladigan bo‘lsak, u bir butun majmua bo‘la turib, bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topgan, shu bilan birgalikda o‘zi barkamol inson tushunchasining bir qismi xisoblanadi. Ijtimoiy xodisadan misol keltirsak, toy degan ijtimoiy xodisa majmua xisoblanib, bir necha qismlardan iborat. SHu bilan birgalikda o‘zi milliy urf-odatlar va an’analar degan majmuaning bir qismi va xokozo.
Tabiatdagi va jamiyatdagi jamiki ob’ekt (narsa va xodisa) larni xammasiga majmua sifatida yondashsa bo‘ladi va yondoshish kerak xam shu jumladan dars degan ijtimoiy xodisaga xam.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlar deb, faqat o‘zaro uzviy (funksional) aloqadorlikda bo‘lgan qismlarga aytiladi.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlarning bir xususiyati o‘zgarsa, qonuniy ravishda boshqa qismlarning ham hususiyatlari o‘zgarishlarga ychrasa, uni funksional aloqadorlik deyiladi. Masalan, «Ma’naviyat asoslari» fanida metodologik asoc o‘zgarsa, fanning oldiga quygan maqsadi va kutilgan natija ham o‘zgaradi.
Majmuada zamon va makon mavjud bo‘lib, vaqt o‘tishi yoki makon o‘zgarishi bilan majmuaning ba’zi bir hususiyatlari ham o‘zgaradi. Majmuaning har biri faqat o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, biri biridan shu xususiyatlar yig‘indisi bilan ajralib turadi. Majmuaning xususiyati faqat boshqa majmualar bilan aloqalarda namoyon bo‘ladi.
Bog‘liqlik esa, faqat ularning namoyon bo‘lishidir. YAngi xususiyatni yaratuvchi aloqadorlik funksiya deyiladi. Narsa va hodisalarning funksiyaga bo‘lgan nisbati funksiyaning namoyon bo‘lish asosi, majmuaning ajralmas qismidir.
Funksiyalar orqali majmualar holati aniqlanadi. Majmua xolatlarini ketma-ket namoyon bo‘lishini jarayon deyiladi. «Jarayon», «holat» tushunchalari orqali majmuaning bir tizimdan ikkinchi bir tizim bilan aralashishi ifodalanadi.
Har qanday majmua asosini aloqadorliklar tashkil qiladi. Aloqadorliklar kishi ixtiyoridan tashqarida mavjud. Sub’ektiv, ya’ni inson hoxish istagidan kelib chiqqan va uni tasavvurida namoyon bo‘ladigan aloqadorliklar ham bo‘ladi. Bunday aloqadorlikni sun’iy aloqadorlik deyiladi. Sun’iy aloqadorlik ob ektiv qonuniyatlardan kelib chiqqan bo‘lib, tarkibiy qismlarning ichki zaruriyati natijasida shakllangan bo‘lsa, ular amaliyotda xaqiqiyga aylanadi.
Majmualar o‘z asoslariga, ya’ni funksional aloqadorliklar proeksiyasining shakliga nisbatan tartibli va tartibsiz, masalan o‘qituvchining bilim berishi tartibli, o‘quvchilarning uni o‘zlashtirilishi tartibsiz majmualarga misol bo‘la oladilar; tezlikka ega va sust, misol uchun o‘qituvchining nutqi tezlikka ega bilimning talantga aylanishi, sust majmulardir; ikki qarama-qarshi va ko‘p tomonlama yaxshilik va yomonlik ikki qarama - karshi tomonli majmuaga misol bo‘la oladi, axloq esa ko‘p tomonlama majmuaga misol bo‘ladi; tiklanuvchi va tiklanmaydigan majmualarga doim avvalgi xoliga qaytib keluvchi, misol uchun kecha-kunduz tiklanuvchi vaqt esa tiklanmaydiganlarga kiradi; markazlashgan va markazlashmagan, agar majmua qismlari bog‘liqlik sektorlarining hammasi ma lum bir qismda kesishsa, unday majmua markazlashgan bo‘ladi, misol uchun oilada ota bilan hamma ishlar bog‘liq bu makazlashgan majmua, majmuadagi qismlar teng huquqga ega bo‘lib bir-biri bilan teng aloqadorlikda bo‘lsa, unda markazlashmagan majmua bo‘ladi. Unga do‘stlar davrasi misol bo‘la oladi; bir va ko‘p pog‘onali davlat qyrilmasi ko‘p pog‘onali majmua, oila bir pog‘onali va xokozo guruhlarga ajraladilar.
Ko‘rib turganimizdek majmualar nazariyasi ancha murakkab va yaxshi taraqqiy etgan nazariy bilimlar majmui ekan. Uni egallagan o‘qituvchi pedagogik texnologiyani to‘g‘ri tushunib, har qanday ta’lim berish sharoitini to‘g‘ri amalga oshiruvchi bo‘ladi.
Bu erda biz majmualar nazariyasi bilan chuqur shug‘ullanuvchilarning ko‘p yillik tadqiqotlarini soddalashtirib, xususiyat va qonuniyatlar ko‘rinishida keltirdik xolos. Aslida majmualar nazariyasi juda ham shaxobchalab ketgan nazariy bilimlar yig‘indisidir. Unga atalib yozilgan kitoblarning nomlari yuzdan ortib ketdi.
Har qanday ta’lim jarayonida majmualar nazariyasidan kelib chiqishlik, birinchidan, ishni bir necha o n barobar osonlashtiradi va tezlashtiradi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyatni to‘g‘ri amalga oshirishning garovidir. Uchinchidan, muayyan ob’ ekt (narsa yoki xodisalar)ni o‘ qituvchilar tomonidan tez va to‘g‘ri tushunilib, samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyada majmualar nazariyasidan kelib chiqishlikni majmua yondashuv tamoyili deyiladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, metodika bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda zamonaning eng ilg‘or usullaridan biri xar bir ob’ekt (narsa va xodisa) ga majmua yondashishdan foydalanish zarur. Aks xolda tadqiqot an’anaviy tus olib, kechagi kunni ifoda etib qoladi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, dars o‘tish uslubiyotidan tadqiqotlar olib borish jarayonida pedagogik texnologiya tamoyillari markaziy o‘rinda turishi shart. CHunki u butunlay darsga majmuadan kelib chiqib yondashuvga asoslangan.
YUqorida qayd etilgan majmualar nazariyasidan kelib chiqib ta’lim-tarbiya jarayoni asosiy shakli xisoblangan barcha darslar kabi ijtimoiy-gumanitar fanlardan dars majmuasini quyidagicha tavsiflaymiz:
-dars o‘zining asosiga ko ra tartibli, chunki u avvaldan rejalashtiriladi, va ma lum maqsadga yo‘naltiriladi;
-tizimga va tezlikka ega chunki u doim rivojlanib o‘zgarib turadi;
-ikki tomonlama hususiyatga ega ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi;
-tiklanuvchi malum bir darsni qaytarsa bo‘ladi.
-murakkab u ikkitadan ortiq elementdan tashkil topgan;
-markazlashgan, uning markazida ta’lim oluvchi shaxsi turadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ijtimoiy gumanitar fanlarning xajmi ham, salohiyati ham ortib bormoqda. Bizningcha bunday jarayon dunyo ta’lim bozoridagi tendensiyalarga mos va ularga malum darajada ekvivalent, jahon andozalariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Ta’lim mazmunining gumanistik paradigmasi o‘rta maxsus kasbiy ta’limida ham shaxsni rivojlantirishga qaratilgan gumanitar texnologiyalarni ishlab chiqishni hozirgi kunning eng dolzarb talabiga aylantirdi.
«Ta’lim jarayonining gumanitar texnologiyasi» tushunchasi yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasi tarbiyalashning kafolatlangan maqsadlariga erishish quroli oldindan, loyihalashtirilgan ta’lim- tarbiya jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
U didaktik maqsad, talab etilgan o‘zgarish darajasiga erishish, mafkuraviy tarbiyaning natijasi o‘laroq, yoshlar ijtimoiy ongi, dunyoqarashi, xatti xarakati va xarakterida namoyon bo‘lish jarayonini oldindan loyihalashtirishdan iborat bo‘ladi.
«Gumanitar pedagogik texnologiyalarning tamoyillari» quyidagilardan iborat: tarbiyalanganlikning kafolotlangan natijalari, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, yoshlar yurish-turushi, axloqi, turmush tarzida, xarakterida, dunyoqarashida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining aniq shakllanganligi va ma’naviyatining yuksakligi bilan belgilanadi.Gumanitar pedagogik texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatining izlanuvchanlik xarakteri tarbiya jarayoniga evristik hususiyat kasb etadi va ta’lim-tarbiya jarayonida yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta’lim metodlaridan, vaziyatlarni taxlil qiluvchi topshiriqlardan foydalanishni taqazo etadi.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitishda keng ko‘lamda ko‘ llash sharoitida milliy istiqlol g‘ oyasi va mafkurasini yoshlar ongiga singdirish targ‘ ibot va tashviqot ishlarini olib borish uchun ilmiy o‘quv metodik majmualar yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini didaktik metodik va tashkiliy jixatdan ta’minlash darkor. Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish quyidagi ketma-ket bosqichlarni o‘z ichiga oladi: analitik, kotseptual maqsadli, mazmunli va jarayonli.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni tuzishning analitik bosqichlarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”dan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, ulardan kelib chiqadigan xulosalar, yosh avlodni milliy istiqlol g‘ oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ta’lim va tarbiya mazmunini tanlash xolatlari, tegishli mashg‘ulotlarning umumiy aniq maqsadiga erishish uchun ta’limning tashkiliy shakllarini tanlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘quvchi yoshlarda zukkolik, aqllilik hislatlarini shakllanti-rilayotganidan uning mezonlariga e’tibor qaratish darkor. Hozirgi dunyo ta’lim bozorida aqlli bo‘lish uchun faqat bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning xajmi etarli emas. Aqlli shaxs deganda ma’lum malakaga ega bo‘lgan analitik, va sintezik fikrlay voqelikni induktiv va diduktiv analiz qila oladigan, fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ lgan tadbirkor, intizomli shaxs tushuniladi. SHu xislatlarning birontasi etarli bo‘lmasa shaxsni mukammal deb bo‘lmaydi.
O‘quvchi shaxs xam buyurtmachi xam is’temolchi sifatida hamda o‘z-o‘zini boshqaruvchi va o‘z- o‘zini to‘g‘ri yo‘lga soluvchi sifatida juda ham rivojlangan tizim xisoblanadi. SHaxs “ichki psixolog” faoliyatini boshqarishda ichki tanlov mezonlariga, tez-tez o‘zgaruvchan xarakterga ega. SHuning uchun ham ayniqa yosh bo‘g‘inlarni dastlabki ichki xislatlarida biron bir xulosa qilishda shoshilmaslik, umuminsoniy, milliy, vatanparvarlik qadriyatlarga amal qilishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. YOshlarning mafkuramizga zid oqimlarga qo‘shilib ketishini oldini olishning birdan-bir yo‘li ularni O‘ zbekistonning milliy istiqlol g‘ oyasi va mafkurasi g‘ oyalari bilan qurollantirishdan iborat.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishning konseptual bosqichida bosqichli ta’lim tizimi elementlarida nazarda tutilgan asosiy g‘oyalar ifodalangan hulosalar xisobga olinadi. Aniqrog‘i o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim tizimining, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mafkuraviy targ‘ibot ishlarini o‘ziga xos talablari, mezonlari hisobga olinadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin