Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə36/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:

  1. Ma’naviyat asoslari fanining predmeti nima?

  2. Ma’naviyat tushunchasining to‘liq ta’rifini keltiring

  3. Ma’naviyat so‘zining mazmun - moxiyati?

  4. Madaniyat so‘zining ma’no va mazmuni?


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2015.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2017.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002.

6 .P.Bakirov “Milliy g‘oya targ‘ibotida o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish”- T., 2007
7. E.YUsupov “Ma’naviy kamolot omillari”- T., 1996 96 bet
23 - mavzu. « Ma’naviyat asoslari xonasining o‘qituvchi tomonidan ilmiy metodik jihozlanishi talablari » fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Ma’naviyat asoslaridan fakul’tativ darslarni o‘tkazish shakllari va usullari.

2.Ma’naviyat asoslarini o‘zlashtirishda o‘quv, konferensiya, disput munozara, klub va hakozolarning o‘rni va roli.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Mustaqil ishlar, mustaqil ishning forma va shakllari, ta’lim metodlarini tanlash, mustaqil tahsil.


1-asosiy savol:
Ta’lim tizimini qayta qurishning asosiy yo‘llaridan biri talaba (o‘quvchi)ning xususiyatlari, imkoniyatlari layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida maksimal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Qachonki jamiyatning xar bir insoni o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga layoqati va qobiliyatlari e’tiborga olingan xolda uni shaxs sifatida maksimal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Qachonki jamiyatning har bir insonning o‘zini intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga kora hayotda o‘z o‘rnini topa olgan sharoitdagina rivojlanuvchi jamiyatni barpo etish mumkin. Ma’lumki, shu kechayu - kunduzda jamiyatdagi insonning to‘laqonli faoliyati, ya’ni uning har kungi hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi ma’naviy rivojlanish va umumiy madaniyati talab qilinadi. SHuning uchun bizning asosiy vazifamiz - yoshlarni bilimga undash, faolikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida bilimlarning muximligini ko‘ rsatish, mustaqil ishga o‘ rgatish, xar bir mutaxassisga-ilmiy xodimga, pedagogikka, shifokorga, muxandisga, iqtisodchiga va boshqalarga muhimdir. Demak, zamonaviy maktab oldida bolalarga yoshligidan, boshlab mustaqil, faol mustaqil ish talabini singdirish vazifasi turmoqda.
Ma’naviyat asoslari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchi uchun qo‘llanmalar va talaba (o‘quvchi)lar uchun qo‘llanmalar o‘quv materiallari orqali talaba (o‘quvchi)larga ma’naviyat asoslarini o‘rgatish muammosiga to‘xtalib o‘tamiz. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda dars samaradorligini oshirishda ma’naviyat asoslari umumiy holda ko‘zda tutiladi.
Ilm-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktab oldida o‘sib kelayotgan avlodlarga ta’lim - tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Pedagoglar va metodistlar ilg‘ or o‘ qituvchilar bilan birgalikda matonat bilan darsni tashkil etish yo‘ llari, shakllari va uslublarini izlashmoqda, bilim va ko‘nikmalar sifatini ko‘tarish sharoitlarini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari ko‘pgina tadqiqotlarda ta’lim jarayonini va o‘quv faoliyatini intensifikatsiyalashtirishni tashkil qilishning eng unumli va qulay usuli aniqlanmoqda, talaba (o‘quvchi)larning aqliy rivojlanish rezervlarini ochishga harakat qilinmoqda.
Ma’naviyat asoslari fanidan mustaqil ishni tashkil etish muammosi pedagogik, psixologik, falsafiy, iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.ma’naviyatda ijodiyot tuzilishi va shaklining paydo bo‘lishi;
2.aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo‘ llarini, usullarini shakllantirish;
Metodist olimlarning ishlarini ko‘rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, talaba (o‘quvchi)larning mustaqil ishi o‘qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. O‘qituvchi rahbarligida ta’lim jarayonida umumiylashtirish, mantiqiy bog‘lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini albatta topadi.
Ta’lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi muammoni xal etishda o‘rganilayotgan bilimlarni o‘zi uchun ochish, muammoni mustaqil xal etish ko‘nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan kora bilish va uni hal etishni bilish, olingan natijalarni vujudga kelgan muammoni xal etish jarayonida ishlatishni bilish uchun talaba (o‘quvchi)ga imkon yaratadi.
Ma’naviyat asoslarini shakllantirishga oid muammoni hal etishda metodikaning birlamchiligi shundaki, o‘quvchining mustaqil ish maxsus metodik qonuniyatlar asosida shakllanadi.
Ammo mustaqil ish inson bilan birga tug‘ilmaydi. YOshlarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktab katta ahamiyat kasb etishi kerak.
Ma’lumki, ma’naviyat muammosi, mustaqil ish muammosi, mustaqil shaxs muammosi umumiy ta’lim va kasb-xunar maktablar isloxotining asosiy yo‘nalishlarida aks ettirilgan.
Hozirgi vaqtda metodikada ta’limning rivojlantiruvchi roli alohida o‘rganilmoqda. Ta’lim shunday tashkiliy vazifa bo‘lib turmoqdaki, unda talaba (o‘quvchi)lar eng yuqori va tez rivojlana oladigan, ularda mustaqil ta’lim va bilim olish uchun o‘ziga hos qobiliyatni shakllantira oladigan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifalarni bajarishda talaba (o‘quvchi)larda mustaqil ishni rivojlantirish muhim axamiyatga egadir.
An’anaga kura o‘qituvchi xozirgacha darsda yaxshi bajaruvchilarni tayyorlashni muljallaydi va talaba (o‘quvchi)ga o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniy bilimini beradi, lekin ushbu mazmunni bilimlarni ishlatish uslublari ayniqsa, maqsadga muvofiq ishlatish uslublari xaqida bilim berilmaydi. Asosiy sabablardan biri bu erda-bilimlarni mustaqil egallashni tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning etishmasligi, ta’lim jarayonidagi shu kabi ilmiy muammolarning ishlab chiqilmaganligidir.
Tadqiqotlarda o‘quvchining o‘quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini faollashtirish uslub va turli vositalardan foydalangan holda kechadi. Demak, ta’lim uslublari o‘quvchidagi ijodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir.
O‘tkazilgan tadqiqotlarda shaxs ma’naviyatini shakllantirish jarayonida metodik asoslar, muammolarni tanlash va ushbu jarayonda mustaqil ishni rivojlantiruvchi vositalar ishlab chiqilmagan. Mustaqil ishni rivojlantiruvchi o‘ziga xos xususiyatlar o‘rganilgan. Talabalardagi ma’naviy rivojlanishning psixologik tabiatini o‘rganilishi, ushbu rivojlanishning asosiy qismlarining aniqlanishi ijodiy ishni tashkil etish umumiy shartlarini chuqurroq o‘rganishga imkon yaratadi.
Maktabda ma’naviyat asoslarini muammosiz tasavvur qilish qiyin, chunki berilgan har bir muammo nazariy qoidani o‘z ichiga oladi. Aynan vujudga kelgan muammoning echimini o‘rganilayotgan nazariy materialni tushunib olishga asosiy qoidalarni talaba (o‘quvchi)lar hotirasida mustaxkamlashga imkon yaratadi, keyingi o‘rganilayotgan nazariya uchun sharoit yaratadi.
Ushbu adabiyotlarning taxlili shuni ko‘rsatadiki, ma’naviyatni o‘rgatish jarayonidagi, aynan mustaqil ishni tashkil etish nazariy asoslari, uslubiyot tizimi ushbu maqsadga erishish uchun bugungi kunda to‘liq, kerakli darajada ishlab chikishni talab etadi.
Ma’naviyat asoslari darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish mohiyati va uning masala hal etishda jarayonida rivojlanish darajasi noaniq bo‘lib qolmoqda. Mustaqil ishning qanday elementlari ta’limning mazmuni, uslubi va tashkiliy shakllariga, aynan masala qo‘yilishiga ko‘proq muxim ta’sir ko‘rsatishi haqida didaktika to‘ liq ma’ lumotlarga ega emas.
Buning uchun ma’naviyat asoslari darslarida mustaqil ishni tashkil etish yo‘llari va shartlarini aniqlash, tanlanishi va aniq uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Talabalarning mastaqil ishni tashkil etish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o‘rganiladigan ishning xususiyatlari va qonuniyatlarini bilish kerak.
Talabalardagi mustaqil ishlash ularning bilimlarning haqiqiy hayotdan, aksincha hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganish imkon yaratadi.
Mustaqil ishni rivojlantirish bilan bo‘lgan barcha yo‘nalishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda.
Birinchi yo‘nalishda mustaqil ishning turli tashqi ko‘rinishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflandi. SHu nuqtai nazardan muommolarning o‘rganilishiga ko‘p olimlarning ishlari bag‘ishlangan.
Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar ijodiy ishning mexanizmi, o‘ziga xos xusisiyatlarini o‘rganish va tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda, mustaqil ishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy ishning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga xarakat qilingan.
Ma’naviyat asoslarni o‘rganishda talaba (o‘kuvchi)larda mustaqil ishni uslubiyoti ishlab chiqilganligi keng foydalinsa, talaba(o‘ quvchi)larda chuqurroq mustaqil ish, mustaqillik, tanqiydilik kabi ish xususiyatlari tarbiyalashga imkon yaratadi. L.S.V’goodskiydan keyin psixolog va didikatlarning ko‘pchiligi o‘rgatish-rivojlanish manbasi, talaba(o‘kuvchi)larning bilimi va bilishi - ularning rivojlanishi uchun muxim shartlaridan biridir dab xisoblaydilar. Bunda o‘qitish jarayonida «yaqindan rivojlantirish maydoni»ni ko‘zda tutish muximdir, ya’ni talaba(o‘quvchi)larning egallagan ma’naviy rivojlanishi darajasini etiborga olish va ularni keyingi engilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L.S.V’goodskiy ikki ko‘rsatgichdan foydalinishni tavsiya etadi:
1)bolaning yangi bilimlarini kattalar yordamida egallashi;
2)boladagi o‘ zlashtirilgan bilimlarni mustaqil echimga ko‘ llash, tadbiq etish qobiliyati.
V’goodskiyning takliflarini amaliyotida qo‘llaganda o‘qituvchi:

  1. talaba (o‘quvchi)larga vujudga kelgan muammoni echilishini ko‘rsatib, xuddi shunga o‘xshash vujudga kelgan muammoni o‘zlariga xal etish uchun beradi;

  2. vujudga kelgan muammoni o‘quvchi tezda tugatish tavsiya etadi;

v) murakkabroq xolatlarni hal etish talaba (o‘ quvchi)larga tavsiya etadi
g) vujudga kelgan muammoning echilish prinsipini tushuntiradi, yordamchi savollar beradi, muammollar qo‘yadi, bundan tashqari vujudga kelgan muammoni hal etish jarayonida «yaqindan rivojlantirish maydoni»ni aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Haqiqatdan xam talaba (o‘quvchi)larda mustaqil ishni rivojlantirish uchun tavsiya etilayotgan masala o‘zining mazmuniga bog‘liq.
O‘quvchi mustaqil ishining eng ishonchli ko‘rsatkichi-uning ta’limiyligi, ya’ni o‘quvchining bilimlarni o‘zlashtirishning umumiy qobiliyatidir deb hisoblaydi. Ta’limiylikning asosi, uning asosiy tashkil etuvchisi -ta’limiylikning boshqa parametrlarini yuqori darajada aniqlab boradigan fikriy faoliyatning umumiylashtirilishidir.
SHuni alohida qayd etish lozimki ruxshunoslarning fikricha, har qanday ish unga talab paydo bo‘lgandagina xizmat qiladi.
Mustaqil ishning ijodiy xususiyatlari taxlil qilinayotganda talaba (o‘quvchi)lardagi ma’naviy rivojlanishiga tashxis qo‘yishda, bizning nazariyamizda, talaba (o‘quvchi)lar quyidagi xususiyatlarga ega yoki yo‘qligini aniqlab olishimiz muximdir. Bular: teranlik, elastiklik, mustaqillik, ishning faolligi, tanqidiylik va turlilik, umumiylik, ratsionallikdir. Bunday xususiyatlar o‘quvchilarda faqatgina ma’naviyat asoslari bo‘yicha emas, balki ma’naviy poydevorga yaqin bo‘lgan fanlardan ham o‘rganish sifatini oshiradigan didaktik ahamiyatga egadir.
Didaktlar o‘zlarining izlanishlarida ta’lim olish jarayonini mustaqil ishni rivojlanishi muammolarining ta’limiy uslublari bilan bog‘lanishi e’tiborda muximdir.
Talabalarda mustaqil ishni tashkil etishda talaba (o‘quvchi)ga alohida yaqindan yondashish sezilarli ahamiyatga egadir. O‘qituvchi sinf bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham egadir. Talabalarning faoliyati uchun bir hil sharoit yaratilganligi sababli va vazifani bajarish imkoniyatlari talaba (o‘quvchi)larda har xil bo‘lganligi uchun materialning o‘zlashtirilishi ham har hil bo‘ladi (turli chuqurligi, to‘liqligi va ravshanligi turli bo‘ladi). Frontal yondashish talaba (o‘quvchi)larning axborot xazinasini to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qizikishlarga, qobiliyatlariga va layoqatlariga ega.
Mustaqil ishni tashkil etishning asosiy sharti -bu ma’naviy bilimlarni hamda faoliyat uslublarini (amaliy faoliyat fondi) anglash va to‘g‘ridan - to‘g‘ri egallanishidir.
Mustaqil ishni tashkil etishga qaratilgan ta’ limni tashkil qilishning muxim sharti faoliyatga tegishli bo‘lgan mustaqil ishni rivojlantirishga ko‘mak beradi.
Talabalarda mustaqil ishni tashkil etish uchun avvalambor shaxsni faoliyatga jalb qilish muximdir. Ushbu faoliyat noaniq muammoga, karama-qarshilik bo‘lish yoki bo‘lmasligi shartlanmagan muammoga ega bo‘lishi muxim, ya’ni muammo atrofida turli bilim beruvchi faoliyatni tashkil qilish lozimdir.
Talaba - o‘quvchilarning mustaqil ishni tashkil etish muammosining amaliyotidagi holati. Ilmiy - uslubiy adabiyot tahlili shuni ko‘rsatadiki, ma’naviy uslubchilar o‘quvchining mustaqil ish elementlarining turli rivojlanish yo‘llarini ko‘rmoqdalar. Talabalarning ma’naviyat asoslari fanidan ijodiy ishni rivojlantirishda o‘qitishning evristik uslublari (kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish, o‘xshatish, eksperiment) yordam qiladi.
Maktabdagi talaba (o‘quvchi)lar bilan bo‘lgan ish amaliyotda vujudga kelgan muammoni hal etishni o‘rgatishdak bir qator muammolarga duch kelishmoqda.
SHuning uchun xam o‘quvchilarda mustaqil ishni tashkil etish yo‘llari, shakllari va uslublari muammosi ma’naviyat uslubiyotida muhim va amaliy muammo bo‘lib kelmoqda. Bilish dialektikasi ijodiyot dialektikasi bilan birgalikda o‘zining xar bir poyasida, uning har bir qismi -bu rivojlanish va xarakatlanishning umumiy qonunlariga muvofiq bajariladigan jarayon, nafaqat tashqi dunyoda, balki bizning ishimizda ham mavjud.
Gnedenko o‘z ishlarida ma’naviy qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi: «Oddiy boshlang‘ich qobiliyat» (ushbu qobiliyat maktab kursini o‘zlashtirish uchun etarli bo‘lgan) va «O‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat», ya’ni ma’naviy bilimlarni osonlikcha egallashda muammolarning orginal echimini topishda namoyon bo‘ ladigan qobiliyatdir.
Ma’naviyat asoslarini o‘rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:

  1. Talabalarda o‘qishga bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini tashkil etish;

  2. O‘qish jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatni tarbiyalash;

  3. O‘z kuchiga, qobiliyatiga bo‘ ladigan ishonchni tarbiyalash;

4.«SHaxs ma’naviyatini keyingi ishlar uchun poydevor» ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.
5.V.Gnedenko ijodiy qobiliyatlarni aniqlash qiyinligini va ularning namoyon bo‘lish shakllari
turliligini e’tiborga olib, o‘z ichiga qobiliyatlari va qiziqishning shaxsiy xususiyatlarini olgan xolda ma’naviy ijodni namoyon qiladigan misollarni keltiradi.
Biri oldindan olingan natijalarda umumiylikni topib ularning qo‘llanish maydonini kengaytirsa, boshqalari ularni o‘rganish uchun yangi axborotlarni topishni bildiradi, uchinchilari nazariyani mantiqiy takomillashtirishdan kuchlidir, to‘rtinchilari chuqur amaliy muammolarning echimini qidirishadi va topishadi. Ma’naviy rivojlanishda quyidagi komponentlarni ajratadi:

  1. keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;

  2. asosiyni tanlay bilish, asbtrakt ishni bilish;

V) aniq holatdan savolni ma’naviy ifodalashga o‘tishni bilish;
G) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘ lishni bilish;
D) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;
e) ma’naviy muammoni hal etishda toqat qilishni bilish, deduktiv ish ko‘nikmalarini xosil qilish;
Z) yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish.
Demak, ma’naviy qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular ma’naviyat asoslari ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon yaratadi.
Bilim va ko‘nikmalarini o‘rganuvchilarning ko‘pchiligi «bilish-bu ma’naviy masalada qo‘yilgan maqsadga muvaffaqqiyatli erishtiruvchi bilim va ko‘nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir».
«Bilish»ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko‘rilmoqda. «Ko‘nikma» ushbu ishda o‘quvchining vujudga kelgan muammoni echishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko‘rsatilmoqda. Bilimni o‘zlashtirish hamda bilim va ko‘nikmalarning shakllanishi o‘rtasidagi bog‘lanish talaba (o‘quvchi)larning bilimlariga asoslangan bilim va konikmalarni egallashda ko‘rilmoqda. Ushbu ko‘nikma va bilimlar xisobida o‘quvchilarda yangi bilimlar o‘zlashtiriladi.
Ma’naviyat asoslarini o‘rganishda talaba (o‘quvchi)larda ilm, bilish, ko‘nikmalar tizimi ifodalanadi. Tushunchaning mazmunini o‘zlashtirish bilan birga o‘quvchilar tushunchaning ta’rifini, uning ifodalanish xususiyatlarini bilishlari, aniq isbotlarni keltirishni bilish, tushunchani masala echishdagi keyingi nazariy materiallarni o‘rganishda ishlatishni bilish, keltiruvchi tuzilmalar ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Biror bir narsani bajarishni bilish-bu o‘rgatishning asosiy natijasi deb ko‘rilishi lozim.
Ma’naviyat asoslari kursini o‘rganishda o‘quvchilar nimani o‘zlashtirishi haqida quyidagicha gapiradi. «Maktabdagi ma’naviyat asoslari kursi xaqida gapirganimizda ma’naviy aniqliklar, tushunchalar to‘plami, yig‘indisida ko‘nikmalar ko‘zda tutiladi».
Talaba (o‘quvchi) larda quyidagi ko‘nikmalar hosil qilish uchun batafsil metodologik dasturni bermoqda:
YUqorida keltirilgan bilimlar o‘quvchining ijodiy ishi asosida yotadi va bu bilimlarni talaba (o‘quvchi)larda maktabga qadam qo‘ygandan boshlab sistematik rivojlantirish lozimdir.
Mustaqil ishni tashkil etish jarayonida bilimlar: vujudga kelgan muammoning shartli va fikrlay borishni taxlil qilishni bilish; ushbu vujudga kelgan muammoni hal etish uchun muxim bilimlarning tanlashni bilish va vujudga kelgan muammoni echilishi jarayoni qanday tugashini oldindan kora bilish; vujudga kelgan muammoni hal etishda farazlarni ko‘rsatishni bilish, tuzishni bilish; muloxazalarning umumlashtirishning bilish, kelib chiqadigan xulosalarni talqin kila bilish kabi muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Ma’naviyat asoslarining o‘rgatishda ilm, bilim va ko‘nikma o‘zaro chambarchas bog‘langandir. Demak vujudga kelgan muammoni hal etishni bilish - bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligidan dalolat beradi va aksincha, vujudga kelgan muammoni hal etishni bilish uchun o‘quvchi o‘rganilgan materialning mazmunini o‘zlashtirishi lozim. Ilm va bilim o‘rtasida ikki tomonlama bog‘lanish shundan darak beradiki, o‘qitish natijalarining xar biri aloxida va birgalikda talaba(o‘quvchi)larda mustaqil ishni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu izlanishda ma’naviyat asoslaridan umumiy xarakterdagi ko‘nikmani tashkil etish muximdir. Ushbu qoida shunday ifodalanadi: bajarish uslubini bilish qobilyatiga asoslangan bilim, faoliyat maqsadiga erishish uchun eng natijali va unumlidir. Eng muximi o‘quvchi uchun unumli uslubni tanlab olinishi kerak. Bu mustaqil ishni tashkil etishda asosiy vositalardan biridir. Vujudga kelgan muammoni hal etish jarayonida talaba ijodiy yuksalishini, o‘zining aqliy mexnatidan chuqur mamnunligini sezadi. Talaba vujudga kelgan muammoni hal etish jarayonida aniqlikdan noaniqlikka sodda bog‘lanishdan murakkablikka muvoffaqiyatli o‘tadi. Ma’naviyat asoslarining o‘rganishda aniq tushunchalarning qo‘llash jarayonidan unumli foydalanish, bir qator shartlarga bog‘liq. Birinchidan, o‘quvchi oldin egallagan ilm, bilim va ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo‘lishlari muximdir. Ikkinchidan, kategoriyalar bog‘lanish mazmunlari ketma-ketlikda bo‘lishi shartdir. Uchinchidan, o‘quvchi jarayonni o‘rganib kelib chiqadigan xulosalarni qilishni bilishi shart. Ushbu vazifalarning bajarilishi o‘quvchining bilim xajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Mustaqil ishni tashkil etishning quyidagi 4 ta xususiyati aniqlanadi: A) bilim va ko‘nikmalarning mustaqil ravishda yangi xolatga ko‘chishi;

  1. ma’lum xolatda yangi muammoni ko‘rish; V) yangi xolatdagi faoliyat uslublarini mustaqil mujassamlashtirish; G) qo‘yilgan muammoni mustaqil xal etish uslubni ko‘rish; D) yangi uslubni tuzish; e) ma’lum uslublarni mujassamlashtirish. Demak, «Talabalarning mustaqil ishni tashkil etish muammosining psixolog-pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotidagi nazariy asoslari»ni o‘rganib chiqish jarayonida talaba (o‘quvchi)larni mustaqil ishni tashkil etish buyicha psixolog-pedagogik va uslubiy asoslari bayon etish ushbu muammo holatining aniqlanishi, ma’naviyat asoslari fanidan mustaqil ishni rivojlantirishni topshiriqlar o‘rni va ahamiyati xaqidagi fikrlarning bayoni natijadir. Talabalarning mustaqil ishni tashkil etish va ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, qiziqarli muammolarni tanlashga alohida e’tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan mavzu aniq bir sistemani tashkil qilishligi, o‘ziga xos tanlash usuliga va o‘qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlangan mavzular sistemasi ma’lum metodik talablarni qanoatlantirishi kerak: barcha tanlangan mavzular sistemasi, shuningdek xar bir vujudga kelgan muammoning aniq didaktik maqsadni aniqlash; murakkablashishning ketma-ketligi; tanlangan mavzular boy material va katta imkoniyatlar beradi.


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin