Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə35/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.«Ta’lim jarayonining gumanitar texnologiyasi»
2.Didaktik maqsad, talab etilgan o‘zgarish darajasiga erishish.
3.Mafkuraviy tarbiyaning natijasi o‘laroq, yoshlar ijtimoiy ongi, dunyoqarashi, hatti-harakati va xarakterida namoyon bo‘lish jarayonini oldindan loyihalashtirish.
4.Pedagogik texnologiya?
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2015.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2017.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002.

6 .P.Bakirov “Milliy g‘oya targ‘ibotida o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish”- T., 2007
7. E.YUsupov “Ma’naviy kamolot omillari”- T., 1996 96 bet


22 - mavzu. «Ma’naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydlanish» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Bugungi kunda pedagogiga qo‘yiladigan asosiy talablar

2.Bilim nima va uni qanday baholash

  1. .Zamonaviy ta’ limda keng qo‘ llanayotgan interfaol metodlar

Tayanch tushuncha va iboralar:
Ta’limga yangicha yondashuv, tanqidiy fikrlash, moduli o‘qitish, o‘qitish texnologiyasida ilmiylik va aniqlik, texnologiya-metodika
1-asosiy savol:
Hozirgi vaqtda ta’ lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘ qitish va ta’ lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baxolashni o‘zaro aloqada va bir- biri bilan bog‘liklikda loyihalash ko‘pincha an’anaviy o‘quv jarayonida etishmaydigan narsadir.
O‘quv mehnati esa boshqa mehnat turlari kabi o‘ziga xos bilim, ko‘nikma va malakalarning shaxsda shakllanishini talab qiladi, buning uchun esa iroda, diqqat, kuzatuvchanlik, fikr yuritish hayol kabi shaxsiy sifatlarning tarbiyalanganligi zarur.
Metodist - o‘qituvchi ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni to‘xtovsiz tahlil qilish xamda qo‘llaniladigan metodlarning nechog‘li mosligiga to‘g‘ri baqo berish tamoyillarini belgilashi va olinishi zarur bo‘lgan ta’lim natijasini anglay va ifodalay olishi lozim. Mana shu qoidalarga asoslanib ta’lim jarayoni samarali bo‘lishini ta’minlaydigan texnologiya yangi pedagogik texnologiya hisoblanadi.
YAngi pedagogik texnologiya haqida bir qator adabiyotlar bilan tanishish va uni o‘z o‘qituvchilik faoliyatimizda qo‘llash natijasida yangi pedagogik texnologiyalarning hozirgi vaqtdagi tamoyillarini bir qator qo‘ shimchalari bilan quyidagicha belgiladik:

  1. Muayyan darsdan kutilgan asosiy maqsadlarni aniqlash;

  2. Mavzuni va uning ichidagi xar bir masalani modullarga ajratish, ya’ni loyixalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash;

  3. Modullar ichida echiladigan masalalar bo‘yicha test savollarini tuzish

  4. Metodlarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta’lim metodlari); metodikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o‘quv jarayonining o‘zagi, ko‘zlangan maqsad va pirovrd natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar.

Endi mana shu pedagogik texnologiyani “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmetining aniq mavzularini qo‘llash haqida fikr yuritamiz. O‘quv dasturi va qo‘llanmasidagi birincha mavzu “Ma’naviyat asoslari” fanining premeti, ta’rifi va tarkibiy qismlari” deb ataladi.
Pedagogik texnologiya tamoyillarining birinchisi, muayyan dars mavzusi kutilgan asosiy maqsadni aniqlab olish bo‘lganligi tufayli, bu mavzuning umumiy maqsadini quyidagicha belgiladik: mavzu o‘quv predmetining nazariy asoslarini ochib berishga yo‘naltirilganligi uchun, bu predmetni egallashning dolzarbligi, ma’naviyat tushunchasining mohiyati, uni shakllanish bosqichlari va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan “ma’rifat”, “madaniyat” tushunchalarining mohiyat va mazmunini ochib berish, kursni o‘ zlashtirish metodlarini tushuntirish, shuningdek bu ta’ limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad xam borki, uning o‘zagida barkamol inson turadi.
Demak ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi o‘kuvchi shaxsi ustivorligini ta’minlash asosiy vazifadir. SHu bilan birga o‘quvchilarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bilimli, erkin mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, insonparvar shaxs qilib etishtirish asosiy maqsaddir.
Darsga oid jixozlar:

  1. Dunyo xaritasi

  2. O‘zbekiston xaritasi

  3. Lug‘atlar ( tushunchalarning izoxlari)

  4. Dastur va o‘quv qo‘llanmasi

  5. Qo‘shimcha adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar, kodoskop, multimedia

  6. Plakat va markerlar

Darsning tuzilishi:

  1. Tashkiliy daqiqa

  2. Topshiriqlarni bajarish vaqti

  3. Savol- javoblar, izohlar

  4. Baxs - munozara

  5. YAkunlash

Izoh: Dars birinchi mashg‘ulot bo‘lganligi sababli o‘qituvchi tayyorlagan kartochkalarni o‘kuvchilarga oldindan berib ko‘yadi. Topshiriq va vazifalarni belgilaydi. Kerakli adabiyotlardan qanday foydalanishni tushuntiradi. O‘kuvchilarni erkin fikrlashga da’vat etadi. Darsni o‘tishda interfaol metodlardan foydalaniladi.
Sinf taxtasiga quyidagi so‘zlar yozib ko‘yiladi:
“Erkin fukaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o‘z xaq- huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea - hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalk manfaatlari bilan uyg‘un xolda ko‘radigan erkin, xar jixatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak” Islom Karimov
Pedagogik texnologiyaning ikkinchi tamoyili umumiy maqsaddan kelib chiqib, mavzuni modullarga ajratish va ularning har birining maqsadlarini hamda modullar ichida hal qilinishi shart bo‘lgan masalalar tizimini aniqlash, ya’ni loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurlarini tanlashdir. Modullashgan pedagogik texnologiyaning xarakterli qirralaridan biri ta’ lim mazmunini tartibga solishdan iborat bo‘lib, bunda barcha axborotlardan bevosita davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilar faoliyatini etarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash lozim.
Modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha modulni olishiga qarab, tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.
Modullashgan pedagogik texnologiyani loyixalashgan bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirishi mumkin. Birinchi yo‘nalishda o‘quv predmeti bo‘limlari va mavzulari mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. So‘ngra ajratilgan har bir modul bo‘yicha shu modulning o‘ziga taalluqli bo‘lgan faoliyatning mazmuni va ta’ sir doirasi aniqlanadi va shu asosda modullashgan texnologiyaning maqsadi belgilanadi.
Ikkinchidan, o‘quv predmeti mavzularining ayrim qismlari modullarga ajratiladi. Mazkur darsning birinchi moduli “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmetini o‘rganishga ijtimoiy buyurtma mavjudligini hamda uning bilimlarini egallashga ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy zaruriyat borligini ilmiy asoslab berishga qaratilgan. Bunga 15 minut vaqt ajratiladi. Bu qismning maqsadi talabalarda “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmetiga qiziqish uyg‘otib, ularda bu fanni o‘rganishga ehtiyoj shakllantirishdir. Bu qismda quyidagi ikki savolga javob berish ko‘zda tutilgan:

  1. mustakillikka erishgan davlatning milliy ma’naviyatga bo‘lgan talabini mavjudligi;

  2. ma’naviy boy bo‘lishning ijtimoiy ahamiyati, siyosiy zarurligi va iqtisodiy yutuqlari.

Ikkinchi modulda “Ma’naviyat” tushunchasining mazmun va mohiyatini ochib berishlik maqsad qilib olinganligi tufayli, unga 40 minut vaqt ajratilib, unda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan quyidagi sakkizta masalani hal qilish rejalashtirilgan.
Birinchisi ushbu fanning predmeti nima ekanligini ko‘rsatib berish.
Ikkinchisi “Ma’naviyat” tushunchasi ta’rifini ilmiy asoslab berish.
Uchinchisi “Ma’rifat va “Madaniyat” tushunchalarining ma’no va mazmunini izohlab berish.
To‘rtinchisi kursni o‘rganish metodlarini aniqlab berish.
Beshinchisi jamiyat va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqasini ilmiy asoslab berish.
Oltinchisi ma’naviyatning tarkibiy qismlarini ko‘rsatib berish.
ettinchisi qadriyatlarning nima ekanligini tushuntirib berish.
Sakkizinchisi ma’naviyat haqida Respublikamizda qanday farmon va qarorlar chiqqan.
Uchinchi modulga 10 minut vaqt ajratilib, unda mazkur darsni xulosalash hamda savollarga javob berishdek maqsad qo‘yilgan. Ko‘rib turganimizdek bu qismda ikkita xulosalash va savollarga javob berish kabi masalalarni echish talab qilinadi.
To‘rtinchi modul o‘quvchilarni baholash bo‘lib, unga ham 10 minut vaqt ajratilgan. Bu qismning maqsadi, o‘tilgan darsni mustahkamlash bo‘lgani uchun mavzu ustidan tuzilgan quyidagi 13 savolni talabalarga berib, javobini ballarga aylantirib, reytingini jurnalda qayd qilib qo‘yish.
Beshinchi modul uyga vazifa deb atalgan bo‘lib, unga 5 minut vaqt beriladi. Ushbu vaqtda o‘qituvchi o‘quvchilar uyda bajaradigan ishlarni aytib, ularni bajarish yo‘l yo‘riqlari ko‘rsatiladi, uyga vazifa yuzasidan savollar bo‘lsa, ularga ham javob beradi. SHunday qilib 5 ta modulga 80 minut vaqt ketadi.
Pedagogik texnologiyaning uchinchi tamoyili savollarini tuzishdir. Bizning mavzu 5 ta moduldan tashkil topib, birinchisida 2 ta, ikkinchisida 8 ta uchinchisida 1 ta masalani echish rejalashtirildi. To‘rtinchi va beshinchi modullar ustidan test savollari tuzilmaganligi uchun, oldingi uchta modulning har bir masalasiga bitta yoki ikkita test savollari tuzdik. Ular 15 ta bo‘lib quyidagilar:

  1. Mustaqil O‘zbekiston davlatida yuksak ma’naviyatli fuqarolarga ehtiyoj bormi?

2.O‘zbekistonga ma’naviyati yuksak kishilarga ijtimoiy buyurtma mavjudligining sababi nimada?

  1. Ma’naviy boy bo‘lishning ijtimoiy axamiyati nimadan iborat?

  2. Ma’naviy boy bo‘lishning siyosiy zarurligi nimada?

  3. Ma’naviy boy bo‘lishning iqtisodiy samarasi

  4. “Ma’naviyat asoslari” fanining predmeti nima?

  5. Ma’naviyat tushunchasining ta’rifini aniklang.

  6. Madaniyat nima?

  7. Ma’rifat nima

  8. “Ma’naviyat” ning asosiy tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  1. Islom Karimovning “O‘zbekistonnning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida mamlakatimizning yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanishini izoxlang

12.I.Karimovning «YUksak ma’naviyat - engilmas kuch» asaridagi milliy ma’naviyatimizga rahna soluvchi tahdidlarni asl mazmunini tushuntirib bering.

  1. Ozbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosiga nimalar kiradi?

  2. Ma’naviyatli bo‘lishning nima keragi bor?

  3. Ma’naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi?

  4. Ma’naviyatni rivojlantirish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qanday farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qanday qarorlarini bilasiz?

Pedagogik texnologiyaning navbatdagi to‘rtinchi tamoyili maqsadlar aniq bo‘lib, test savollari tuzilgandan keyin, maqsadga etish metodlari tanlanib, uning maqsadga muvofiqligini aniqlash va joylarini belgilab olishlikdir.
Ta’lim tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv paytida, avval aytib o‘tganimizdek, majmualar nazariyasiga binoan o‘rganilayotgan bir butun ob’ekt ( narsa yoki xodisa) ni tashkil qiluvchi bo‘laklar orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratiladi. Maqsadga etish metodlarini tanlashda mana shu tamoyildan kelib chiqib mavzudagi maqsadga erishish uchun quyidagi usullarni aniqladik. Bularga izlanuvchanlik - tadqiqotchilik usullari qatorida, tushuntirish - illyustrativ usullar ham kiradi. Maqsadga erishish usullarining joylari ham chora tadbirlarining batafsil bayonini pedagogik tehnologiya zaminida yaratilgan darsning loyihasini berganda keltiramiz.
SHu bilan 80 minutlik o‘quv soati uchun pedagogik texnologiya asosida olib boriladigan darsning nazariy loyihasi tuzildi. Quyida shu texnologiya bo‘yicha birinchi mavzuning dars loyixasi keltiriladi.
“Ma’naviyat asoslari” fanining predmeti, ta’rifi hamda tarkibiy qismlari” mavzusidagi 80 minutlik darsning loyixasi.
Modullar nomi va tartib raqami.

  1. “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmetini o‘rganishga ijtimoiy buyurtma sifatida qarash xamda bu bilimlarni egallashning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahamiyati.

  2. Ma’naviyat va u bilan bog‘liq tushunchalarning mohiyati, tarkibiy qismlari va shakllanish bosqichlari, kursni o‘rganish metodlari, jamiyat va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqasi, ya’ni topshiriqlarni bajarish.

  3. Xulosa

  4. Baholash

  5. Uyga vazifa

1-modulga metodik tavsiya: ushbu modulni tushuntirishda, asosan informatsion retseptiv usuldan foydalaniladi. “ Aqliy xujum” natijasida oldingi olgan bilimlar esga tushiriladi. SHuningdek talabalarni yanada faollashtirish maqsadida savollar berish yo‘li bilan muammoli vaziyatlarni keltirib chiqariladi, ularning erkin fikrlashlariga yo‘l ochib beriladi. Bu bilan birga xususiy qidirish, muammoli bayon va yarim tadqiqotchilik usullari ishga tushgan bo‘ladi.
Mazkur modulni falsafiyligi, rasmiy xujjatlarga tayanishi, uni murakkablashtirib, unda ko‘rgazmali qurol talab qiladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy g‘oyasi har bir narsa va hodisalarni tushuntirishda, uni uzviylikda olib borish, ya’ni majmuaviy yondashuv tamoyillari asosida o‘quv materialini tushuntirib berish ekan, undagi maxsus tushunchalarni sinf taxtasi yoki kodoskopning tiniq plyonkasiga tushirib, ularning orasidagi uzviylikni vektor chiziqlari orqali ko‘rsatib bersa maqsadga muofiq bo‘ladi.

  1. - modulda hal qilinishi shart bo‘ lgan savollar.

  1. Mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda milliy ma’naviyatga bo‘lgan extiyojni mavjudligi.

  2. Ma’naviy boy bo‘lishlikning ijtimoiy ahamiyati, siyosiy zarurligi va iqtisodiy yutug‘i.

Darsning matni
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi demokratik tamoyillarni tola qaror toptirish uchun jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub sifat o‘zgarishlari amalga oshirilayotganligi bilan belgilanmoqda. Bu ulkan vazifani hal etish fuqarolarimiz aqliy faolligini oshirib borish va ma’naviyatini qaror toptirish bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir
Demokratik jamiyat qurish uchun jamiyat ma’naviy hayotini malum darajada o‘zlashtirib, uni takomillashtirish lozimdir. Odamlarning ma’naviyat, marifat, madaniyat, siyosat va boshqa bir qator tushunchalar hamda ilm fan to‘g‘risidagi tasavvurlami nechog‘lik darajada ilmiy ekanligi, to‘g‘ri nazariy negizga qo‘yilganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu murakkab vazifani hal etish malum ma’noda “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmetiga yuklatilgan. SHuningdek, bu predmetning “shu mo‘‘tabar zaminda tavallud topgan va tarbiya topgan shaxs, o‘ zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o‘ z davlati, o‘z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga etkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak” degan aqidani o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim.
YOsh avlodni zamon talablariga mos darajada etuk va raqobatbardosh mutaxassis qilib etishtirishda ma’naviyatning ahamiyatini hisobga olib, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida 1996 yil 9 sentyabrda chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Farmonidan kelib chiqib, O‘zbekistonning barcha o‘rta maxsus, kasb xunar va oliy o‘quv yurtlarida 1997 yildan boshlab “Ma’naviyat asoslari” o‘quv predmeti o‘qitila boshlandi.
Ko‘rib turganimizdek, erkin kishi bo‘lish uchun uning ma’naviyati yuqori bo‘lishi kerak. Buning uchun esa har bir kishi o‘z ma’naviyatini takomili ustida tinmay ishlashi shart. Bugundan boshlab sizlarga o‘qitiladigan “Ma’naviyat asoslari” o‘quv premetidagi bilimlar kishini o‘z ustida ishlash sirlarini ochib beradi, ya’ni ma’naviy barkamol bo‘lishingizga ilmiy jixatdan yo‘l ko‘rsatib beradi.
Ma’naviy barkamol inson bo‘lishlikning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahamiyati ham katta. Ijtimoiy ahamiyati odamlarning egallagan bilimlari amaliy faoliyatida takrorlanaverib, uning ko‘nikmasiga, song malakasiga va hayot tarziga aylangandan keyin, kishining ijtimoiy quvvati oshadi. Ijtimoiy quvvati yuqori odamni jamiyat ichida obro‘yi baland hamda iymoni mustahkam bo‘ladi.
Siyosiy axamiyati kishi hayoti davomida diniy, axloq-odob, tabiiy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa turdagi bilimlarni egallab, ularni ruhiga singdirib olgandan keyin siyosiy quvvati oshib, o‘zini ruxan kuchli his qiladi. O‘zini ruxan kuchli his qilgan va aqliy quvvatiga ishongan kishi erkin bo‘ladi va boshqalarning shu jumladan boshqaruvchilarning tazyiqiga qarshi tura oladi.
Iqtisodiy samarasi birinchidan, kishi egallangan xaqiqiy bilimlarni, shu jumladan iqtisodiyotdan, olgan bilimlarini mehnat faoliyatida qo‘llashi natijasida, uning mexnat samarasi oshadi.
Ikkinchidan, ko‘p bilgan va shu bilimlarni xayoti davomida moxirona ishlata oladigan kishi hech qachon yanglishmaydi. Bu esa uni xar turli shu jumladan iqtisodiy bo‘xronlardan saqlaydi.
Uchinchidan, ma’naviyati yuqori odamning moddiy boylikka bo‘lgan extiyoji jilovlangan bo‘ladi. Bu esa ortiqcha harajatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Unday kishi tejamkor bo‘ladi.
YUqorida aytilganlarni anglab etgan bo‘lsangiz, ma’naviyatingizni tinmay oshirib borishga jazm qildingizmi? Unday bo‘lsa yaxshi! Darsimizni ushbu qismida tushunmagan savollaringiz bormi? Ma’naviyatni o‘zi nima deysizmi? Juda to‘g‘ri va vaqtida berilgan savol. Darsimizning navbatdagi qismi aynan mana shu savolga javob berishga yo‘naltirilgan.

  1. - modulga metodik tavsiya. Ikkinchi, ya’ni asosiy modulni tushuntirishda xususiy qidirish hamda yarim tadqiqotchilik va muammoli bayon usullaridan foydalaniladi. SHuningdek tushuntirish - illyustrtiv usuldan xam joyi kelganda foydalaniladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib, ularni erkin, mustaqil fikrlashga undashi, savollar echimini aytayotganda yoki o‘quvchilar fikrini etaklayotganda, yoshlar hayotidan jonli misollardan foydalanish yaxshi ma’rifiy samara beradi. Har bir tushunchaga izoh berishda yoki murakkab ta’ riflarni keltirib chiqishda albatta ilmiylikka, mantiq qoidalariga rioya qilib tushuntirish kerak. Bu erda o‘quvchilar ko‘proq ishlatishi, ularning mustaqil fikrlashlari uchun sinfni to‘rtta guruxga bo‘lib o‘zaro musobaqa tarzida savollarga javob qidirishi mumkin. Savollar o‘quvchilarga qog‘ozga yozib tarqatiladi yoki sinf taxtasiga yozib qo‘yiladi. Eslatib qo‘yishimiz joizki, darsni boshdan oyoq majmuaviy yondashuv tamoyilining qoidalariga bo‘ysungan holda olib borilishi shart. CHunki bu erda beshinchi tamoyil, olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish, ya’ni maqsadni amalga oshirilishiga erishish tamoyili ishlaydi. Aks xolda pedagogik texnologiya o‘z moxiyatini yo‘qotadi. Buning uchun majmuaviy yondashuv tamoyillarini o‘qituvchining o‘zi yaxshi egallagan bo‘lishi kerak. Uni bilib olish uchun B.Ziyomuxammedovning Abu Ali Ibn Sino nomli tibbiyot nashriyotidan 1999 yil chikkan “Ilm xikmati” kitobidan foydalansa bo‘ladi. (45)

  1. modulda echiladigan savollar:

  1. Ma’naviyat asoslari fanining predmeti nima?

  2. Ma’naviyat tushunchasining to‘liq ta’rifini keltiring

  3. Ma’naviyat so‘zining mazmun - moxiyati?

  4. Madaniyat so‘zining ma’no va mazmuni?

  5. Ma’naviyatning asosiy tarkibiy kismlari?

  6. Jamiyat va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqadorligi qanday?

  7. Qadriyatlar nima?

8.Mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirish haqida qanday Farmonlar va qarorlar chiqqan. Ularning moxiyati?
Birinchi savolga o‘quvchilarning erkin mustaqil javoblari umumlashtirilib, “Ma’naviyat asoslari” fanining predmeti, jamiyat inson va ma’naviyat o‘rtasidagi munosabatlarni, shuningdek ma’naviyatni shakllanishi, rivojlanishi, kishilar faoliyatini yo‘naltirib turishi vositasiga aylantirish sabablarini o‘rganishdan iborat deb izoxlanadi.
Ikkinchi savolni yoritishda o‘qituvchi: qani aytinglarchi ma’naviyat o‘zi nima? Dadilrok. Kim javob beradi? Faolrok qatnashinglar. YAnglish aytib qo‘yaman deb uyalmanglar. Bu savol ancha murakkab. Unga shu kunda etuk olimlar xam to‘liq javob berishga qiynalmokdalar. Biroq biz birgalikda bu savolga javob topishimiz kerak. Topamiz xam. Qani javob bering. YAxshi - yaxshi, juda yaxshi. Sinf taxtasiga yozaman. Savolga quyidagichi javoblar tushdi. Birinchisi, ma’naviyat bu “axloq”, ikkinchisi, ma’naviyat bu “aqllilik”, uchinchisi ma’naviyat bu “bilimlilik”. Javoblarning barchasi umuman noto‘g‘ri emas, ammo to‘liq xam emas bu tabiiy hol. Sizlar murakkab bu tushunchaning u yoki bu tomoni, ya’ni xususiyatlarini aytdingiz, xolos.
Diqqat, ma’naviyat tashunchasiga ta’rifni birgalikda tuzamiz. Buning uchun men sizning fikringizni quyidagilarga qaratishingizni so‘rayman. Sizlar esa, faol fikr yuritib, mening savollarimga so‘zlarimga e’tibor bering. Kelishdikmi? Juda yaxshi! Boshladik. Bu tushunchaga ta’rifni tuzish uchun bir qator mayda ammo muhim savollarga javob topishimiz kerak.
Jumladan: Ma’naviyat tushunchasi o‘zi kimga tegishli? Qani? Juda to‘g‘ri javob. Ma’naviyat faqat inson va insoniyat ma’naviyatiga tegishli tushuncha. Insonni boshqa mavjudotlardan farqi nimada? To‘g‘ri ma’naviyatida. Ammo ma’naviyat bu hosila. U nimaning hosilasi? Juda to‘g‘ri aqlning hosilasi. SHuning uchun qadimgi allomalar insonni lotincha nomini “Homasapiens” deb qo‘yganlar, ya’ni “aqlli jonzod”. Bunday qaraganda bu tushuncha to‘g‘riga o‘xshaydi. U malum darajada to‘g‘ri ham. Ammo, fikr yuritib ko‘raylik. hamma odamlarda aql bor, biri uni ko‘p ishlatadi, biri ozroq, biri uni mutlaqo ishlatmaydi. YUqoridagi ta’rifga qaraganda bularning barchasi aqlli jonzot. Aqlni ishlatsa ham, ishlatmasi ham. Bu adolatdan emas albatta 20 asrning 2 - yarmiga kelib, insonga berilgan bu tushuncha olimlarni qanoatlantirmay qo‘ydi. SHuning uchun ular uning boshqacha tushunchasini izlay boshladilar va topdilar. Qani, aytib beringchi, odam aqlni yuritish natijasida nima sodir bo‘ladi? Qani barakalla, juda to‘g‘ri, bilmaganini bilib oladi. Demak odam aqlini ishlatishi natijasida bilmaganini bilib olar ekan. Aqlni qancha ko‘p ishlatsa, kishining shuncha bilimi ko‘payib boraveradi. Aqlni ishlatmasachi, bilimsiz bo‘lib qolaveradi.
Inson boshqa mavjudotlardan o‘zining ijtimoiy moxiyati bilan ajralib turishini bildik. Ijtimoiy mohiyat negizini bilimlar tashkil qilib ularni foydali va foydasiz turlarga ajratish mumkin. Darxaqiqat, yolg‘on gapirish, o‘g‘rilik qilish, boshqalarni xaqorat qilish va shunga o‘xshash noma’qul ishlar xam xayotda uchraydi. Ammo ular foydasiz, ijtimoiy xayot uchun zararli bilimlardir. Jamiyat rivoji vatan ravnaqi uchun faqat foydali bilim xatti xarakat ijodiy faoliyat zarur.
Foydali bilimlarni egallashdan maqsad, avvalo o‘ziga, so ng yaqin kishilariga va butun jamiyatga naf keltirishdir. Muayyan bir foydali ishni kishi xayotida ko‘p marotaba bajaraverish natijasida, bu faoliyat uning ruxiga singib, ma’naviyatiga aylanib ketadi. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib ma’naviyat tushunchasiga quyidagi ta’rifni bersa bo‘ladi.
Ma’naviyat bu kishining egallagan foydali bilimlarini amaliy xayotida sinalaverib ko‘nikma va malaka darajalaridan o‘tgan va ruxiga singib , xayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy odatlar majmuasidir. Bu ta’rif o‘quv qo‘llanmasidagi ta’rif bilan solishtirilib to‘ldiriladi.
O‘quvchilarning erkin va mustaqil xarakatlari natijasida uch va to rt savollar orqali ma’rifat, madaniyat so‘zlarining ma’no va mohiyati aniqlanadi. Ma’rifat - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib bilish, bilim, ma’lumot, ilm, irfon ma’nolarini bersa, madaniyat esa shahar keng demakdir. Fransuz olimi

  1. Mol’ XX asr 60 yillari oxiriga kelib madaniyatning 250 dan ortiq ta’rifi yaratilganini ta’kidlaydi. O‘quvchilarga bu xaqda «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» ( qisqa izoxli tajribaviy lug‘at) kitobi bilan chuqurroq tanishish tavsiya etiladi.

Beshinchi savol ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo‘lib, bunga o‘quvchilar navbatma - navbat o‘z fikrlarini bildiradilar. O‘qituvchi din, fan, axlok, ma’naviy meros xamda qadriyatlar ma’naviyatning tarkibiy qismlari ekanligini va ularning moxiyati mazmunini o‘quvchilarning fikrlari asosida aniqlashtiradi.
Oltinchi savol jamiyat va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqadorligiga bag‘ishlangan bo‘lib insonning bugungi kunga qadar yaratgan jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini negizi uning ikkita asosiga modda va ruxga tayangan extiyojlar ekanligi ko‘rsatiladi. Bu erda o‘qituvchi o‘quvchilarning erkin javoblari va mustaqil fikrlarini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib beradi. Demak jamiyat va shaxs ma’naviyati bir - biri bilan uyg‘un, chambarchars bog‘liq ekan. Qaysi jamiyatda shaxs ma’naviyati yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti ham tez va shiddatli rivojlanadi.
Ettinchi savol qadriyatlarni ochib berishga qaratilgan. O‘quvchilar qo‘llanma va qo‘shimcha adabiyotlarga tayangan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ma’no mazmunini ayniqsa halqimizning tarbiyasiga ulkan hissa qo‘ shib kelgan diniy qadriyatlar mohiyatini tushuntiradilar.
Sakkizinchi savolda mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirish uchun qanday farmonlar va qarorlar chiqqani, ularning mohiyati aniqlab olinadi. Bu erda o‘quvchilar o‘quv qo‘llanmasining 22 betida keltirilgan materiallarga va shu bilan birgalikda bir qator qo‘shimcha manbalarga, ya’ni gazeta va jurnallarga e’tibor qaratadilar. Prezidentimizning Farmolarini mustaqil sharxlaydilar. O‘qituvchi ularni yo‘naltirib rag‘batlantirib turadi.
Demak, yukorida keltirilgan 8 ta savol mavzuning asosiy mazmunini tashkil etadi. YA’niki pedagogik texnologiyaning muxim sharti o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga xamda o‘z fikrlarini erkin mustaqil bayon qilishga o‘rgatishdir. YUrtboshimiz ta’kidlaganidek «Odam erkin fikrlaganda, erkin hayot kechirgandagina o‘zining bor saloxiyatini tola - to‘kis ro‘yobga chiqaradi, o‘z intilishlariga mos yo‘lni tanlab oladi. Fikri erkin odam u qaysi soxada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z hayotini o‘zi tashkil qilish, o‘z hayotini o‘zi himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi».
O‘qituvchi bu erda derejyorlik vazifasini bajaradi, ya’ni masalalarni hal qilishda o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib rag‘batlantirib turadi.

  1. - modul - Xulosa

Bugungi darsimizda xulosalab, shuni aytish mumkinki, xar bir inson o‘zi yashayotgan jamiyatning faol a’ zosi, xarakatlantiruvchi kuchi bo‘ lib, uning ijtimoiy mohiyatining takomili unda yig‘ ilgan bilimlar xajmi va ularni amaliyotda qanchalik ishlatib ko‘nikma va malaka hosil qilib ma’naviyatiga aylantirib ulgurganlik darajasi bilan belgilanar ekan. SHuning uchun uzluksiz bilim egallab ularni tinmay amaliyotda qo‘llab borish zarur. Aks xolda bilim ko‘p bo‘la turib, ma’naviyati past bo‘lishi mumkin. Unda kishilarning ruhi doimo azobda bo‘ladi. Garchi ular davlatmand bo‘lganda xam bu mutloq xaqiqat. Ollox o‘zining oyati kalimasida «Kim (faqat) shu hayotiy dunyoni va uning zebu - ziynatlarini istaydigan bo‘lsa ularga qilgan amallarining ajri mukofotini shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon ko‘rmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zzax o‘tidan o‘zga xech bir nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari bexuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir» (122. 148 2-sura, 15-16 oyatlar) Bu oyatlar ma’nosini chaqing. Bunda ko‘p xikmatlar bor.
Demak, jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lgan kishilar ma’naviyatini yuksaltirish masalasini xal qilishda « Ma’naviyat asoslari» fani muxim axamiyatga ega ekan. SHu sababli ushbu fanning predmeti, ma’naviyat tushunchasining to‘liq ta’rifi ma’rifat, madaniyat so‘zining ma’no va moxiyati, ma’naviyatning tarkibiy qismlari, jamiyat va shaxs ma’naviyati, qadriyatlar va Respublikamizda bu soxada qilinayotgan ishlar xaqida bilimlarga ega bo‘ldik. Bu erda oltinchi tamoyil ya’ni, ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash tamoyili ishga tushadi. O‘qituvchi darsni bir butun yaxlit xodisa sifatida ko‘radi va uning barcha mexanizmlarini ishlatishni ta’minlaydi.
Endigi vazifa ana shu bilimlarni ma’naviyatga aylantirish, ya’ni turmushda shunga amal qilishdan iboratdir.

  1. - modul. O‘quvchilarning bilimini baholash

O‘quvchilarning o‘tilgan darsdagi bilimlarni qaysi darajada egallab olganini aniqlash va sinf jadvaliga reyting ballarini tushurish maqsadida quyidagi so‘rov varaqasi tarqatiladi. O‘qituvchi ularni tarqatib chiqqach o‘quvchilar undagi savollarga javob beradilar va o‘qituvchiga qaytaradilar. Javob varaqasi qaytib kelmagan o‘quvchi baxolanmaydi. So‘rov varaqasi oldingi berilgan savolllarni o‘z ichiga olsada, birmuncha murakkabroq, o‘quvchini o‘ylaydigan va izlanishga majbur qiladigan shuningdek, sinfda baxs munozaraga sabab bo‘ladigan qilib tuziladi.
O‘quvchilardan savollar yig‘ib olingach, ularni o‘qituvchi umumlashtiradi va oldingi javoblarni hisobga olgan holda reyting ballarini qo‘yib chiqadi xamda ularga izoh beradi.

  1. - modul. Uyga vazifa

O‘ qituvchi darsning borishini umumlashtirib yakunlar ekan yul qo‘ yilgan kamchiliklarni ko‘ rsatadi va o‘quvchilarga shu tarzda murojaat qilishi mumkin:
«Test savollariga berilgan javoblardan ko‘rinadiki, ba’zi o‘quvchilar darsda diqqat qilmay o‘tirganlar. Natijada ba’zi o‘quvchilar savollarga noto‘g‘ri javob berganlar. Muxtaram o‘quvchilar, mazkur darsda men sizlarning mustaqil va erkin fikrlashlaringizga asoslanib, darsni olib bordim. Lekin ko‘pchilik uni yaxshi eslab qolgan, ba’zilar esa sust. Diqqatsizlik bilan o‘tirganlar ololmay qolgan bilimlar o‘rnini to‘ldirish uchun, shuningdek barchangizning egallagan bilimlaringizni ko‘nikmaga aylantirish uchun berilgan adabiyotlarni yana o‘qib, ularni dars davomida yozib olgan matn bilan solishtirib turib o‘z fikrlaringizni xosil kilishingiz zarur va bu fikrlarni qisqa matnlashtirishingiz shart. Savollar bormi? E’tiboringiz uchun raxmat. Omon bo‘ling. Keyingi darsda ko‘rishguncha xayr!».
SHu bilan sakson minutlik dars yakunlanadi.
Lekin o‘qituvchi bu bilan chegaralanib qolmasligi kerak. CHunki yangi pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayoniga tatbiq qilinishi, ta’lim jarayoniga bir qator yangi elemetlarni olib kirishni taqozo etadi.
Biz tadqiqotchi S. Umarovning «Ta’limga testlarning diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baxolash tizimida aniqlashga o‘tish, bob, bo‘lim mazmunini yaxlit xolda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida o‘quvchilarning ishlashi va nihoyat noan’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz bu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan yangi pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqazo etadi» degan fikrlariga qo‘shilgan holda quyidagi yangi elementlarni o‘z faoliyatimizda sinab ko‘rdik va uning foydali ekanligiga amin bo‘ldik.
1.Diagnoz (tashxis). O‘quvchilarning yangi bilimlarini o‘zlashtirishga qay darajadatayyor ekanligini aniqlash. CHunki har bir o‘rganiladigan mavzuda o‘quvchi undan oldin o‘rganilgan bilimlarga tayanadi. Demak o‘quvchini yangi mavzuga olib kirish uchun tayyorlash, agar, undagi bilimlar etarli bilimlar mavzuga bog‘lanmagan bo‘lsa uni tayyorlash lozim. Bu narsa o‘qituvchida qunt bilan xar bir mavzuning ko‘lamini o‘rganishni o‘quvchining saviyasi qay darajada ekanligini bilishni talab qiladi. SHu sababli akademik litsey va kasb xunar kollejlarida soatbay o‘qituvchilarning emas balki bu erda doimiy ishlaydigan, o‘quvchisi bilan darsdan keyin xam shug‘ullanadigan o‘qituvchilarning natijasi yaxshi bo‘lmoqda va reytingi baland.
Mavzuni rejalashtirishda o‘quvchi faoliyatiga asosiy e’tiborni qaratish zarur. CHunki yangi pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga yo‘naltirish va mustaqil va erkin fikr yuritishni ta’minlashdir
Mavzularning ichki va fanlararo bog‘lanishi xar bir fandagi mavzular, ichki bog‘lanishga, shuningdek boshqa fanlardagi mavzular bilan bog‘langan bo‘lib ular bir - birini to‘ldiradi. Ayniqsa «Ma’naviyat asoslari» fanidagi mavzular turli fanlar bilan bog‘langan. Uni o‘qituvchi rejada to‘g‘ri ko‘rsatishi, keraksiz takrorlashga o‘rin qoldirmasligi lozim.
O‘quv birliklarini (mezonlari) belgilash. O‘quv birliklari o‘quvchi tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan tushunchalar, ta’riflar, qoidalar, terminlar, qonunlar, xodisalar, voqealardan iborat bo‘lib ular orasidagi bog‘linishning ta’minlanishi shu mavzu bob va bo‘limning o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘quv birliklari o‘quvchi bilishi zarur topshiriqqa aylanishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan o‘quv bo‘limlar, boblarni, semestrlar bo‘yicha aniqlaydi va reytinglar nazorat topshirig‘i vazifasini o‘taydi.

  1. Diagnostik taxlil. O‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari bo‘yicha kamchiliklarni aniqlash ularni to‘ldirish va navbatdagi o‘zlashtirish bosqichiga ko‘tarilish maksadida diagnostikalashtirish amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maksadlarda amalga oshiriladi:

  • o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish ;

  • bo‘limlardagi etishmovchiliklarni oldini olish;

  • aniqlangan etishmovchiliklarni to‘ ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;

  • maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash;

  • yakuniy diagnostik tahlil qilish.

Diagnostika ta’ lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ lib uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O‘zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, xar bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yuli bilan ta’lim jarayoning kafolatganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so‘rovida amalga oshiriladi. Test so‘rovi natijalarini diagnostik tahlil qilish ikki muxim vazifani hal qiladi:
1.Qaysi o‘quvchi qaysi mavzularda qiynaladi.
2.O‘qituvchi kaysi bilimlarni kuchaytirish lozimligini aniqlaydi
Tuzatish kiritish (korreksiya). Bo‘lim bobning o‘zlashtirilishi darajasining diagnostik taxlili natijasida 50% dan kam ko‘rsatgich olinsa o‘qituvchi ta’lim jarayonining borishiga tuzatish kiritishi lozim. Jumladan o‘qituvchi diagnostik tahlil asosida o‘quvchilar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzularni aniqlaydi, qayta o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzularning yangicha o‘qitish metodikasini ishlab chiqadi. O‘quv rejasiga tuzatish kiritishni soatlarini belgilaydi.
Qayta to‘ldirish (nuqsonlarni yo‘qotish) qayta to‘ldirishdan maqsad olingan bilimlardagi nuqsonlarni bartaraf etishdan iborat. Qayta to‘ldirish asosan amaliy tadbiqiy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. SHu maqsadda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasidagi «to‘ldirishni» amalga oshirmog‘i lozim. Bunda o‘qituvchi tanlayotgan o‘quv vazifasining darajasini o‘quvchilarda mavjud bo‘ lgan real bilimlarga moslashtirish zarur.
Kutilishi lozim bo‘lgan natijani olish. Bu element yangi pedagogik texnologiyaning markaziy g‘oyasi hisoblanadi. YAngi pedagogik texnologiya jarayoni natijasi kafolatli bo‘lishni talab qilar ekan, o‘qituvchi jarayonning aniq tizimda borishini ta’minlaydi va ko‘zlangan natijaga erishishni loyixalashtiradi. Jarayon borishi davomida uzluksiz tahlil etib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to‘ldiriladi va kutilgan natija olinishiga erishiladi.
Demak biz o‘z faoliyatimizda qo‘llagan yangi pedagogik texnologiya quyidagicha tizimlanadi:
YAngi pedagogik texnologiya tizimi





YAngi pedagogik texnologiya hozirgi kunda ta’lim jarayonini yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘ lgan metodlar tizimidir.
Dunyoning rivojlangan davlatlari ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda ta’ limni tashkil etish, yoshlarning bilim olishga bo‘ lgan qiziqishi va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali kadrlar etishtirish, mutaxassislar tayyorlash vazifalarini ham hal etmoqda.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida turli metodlardan oqilona foydalanishi, ularni mavzularning sodda va murakkabligiga qarab, vaqt imkoniyatlaridan kelib chiqib, amaliyotga tatbiq etishi lozim.
Quyida ana shunday interfaol metodlarning bir necha xilini tahlil va tadqiq etamiz.
“Munozara” - faol ta’lim usuli bo‘lib, muhokama, malum muammo bo‘yicha fikr almashinuv ko‘rinishida o‘tadi. Agar o‘qituvchi erkin munozara tashkil qilmoqchi bo‘lsa, u holda faqat boshlab beradi, o‘zi esa munozaraga aralashmaydi, hakam rolida bo‘ladi. Munozarada muxokama qilinayotgan jarayonning o‘ziga urg‘u beriladi va har bir o‘quvchi o‘z dalillarini aniq ifoda etishga rag‘batlantiriladi.
«Nafis arra» deb ataluvchi metod yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha malum mustaqil bilimga ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish xamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Bunda o‘rganiladigan material nomi doskaga yoziladi va qanday savollarga javob topish lozim ekanligi tushuntiriladi. O‘quvchilar 5 - 6 guruxga bo‘linadi xar bir guruxga o‘rganiladigan material bo‘yicha mavzu beriladi, mavzu guruxda o‘rganilib, muhokama qilinadi, ular orasida ekspertlar tanlanib, mavzu tushuntiriladi hamda oxirida xamma uchun ekspertlar baxolarni e’lon qiladi natijalar asosida o‘qituvchi o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.«O‘z o‘rningni top» metodi agarda auditoriyada biror mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga kelsa, bu metod yordamida muammoning echimini topish mumkin. («O‘z o‘rningni top» ) metodi talabalarning o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilishi, shuningdek, mulohazalarni qayta tiklashga imkoniyat yaratadi. Ularda muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi.
«O‘z o‘rningni top» metodini qo‘llash: Auditoriyaning qarama - qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga «ROZIMAN», boshqasiga «ROZI EMASMAN» degan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Plakatlarga ikkita biri - biriga zid fikr ham yozib qo‘yilishi mumkin.Masalan: «Ezgulik va yaxshilik ikkovi bitta tushunchaning ikki xil shakli» yoki «ezgulik va yaxshilik ikkovi ikki xil, alohida tushunchalar».
1.Mazkur metodning qonun - qoidalari tushuntiriladi.
2.Talabalar qo‘yilgan muammo bo‘yicha o‘z fikrlariga mos tomonga o‘tishib, plakat yonidan joy oladilar. Faqat talabalarning soni 20 tadan oshmasligi kerak.
3.Ikki tomonga ajralgan talabalar o‘z fikrlarini isbotlashga kirishadilar. Bu paytda, ular o‘z fikrlarini o‘zgartirib, qarama - qarshi tomonga o‘tishlari ham mumkin. Faqat ular nega bunday qilganligini asoslab berishlari kerak
4.Ishtirokchilarning fikr - mulohazalari to‘liq eshitilgach, o‘qituvchi ularni tahlil qilib, xulosalaydi va talabalarni baholaydi.
5.Bunday metod vositasida bitta mavzuga doir turli xil yondashuvlvr mavjudligi namoyish etiladi.
6.«O‘z o‘rningni top» metodi faqatgina auditoriyalardagina emas, balki tabiat quchog‘ida, sayrgohlarda ham qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin