2-savol bayoni. Mazkur mashg‘ulotning birinchi qismi masalaning nazariy jihatdan yoritib berishda alohida keltirilgan aniq ma’lumotlar talabalar tomonidan atroflicha o‘zlashtirilib, mazmunlari idrok etilib borilar ekan, endi o‘qituvchi va talabalarga ilgaridan berilgan mustaqil ishlar – ularning kishilik jamiyati tarixida milliy va umuminsoniy qadriyatlar va insonning ma’naviy yuksalishlarida katta iz qoldirgan allomalarimiz, shoiru-fuzalo, sarkarda-yu tarixiy arxitekturalarimiz xususida bayon etiladigan axborotlariga jalb etamiz.
Nihoyat, talabalardan Begmatova Nilufar tomonidan “Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ( 783 Xorazm – 850 Bog‘dod)”; Begaliev ImomHasan tomonidan “Abu Iso Muhammad at-Termiziy (825 – Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘i – 892 Termiz) ”; Musaeva Umida tomonidan “Qul Xo‘ja Ahmad YAssaviy (1103 – 1166 YAssi)” lar hayoti va ijodiy faoliyatlariga bag‘ishlangan referatlari asosidagi axborotlari tinglanib, talabalar ishtiroklarida umumlashtirildi va darsga yakun yasaldi.
Nazorat savollari: 1.Adolatli jamiyat qurish g‘oyasi ham doimo hamma jamiyatda dolzarb bo‘lib kelgan. Ular ta’limotiga ko‘ra, doimo odamlar bir-biri bilan do‘st, teng, ozod bo‘lishlari kerak edi. Bu kabi rivojida O‘zbekiston hududida yashagan buyuk allomalarimizning xizmatlari katta.Ular haqida nima bilasiz?
2. Qadriyat va uning turlari xaqida fikr yuriting?
3. Xotira deganda nimani tushunasiz?
4.Al Farg‘oniy ma’naviy merosi xaqida gapiring?
5.Farobiyning ma’naviy merosi.
Adabiyotlar: Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.
Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002