Nazorat savollari: 1.«Avesto» qanday manba? Erk va hurlik yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarimiz, xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy g‘oyamizni shakllantirish uchun manba, tarixiy asos bo‘ladimi?
2.Ajdodlarimizning ma’naviy-madaniy merosida adolatli jamiyat qurish masalalari qanday aks etadi. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiylarning ezgu g‘oyalari, komil inson haqidagi qarashlari to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Qadimgi SHarq, YUnon, Rim falsafasi, Suqrot, Platon, Aristotel, Gegellarning qarashlari milliy istiqlol g‘oyasining umuminsoniy asosi bo‘la oladimi? Sizni fikringiz.
4. Jadidlarning ma’naviyatimizga, mustaqillik g‘oyalari shakllanishiga qo‘shgan hissalari nimadan iborat? Sizni fikringiz.
Adabiyotlar: Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.
Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
12-mavzu. O‘zbekistonda milliy-ma’naviy meros, qadriyatlarning tiklanib,rivojlanishining umumbashariy ahamiyatini o‘rganish metodikasini o‘rganish metodikasi Asosiy savollar: Milliy ma’naviy meros va uning axamiyati qadriyatlar tushunchasi va uning turlari.
Qadriyatlar insonning ma’naviy kamolot omili.
Tayanch tushuncha va iboralar: Milliy ma’naviy meros,Qadriyat, qadriyatshunoslik, qadriyatlarning turlari, milliy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar, sharqonalik.
1-asosiy savol: Qadriyatlar tushunchasi va uning turlari
«Ma’naviy, ilmiy va estetik qadriyatlar xalqimizning turmush tarzida an’anaviy madaniyatida muhim o‘rin olgan. Biz o‘zimizning tariximizni va jahonssivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho xissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz – SHarqning mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va boshqalarni e’zozlaymiz hamda ular bilan faxrlanamiz.
Mustaqillikni e’lon qilib, O‘zbekiston o‘zining ma’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davrida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgartirishlar davriga qadam qo‘ydi»1 Islom Karimov