Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə18/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Madaniy meros va san’at asarlari, badiiy ijod durdonalari (musiqa, rasmlar, binolar, buyumlar).
Tarixiy asarlar (Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, YAssaviy, Navoiy, Bobur kabi allomalarning ma’naviy merosi).
Umuminsoniy falsafiy g‘oyalari: Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalarning g‘oyasi.
O‘qituvchi aqliy hujumni to‘xtatgach, bu fikrlar to‘g‘ri ekanligini o‘quvchilarga aytib, bugungi amaliy mashg‘ulotda yuqorida aytilgan fikrlar yuzasidan bahs-munozara tarzida barchaning mustaqil fikr bildirishini so‘raydi.
SHu maqsadda sinf o‘quvchilari 4 yoki 5 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh stoliga bahs mavzusi yozilgan kartochkalar qo‘yiladi.
Bular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1.«Avesto» qanday manba? Erk va hurlik yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarimiz, xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy g‘oyamizni shakllantirish uchun manba, tarixiy asos bo‘ladimi?
2.Ajdodlarimizning ma’naviy-madaniy merosida adolatli jamiyat qurish masalalari qanday aks etadi. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiylarning ezgu g‘oyalari, komil inson haqidagi qarashlari to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Qadimgi SHarq, YUnon, Rim falsafasi, Suqrot, Platon, Aristotel, Gegellarning qarashlari milliy istiqlol g‘oyasining umuminsoniy asosi bo‘la oladimi? Sizni fikringiz.
4. Jadidlarning ma’naviyatimizga, mustaqillik g‘oyalari shakllanishiga qo‘shgan hissalari nimadan iborat? Sizni fikringiz.
2-guruhga badiiy sahna ko‘rinishini ko‘rsatish topshiriladi.
Bu guruh o‘quvchilari sekin musiqa ovozi ostida Spitamen, To‘maris, Manguberdi, Temur, Navoiy, Forobiy, Suqrot, Aristotel kabi buyuk insonlarning ezgu g‘oyalari ifodalangan g‘azallar, asarlardan parchalarni jonli badiiy obrazda ijro etadilar. Jadidchilardan Fitrat, CHo‘lpon she’rlarini jozibali o‘qib beradilar.
1-guruh o‘quvchilarining javoblari:
1-o‘quvchi: Markaziy Osiyoda yashagan avlodlarimizning g‘oyalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishda «Avesto» alohida ahamiyatga ega tarixiy asardir. Zardushtga qadar ajdodlarimiz har xil diniy ajdodlarga e’tiqod qilib yashaganlar. Diniy e’tiqodlarning turli-tuman qadimgi qabilalarning yagona mafkura asosida uyushishlariga to‘g‘anoq bo‘lib qolgan. O‘lkaning turli qabilalarini birlashtirib, ularni ilk milliy davlatchilik g‘oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug‘ilgan edi. Ana shunday zaruriyatni tushunib etgan ilg‘or kishilardan biri sifatida Zardusht tarixda paydo bo‘lgan.
2-o‘quvchi: «Avesto»da o‘lkamiz iqlimi, suvi, hayvonot dunyosi, diniy tasavvurlari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari odamlarni doimo pokiza yurishga, yomon niyat va ahloqsiz so‘zlardan tiyilishga da’vat etadi. Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
3-o‘quvchi: Asarda g‘arazgo‘ylik, hasad, manmanlik, fitna-fasod qoralangan. Va’daga vafo, axdga sadoqat, samimiyat, odamlar o‘rtasidagi ahloqiy g‘oyalar ulug‘langan. Avestoda «ezgu fikr», «ezgu so‘z» va «ezgu amal» chambarchas bog‘liqligi ta’kidlangan.
4-o‘quvchi: «Avesto»da qayd etilgan eng muhim fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, farovon hayot kechirishga da’vatdir.
5-o‘quvchi: SHunday qilib «Avesto» dunyoda eng qadimgi dinlardan biri bo‘lgan zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ajdodlarimizni uzoq o‘tmishi, tafakkuri taraqqiyotining qomusiy yig‘indisi, mafkuramizning tarixiy ildizi, manbai hamdir.
6-o‘quvchi: Xalq og‘zaki ijodi namunalari, azaliy san’at durdonalari istiqlol g‘oyasining manbai bo‘la oladi. Avlod-ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari, an’analari, madaniyati, xalq og‘zaki ijodida nihoyatda boy va xilma-xil aks ettirilgan. «To‘maris», «SHiroq» singari afsona va «Alpomish» kabi dostonlarda ham milliy ham umuminsoniy g‘oyalar ilgari surilgan.
Ming-ming yillar davomida taraqqiy etib kelayotgan adabiyot va san’atning asosiy g‘oyasi insonparvarlikdir.
2-guruh o‘quvchilarining javoblari:
1-o‘quvchi: Adolatli jamiyat qurish g‘oyasi ham doimo hamma jamiyatda dolzarb bo‘lib kelgan. Ular ta’limotiga ko‘ra, doimo odamlar bir-biri bilan do‘st, teng, ozod bo‘lishlari kerak edi. Bu kabi rivojida O‘zbekiston hududida yashagan buyuk allomalarimizning xizmatlari katta.
2-o‘quvchi: Bizning guruhimiz o‘quvchilari bahs munozara uchun Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Temur, Navoiy kabi bobolarimizning ayrim fikrlarini yod oldik. Farobiy butun dunyoning buyuk mutafakkiri, qomusiy olim, mashhur faylasufdir. Uning «Fozil odamlar shahri», «Jamiyatni o‘rganish haqida kitob», «Davlat arboblari haqidagi hikmatlar» kabi jamiyat, davlat, huquq, adolat, siyochvt kabi masalalarga bag‘ishlangan.
3-o‘quvchi: Farobiy insonning jamiyatdagi harakatlarini 2 ga bo‘lgan: 1 – adolatli, haqiqiy aqlga muvofiq harakatlar; 2 – adolatsiz, maqsadga muvofiq bo‘lmagan harakatlar bo‘lib, ular baxtsizlik keltiradi. Men Farobiy mana shu fikrlarni bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan deb hisoblayman, ular bunyodkor g‘oyalar va buzg‘unchi g‘oyalarga o‘xshab ketadi, deb o‘ylayman.
4-o‘quvchi: Men Farobiyning yana bir fikrini misol keltirmoqchiman. «Barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun er yuzi fazilatli, etuk bo‘ladi». Bundan ming yil ilgari aytilgan bu fikrlarning bugungi kunimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va umuminsoniy qadriyatlar talablariga javob beradigan ezgu g‘oyalarga uyg‘unligi emasmi?
5-o‘quvchi: Beruniyning fikricha esa, «Kishilar o‘zlarining zaruriy ehtiyojlarini qondirishlari uchun uyushgan holda yashashga majburdirlar». Ibn Sinoning fikricha, jamiyatni davlatsiz, qonun qoidalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu g‘oya insonlarni hamjihatlikka, bir-birlariga yordam ko‘rsatish qoidalariga asosan yashashga da’vat etadi. Muso Xorazmiyning jamiyat va uning istiqboli haqida fikr mulohazalari bugungi kunda alohida ahamiyat egallaydi.
6-o‘quvchi: Men esa ulug‘ bobomiz Sohibqiron Temurning davlat boshlig‘i bo‘lishi bilan birga davlat ishlarini boshqarish, harbiy ishlar tashkil etish, xalqparvar, adolatli bo‘lish. Uning bu g‘oyalari «Temur tuzuklari» asarida jamlangan. Bobomiz saltanat ishida 4 narsaga amal qilgan:


  1. Yüklə 1,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin