Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə17/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
2. Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi minimum darajaga tushishi lozim; u aslo xususiy tashabbuslarni buzmasligi kerak.
3. Barcha mehnatga qobiliyatli fuqarolar o‘zini o‘zi ta’minlamog‘i kerak. Davlat va hayriya tashkilotlari o‘z aybisiz ishlash imkoniyatidan ma’rum bo‘lib qolgan mehnatga qobiliyatsizlarga yordam ko‘rsatadi.
4. Davlat balanslashtirilgan tanqisliksiz byudjetga binoan to‘laydigan soliqlar tashkil etadi. Iqtisodiyot tartibiga qat’iy rioya qlib, harajatlarni kamaytirish zarur.
5. Kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaaatini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli, bunda boshqa odamlarning manfaatlariga zarar etkazmasligi kerak


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
11 - mavzu. «Milliy g‘oya va mafkuraning falsafiy, tarixiy manbalari» mavzusini o‘tish metodikasi.
Asosiy savollar:

  1. Milliy g‘oyaning asosiy vazifalari Vatan, vatanparvarlik, vatan tuyg‘usi tushunchalari va ularning ma’naviyat tizimidagi o‘rni.

  2. Insonparvarlik, gumanizm tushunchalari va uning qirralari.

Tayanch tushuncha va iboralar:
Vatan, yurt, vatan sajdagoh, vatanparvarlik, vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik qirralari, o‘zbek fuqarosini vatanparvarligi, insonparvarlik, gumanizm.


1-asosiy savol: Milliy g‘oyaning falsafiy manbalari
Darsning maqsadi:
Talabalarga milliy g‘oya va mafkuraning mohiyatini tushuntirish.uning o‘qitish metodlarini o‘zlashtirishga yordam berish, yurt, vatanparvarlik va vatan tuyg‘usi tushunchalari, ularni mohiyati haqida ma’lumot berish.
jasorati, ajdodlarimizning falsafiy tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, jahon xalqlari urf-odatlari, qadriyatlari, hozirshi zamondagi falsafiy qarash va ta’limotlarini tushuntirishdan iborat.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: dars jarayonida talabalar tarbiyasiga kompleks yondashib, mashg‘ulot davomida beriladigan javoblar asosida tarbiyaviy muammolarni hamkorlikda echish va bartaraf etishga erishishdan iborat.
Sinf taxtasiga shu so‘zlar osiladi.
«Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘libdiki, - deb yozadi Islom Karimov, - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchilizimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurishiga tadbiq etmog‘imiz kerak ».
I.A.Karimov



  1. Tashkiliy daqiqa

  2. Guruhda ishlash

  3. Bahs-munozara

Dars turi: amaliy.


Dars jihozi: Mavzuga doir kitoblar, savol-kartochkalar, kadoskop.
Vosita: tarqatma materiallar, matnlar.
Dars usuli: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida.
Nazorat: Og‘zaki nazorat savol-javoblar, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Dasturi: Muammoli ta’lim elementini o‘z ichiga olgan noan’anaviy dars.
Dars metodi: bahs-munozara.
Dars noan’anaviy: «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.
Izoh: chunki o‘quvchilarda etarli bilim va ko‘nikmalar mavjud. O‘qituvchi buni «Aqliy hujum» orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng sinfni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarni bajarishga ruxsat beradi.
- «Aqliy hujum». Doskaga bosh plakat ilinadi. O‘qituvchi savol bilan murojaat qiladi.
- Milliy istiqlol g‘oyasining falsafiy-tarixiy ildizlariga nimalar kiradi.
O‘quvchilar javob bera boshlaydi, o‘qituvchi esa bosh plakatga markerlar bilan javoblarni yozadi.
Xalq og‘zaki ijodi (dostonlar, ertaklar, maqollar, rivoyatlar).

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin