Fan: O‘zbekiston tarixi. Mavzu: - 20 O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi. 3. Fan: I.A.Karimov risolalari maxsus kurs Mavzu:-1 Vatan mustaqilligi uchun kurash tarixi va Vatan mustaqilligini qo‘lga kiritilishi.
3. Darsni hayot bilan bog‘lash
- Vatanimizda va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy yangiliklar.
- Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar.
- Fan va mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishtirish.
Darsliklar 1. O‘quvchilar uchun adabiyotlar:
A) Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
B) Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar.
V) I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.
Dars vaqtini rejalashtirish
1. Tashkiliy qism – 5 d
2. O‘qituvchining kirish so‘zi – 5 d
3. O‘tilgan mavzuni umumlashtirish – 10 d
4. YAngi mavzuni tushuntirish – 40 d
5. YAngi mavzuni mustahkamlash – 10
6. Dars yakuni va uyga vazifa – 5 d
Mashg‘ulotni borishi
1. Tashkiliy qism.
Navbatchi o‘quvchi dars boshlanishidan 10 d oldin kelib xonani mashg‘ulotga tayyorlaydi. O‘qituvchi xona tozaligini tekshirib o‘quvchilarni tashqi ko‘riniiga ahamiyat beradi. Davomatni aniqlaydi.
2. O‘qituvchini kirish so‘zi:
O‘qituvchining kirish so‘zida darsning rejasi va maqsadini o‘quvchilarga bildiriladi, o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning tushunmagan savollariga qisqacha ma’lumotlar beriladi, o‘quvchilarni diqqatini darsni o‘zlashtirishiga qaratiladi.
3. O‘tilgan mavzuni umumlashtrish.
O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘tilgan mavzuni eslashi uchun qisman so‘roqlaydi. O‘quvchilarni javobini to‘ldirib mavzuni umumlashtiradi.
Ommaviy so‘roqlash
1. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deb nimaga aytiladi?
2. Bugungi kunda nima uchun insonlar qalbi va ongini egallash uchun kurash bormoqda?
3. Immunitet deganda nimani tushunasiz?
SHaxsiy so‘roqlash
1. Milliy diniy asosdagi mafkuralardan qaysilarini bilasiz?
2. G‘oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Idealizm va materializm haqida gapirib bering?
Krossvord savollari
Eniga: 1. O‘zbekistonimizning erishgan yutuqlari.
2. I.Karimov kitoblarini chiqaradigan nashriyot.
3. O‘zbekiston Prezidenti.
Bo‘yiga: 1. O‘zbekiston Mustaqil bo‘lib qanday ramzlarga erishdi?
2. O‘zbekiston Madhiyasi bastakori.
3. Inson haq-huquqini himoya qiluvchi kitob.
4. Xumo qushi qanday belgini anglatadi?
J a v o b l a r :
Eniga: 1. Mustaqillik Bo‘yiga: 1. Gerbiga
2. O‘zbekiston 2. Mutal Burxonov
3. I.Karimov 3. Konstitutsiya
4. Baxt