Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə10/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Kirish


1. Jahon davlatchiligi tarixida aholini ijtimoiy himoyalash masalasining qo‘yilishi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (IX – X boblar) aholini kuchli ijtimoiy himoyalashning qonun bilan kafolatlanganligi.
3. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi davrida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 25 yanvaridagi «Aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risidagi Farmoni» va «Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror» ini sharxlash.
Darsning turi: muammoli ta’lim elementlarining o‘zida mujassamlashtirgan noan’anaviy dars turi.
Darsning jihozlanishi:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsligi. Toshkent-2005 yil.
- Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol taraqqiyot yo‘li» asari. «O‘zbekiston» Toshkent-1992 yil.
- Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasi, «Alodat – qonun ustuvorligidadir», «O‘zbekiston ovozi» gazetasi, 30 avgust 2001 yil.
- «Barkamol avlod orzusi» - «SHarq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati. Toshkent-1999 yil.
M.Lafasov, T.Toshpo‘latov, Z.Karimov – «Mustaqillik darslarini o‘qitish bo‘yicha metodik qo‘llanma» Toshkent-2001 yil.
Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kuchli ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalari va shu borada aniq axborotlar bayon etilgan tarqatuvchi didaktik materiallar. (Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalar ro‘yhatini ilova etish).
Darsning maqsadlari:
a) Darsning ta’limiy maqsadi.
Dars jarayonida talabalarga mamlakatimizda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohatlar amaliyotida «O‘zbekiston modeli» deb nom olgan jamiyat taraqqiyotining yangi modeli paydo bo‘lganligi va bu jarayonda yurtboshimizning davlat arbobi sifatida tutgan o‘rni xususida batafsil ma’lumot berish. SHuningdek, o‘qituvchi tomonidan bu masalaga integratsion yondoshgan holda taraqqiyotimizning «o‘zbek modeli» ilmiy asoslangan, tarixiy taraqqiyot tajribalariga tayangan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgan, inson manfaatlari ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olingan, rivojlanish, yangilanish va yuksalish yo‘llari ekanligi konkret faktlar istiqlolimizning o‘tgan davri mobaynida o‘zining samarali yo‘l ekanligini har tomonlama isbotlanganligi va xalqaro miqyosida e’tirof etilganligi ko‘rsatib beriladi.
v) Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Dars jarayonida talabalarda hukumatimiz tomonidan aholini kuchli ijtimoiy himoyalash bobida olib borilayotgan kundalik amaliy tadbir-choralaridan kelib chiqib, bu tadbirlar mamlakatimizda Birinchi Prezident Islom Karimov boshchiligida olib borilayotgan tinchliksevar ichki va tashqi siyosatining mahsuli ekanligini, yoshlarimiz ota-bobolarimizning amaliy orzulari bo‘lgan – milliy mustaqillikni qo‘lga kiritganimiz bois O‘zbekiston sharafini butun dunyoga taratayotganligi, endilikda yoshlarimiz oldida turgan vazifalar shu mustaqillikning har tomonlama mustahkamlanib, ona Vatanni har qanday ofat – malomatlardan ko‘z qorachig‘idek saqlab, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini mustahkamlashda har bir yosh o‘z ulushini qo‘shmog‘i va ona Vatan tinchligi – mustaqilligini saqlash-mustahkamlashda hamisha Ogoh bo‘lishlariga da’vat etishdan iboratdir.
g) Darsda rivojlantirib boriladigan ta’lim: Dars jarayonida o‘qituvchi talabalarni «Milliy istiqlol g‘oyasi», «Ma’naviyat asoslari», O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Inson huquqlari, «SHaxs va jamiyat» kursi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish, Birinchi Prezident Islom Karimov asarlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalarida so‘zlagan nutqlari, ommaviy axborot vositalariga bergan intervьyularini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus kurslardan olgan bilimlariga integratsion yondoshgan holda imkoniyati boricha milliy istiqlolimiz davrida mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy sohada amalga oshirib kelinayotgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olgan bilimlarini savol-javoblar yo‘li bilan yanada rivojlantirib borishga harakat qiladi:
- inson huquqlari, erkinliklarini va boshqa manfaatlarini oliy qadriyat sifatida ustuvorligini ta’minlash;

  • ma’naviyatini qayta tiklash va rivojlantirish;

  • vijdon va e’tiqod erkinligini qaror toptirish;

  • ijtimoiy adolatni qaror toptirish, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish;

  • sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish;

  • ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish orqali zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash;

  • odamlarning o‘z iste’dodini namoyon etishlari uchun zarur o‘art-sharoitlarni yaratish.

Darsning bayon etilishi:
a) Jahon davlatchiligi tarixida aholini ijtimoiy himoyalash masalasining qo‘yilishi.
Mazkur o‘rinda o‘qituvchi talabalar diqqat-e’tiborlarini chor hukumatining Turkistonni zabt etganlaridan keyingi davr mahalliy aholiga nisbatan ijtimoiy yordam berish borasidagi quyidagi g‘ayriinsoniy siyosatlarini aniq raqamlar va isbot-dalillar asosida sharxlab berishga o‘tadi.
Ma’lumki, chor Rossiyasi O‘rta osiyoni bosib olganidan keyin Turkiston xalqlarining ijtimoiy jihatdan himoyasiga hech qanday ahamiyat bermadi. 1877 yilda ta’sis etilgan Toshkent shahar Dumasi faoliyati esa har tomonlama chegaralangan bo‘lib, uning u yoki bu masaladagi qarori faqat general gubernator tasdig‘idan o‘tgandagina kuchga kirishi mumkin edi. Turkiston o‘lkasida nafaqa berish quyidagicha edi. Imperatorning 1882 yil 9 avgustidagi buyrug‘iga asosan Xudoyorxonning ikkinchi xotini Munis poshsha, uning o‘g‘li Sayd Umarbekka va Xudoyorxonning uchinchi xotini Mohbegimga o‘sha paytdagi pul hisobida 350 so‘mdan umrbod nafaqa tayinlangan edi.

1910- 1912 yillarda butun Turkiston xalq maorifi uchun 266.014 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, shundan Sirdaryo viloyatiga 186.710 so‘m, Farg‘ona viloyatiga 40.489 so‘m belgilangan.




1910-1912 yillarda mustamlakachilar Turkiston o‘lkasi bo‘yicha ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolarga va ularni davolash harajatlariga 33.525 so‘m mablag‘ ajratgan xolos. Samarqand viloyatiga tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish uchun esa, ko‘p emas, oz emas 50 so‘m ajratilgan!!!

1917 yil oktyabridagi Petrograddagi qonli davlat to‘ntarilishi Turkistondek sobiq chor mustamlakasini ham chetlab o‘tmadi. Bu erda ham xokimiyat sho‘rolar qo‘liga o‘tdi. SHo‘rolarning Turkiston o‘lkasidagi aholini ijtimoiy muhofazasi masalalari dastlab yangi shakllangan mustamlakachilarning qo‘yidagi hujjatlarida o‘z ifodasini topdi (quyidagi hujjat kadoskop orqali ekranda ko‘rsatiladi).

Turkiston o‘lka xalq Komissariatining o‘lka xalq Komissariati bo‘yicha Buyrug‘i
13 may, 1918 yil № 9.241, Toshkent sh.
«Boshpanasizlar va boqimsizlar Xalq komissariati» degan nomni sotsialistik ijtimoiy ta’minot muhtojlarga faqatgina hayr-ehson va sadaqa etishga asoslanib kelganligi joiz, Turkiston Xalq Komissariati qaror qiladi:
«Davlat boshpanasizlar va boqimsizlar Xalq Komissariati bo‘limi» endilikda «Xalq ijtimoiy ta’minot bo‘limi» deb qayta nomlansin.




Boshpanasizlar va boqimsizlarga tegishli hamma joriy ishlar sog‘liqni saqlash Komissariati va fuqarolik ma’muriy muassasalaridan olinib, Mehnat Komissariatiga o‘tkazilsin. Turkiston zlka xalq komissarlari Kengashi Raisi Feodor Kolesov.
Sog‘liqni saqlash Komissari Tursunxo‘jaev.
Kengash kotibi Petrenko
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivi: Fond 25, opisь 1, dela 35, list 278.

O‘qituvchi mazkur dars jarayonida talabalar (tinglovchilar)ga aholini ijtimoiy jihatdan himoyasiga doir tetcherizm konsepsiyasi borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bobomiz Bahovuddin Naqshband hazratlarining umuman dunyo dinlaridagi tarkidunyolikka (darveshlik, monaxlik) qarshi tariqatlari – mehnat qilishga qodir bo‘lgan har bir inson uchun «Dast ba koru, dil ba YOr» ya’ni «imkoni bor har bir insonning qo‘li mehnatda bo‘lsinu qalbi Ollohda bo‘lsin!» degan hikmatlarini sharxlash bilan yakunlaydi.


Endigi navbatda o‘qituvchi talaba (tinglovchi)lar diqqat-e’tiborlarini darsning bayon etish rejasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (IX-X boblar) aholini kuchli ijtimoiy himoyalanishini qonun bilan mustahkamlanganligini ifodalovchi moddalarining kadoskop orqali ekranda ko‘rsatish va har bir moddani sharxlashga o‘tadi. Jumladan, quyidagi moddalar:



39-modda. Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgandek tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.




40-modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.


41- modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.




45-modda. Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining aholini ijtimoiy himoyalashga doir yuqoridagi moddalarini ekran vositasida ko‘rsatib, sharxlab berilgach, endigi navbatda talaba (tinglovchi)larga milliy mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘rganilayotgan masalalar xususida sohalar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz yana kadoskop orqali ekranda namoyish etilib, talabalarning konspekt yoo‘ishlariga imkon yaratib beradi, fakt va raqamlar atroflicha sharxlab beriladi.


Endi talabalar diqqat e’tibori dars rejasining O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlar va ularning sharxiga qaratiladi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, shuningdek Jahon hamjamiyatligiga qo‘lga kiritgan benazir yutuqlarini sarhisob etib ko‘rsatar ekanmiz, ьbu jarayonda yurtboshimizning kelajagimiz poydevori bo‘lmish yoshlarimiz to‘g‘risidagi g‘amxo‘rliklarini ifodalovchi quyidagi harakat dasturlari mazmun mohiyati bilan o‘quvchilarga mufassal tanishtirishimiz va umumlashtirishimiz talabga muvofiqdir.



«Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g‘ayrat shajoatli shaxslarni o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatlarini ulkan ma’naviy meroslar bilan boyita oladigan jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».
Islom Karimov

Mazkur o‘rinda o‘qituvchi talabalarga ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan tarqatadigan didaktik materiallar asosida quyidagi muammoli savollarni o‘rtaga tashladi:

  1. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash deganda nimani tushunasiz?

  2. 1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’min etilgan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonning mazmuni nimadan iborat?

3. Jamiyatni demokratiyalash va keng ko‘lamdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohatida O‘zbekiston modelining mohiyati nimadan iborat?
4. 1996 yil 10 dekabrida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmonining mazmuni nimadan iborat?
Sinfga berilgan muammoli savolning birinchisiga talabalar tomonidan berilgan javob o‘qituvchi tomonidan taxminan quyidagi formada umumlashtirilgan holda bayon etiladi.
«Ijtimoiy ta’minot» deganda davlat tomonidan yaratib beriladigan hayotiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ehtiyojni moddiy tomondan qondirish maqsadida moddiy va boshqa ijtimoiy himoya qilish tushuniladi. Bunga pensiya nafaqa va ijtimoiy nochor fuqarolarni pul va shunga o‘xshash shakllardagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlash kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta tamoyillaridan biri davlat faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy isloh qilishga asoslangan kuchli ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Davlat organlari jumladan, Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, hokimiyatlar, mahalliy vakillik organlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatxonalari doirasidan fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni amalga oshiradilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda aynan shunday vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan maxsus davlat organlari bu ijtimoiy ta’minot vazirligi va uning joylardagi tegishli organlaridir. SHuningdek respublikamizda Pensiya fondi, Bolalar fondi «Mahalla fondi» va boshqa fondlar tashkil etilib ular samarali faoliyat olib bormoqda. Respublika Prezidenti farmoniga ko‘ra fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti bilan shug‘ullanish vazifasi bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilgan.
Tabiiyki, o‘qituvchi Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilashda aholini kuchli ijtimoiy himoyasi xususidagi fikri – «Ishonchli ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoiy himoyalash choralarini ta’minlash bozor o‘zgarishlarining hamma bosqichlari orqali o‘tadi va jamiyatimizni yangilashdan iborat g‘oyat keng jarayonning boshqa yo‘nalishlarini ham qamrab oladi» degan ko‘rsatmalarini bayon etib sharxlashdan so‘ng talabalarga berilgan tarqatma materiallar mazmunidan kelib chiqib ikkinchi muammoli savolning sharxiga o‘tadi.
2006 yilni yurtboshimiz tomonidan «Homiylar va shifokorlar yili» deb e’lon qilinishi mamlakatimizda aholining ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ko‘plab yangi ishchi joylarini bunyod etish, mamlakatimizda ishsizlar sonini kamaytirish, uy sharoitida ayniqsa xotin-qizlarning kasb faoliyatlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, ularning yoshlari nafaqa olish davriga etkuniga qadar ish stajlari qayd etiladigan mehnat daftarchalarining joriy etilishi, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yurtdoshlarimizga pensiya yoshiga etkuniga qadar vznoslar to‘lab borishlarini qonuniylashtirish kabi ijtimoiy tadbirlar amalga oshirildi.
2007 yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi katta tarixiy ahamiyatga molik. Birinchi Prezident Islom Karimov bu soha bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilar ekan:
«Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji uchun mustahkam va barqaror poydevor yaratilganini hamda shakllanib borayotgan tendensiyalarni inobatga olgan holda, biz o‘z oldimizga 2007 yilda o‘rtacha ish haqini kamida uchdan bir miqdorda, 2010 yilga borib esa, ya’ni uch yil davomida uni 2,5 barobar oshirish vazifasini qo‘ymoqdamiz» dedi.
Mazkur o‘rinda o‘qituvchi talabalarga ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan tarqatiladigan didaktik materiallar asosida quyidagi muammoli savollarni o‘rtaga tashlaydi:
1. Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamiz» deganlarida qanday vazifalar haqida gap boradi va ularning echimi nimalardan iborat?
2. Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 2006 yilni «Homiylar va shifokorlar yili» deb e’lon qilinishi o‘zbek xalqining qadim zamonlardan buyon sahovatpesha ekanliklarini yana bir bora tasdig‘i bo‘layotganligini real hayotimizdagi isbotini nimalarda ko‘rdingiz?
3. Nima uchun 2007 yilni yurtimizda «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilindi?
4. Nima uchun 2007 yil ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti – Aysesko (Isesco) tomonidan Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon ыilindi?
O‘qituvchi darsni yakunlar ekan talaba (tinglovchi) lar tomonidan dars (bahs) davomida berilgan savollarga javob berib, mashg‘ulot davomida o‘rtaga tashlangan muammoli savollar javobini sharxlab yakunlaydi. Ularning olgan baholarini izohlab e’lon qiladi, shundan so‘ng mazkur mavzuda o‘quvchilar (tinglovchilar)ning uy vazifasi sifatida tayyorlaydigan mustaqil ishlari (referatlari) uchun foydalanishlari lozim bo‘lgan va ilgaridan ko‘chma doskaga yozib qo‘yilgan adabiyotlar ro‘yhatini yana bir bora eslatib o‘tadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin