Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə9/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.YOshlarga o‘kitish metodlari haqida ma’lumotlar berish.
2.Milliy g‘oyaning bugungi kundagi ahamiyatini yoriting7
3.Milliy mafkuramiz shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatish.
4.YOshlar dunyoqarashini shallanishidan milliy g‘oyaning jahon ma’naviyati tizimidagi salohiyatini tushuntiring?
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002


7 - mavzu. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo‘nalishidir
Asosiy savollar:
1 Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari.
2.Islohotlarning asosiy tamoyillari haqida.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Davlat bosh islohotchi.iktisodning siyosatdan ustunligi,kuch adolatda, Qur’oni Karim, Hadis, islom ezgulik haqida, taqvodor inson.


1-asosiy savol.
Sinf taxtasiga quyidagi yozuv yozib qo‘yiladi: «Biz o‘zimizning sharoitimizda ko‘p bolali oilalarga, qariyalarga, bechora hollarga madad bermasak hamma narsa portlab ketadi, hech qanday bozor yoki ishbilarmonchilik bo‘lmaydi. SHu sababli men, Prezident sifatida kambag‘allarning manfaatlarini himoya qilish yo‘lini qat’iy va juda qattiqqo‘llik bilan o‘tkazmoqdaman» Islom Karimov
Milliy istiqlolimiz tufayli jamiyatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi, sho‘rolar davridagi davlat hukmron mafkurasi bo‘lgan andozalardan mustasno bo‘lish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarini tom ma’nosida demokratiyalash jarayonini ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalariga faollik bilan singdirib bormoqda. Birinchi Prezident Islom Karimov alohida qayd etib o‘tganidek, «Endigi dolzarb vazifamiz – bu jarayonning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berishdan va ularni jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iboratdir».
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida eng dolzarb bo‘lgan bunday vazifalarni amalga oshirish, talabalarda milliy istiqlol g‘oyalarini jadallik bilan shakllantirib borishda ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining, birinchi galda milliy istiqlol g‘oyasi fani o‘qituvchilarining mas’uliyatlari benihoyat kattadir. YAna shuni e’tiborga olish kerakki, so‘nggi yillarda respublikamiz ta’lim tizimiga rivojlangan mamlakatlar pedagoglar dunyosi bilan o‘rnatilgan uzviy aloqalarimiz tufayli respublika davriy maьbuotida «yangi pedagogik texnologiya», «ta’limning faol usullari», «debrifing», «perseptiv», «miyaga hujum» - (breynstroming), «pinbord» va hokazo antiqa ibolar va dars usullari - «Aqliy hujum», «interaktiv usul», «defrifing» kabi iboralar paydo bo‘ldi. SHu joiz, biz quyida «Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo‘nalishidir» mavzusida o‘tkazilgan noan’anaviy dars strukturasi va uning bayoni xususidagi dars variantini ko‘rib chiqamiz. Mazkur mavzudagi dars variantlaridan faqatgina «noan’anaviy» usulnigina tavsiya etib shu boradagina emas, balki «mazkur mavzuni yanada samarali o‘tkazishda talabalar yana qanday varinatlarni tavsiya etgan bo‘lur edilar!» degan muammoli savolni ham o‘rtaga tashlamoqchimiz. Lozim topsangiz quyidagi debrifing ya’ni ikki tomonlama savollarga e’tibor bersangiz:
1. Siz ushbu mavzuni ilmiy-metodik va didaktik jihatdan keng qamrovli ishlab chiqishda yana nimalarga e’tibor berishingizni tavsiya etasiz? YOki ushbu mavzuning motivatsiyasi yana nimalarni taqozo etadi?
2. Ushbu mavzuni o‘rganishda sizda pedagogik amaliyot davomida qanday muammolar paydo bo‘lishi mumkin? Siz shu muammolarni qanday bartaraf etishingiz yoki to‘g‘rilashingiz mumkin?
3. Siz ushbu mavzuda dars samaradorligini oshirish uchun yana qanday o‘zgarishlar kiritishingiz mumkin?
4. Taklif etilgan variantlaringiz ilmiy-metodik va didaktik jihatdan qanday amalga oshiriladi?
5. Mazkur darsda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yana bir bor yaniq sistemalashtirib ko‘ring. Siz mazkur darsda kuzatgan maqsadingizga erishganligingizni aniq isbotlar bilan ko‘rsatib berishga harakat qiling.
6. Nihoyat, dars xususida qanday xulosaga keldingiz.
Endi muammoli ta’lim elementlarini o‘zida mujassamlashtirilgan noan’anaviy darsning ishlanmasiga o‘tamiz.
Mavzu: «Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo‘nalishidir».
O‘rganiladigan mavzuning motivatsiyasi: mavzuni o‘rganish jarayonida insoniyat tarixida arxiaktual masala hisoblangan «aholini kuchli ijtimoiy himoyalash» masalasini muqaddas Islom dini tamoyillaridan boshlab, jahon davlatchiligiga va davlat rahbarlarining faoliyatlari misollariga integratsion yondoshgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Akademik Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kundalik amaliy faoliyatiga bevosita tadbiq etib kelinayotgan «O‘zbek modeli» asosida «aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo‘nalishi ekanligini talabalarga atroflicha tushuntirib berishdan iboratdir».
Mavzu oldindan ko‘chma doskaga yozib qo‘yilgan quyidagi reja asosida bayon etiladi:

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin