Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə5/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.DTS,Darsliklar,O‘UM qo‘yiladigan talablar.
2.Ma’naviyat sohalari. Ma’naviyat funksiyalari. Ma’naviyat qonunlari.
3.Ma’naviy va modliy xayot uyg‘unligi qonuni.
4.Ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni.
5.Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi qonuni.
6.Ma’naviyat kategoriyalari: ma’no, fahm–(fahm-farosat), qadr, ma’naviy muhit.
7.Ma’naviy kamolot, ma’naviy jasorat, ma’naviy qiyofa, yuksak ma’naviyat.
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002



4 - mavzu . Milliy g‘oya va mafkura fanining o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘rganilishi
Asosiy savollar:
1.Milliy g‘oya va mafkura fanining o‘rta va o‘rta maxsus.kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘rganilishi.
2. Darsliklar va ularga qo‘yiladigan talablar.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Mehnat, iqtisodiyot (ekonomika), bozor, bozor munosabatlari va uning tiplari, yurtimizda iqtisodiy islohatlarni o‘ziga xosligi, ma’naviyat va iqtisodiyotning o‘zaro munosabati, tadbirkor (ishbilarmon), bugungi kun tadbirkorlarini ma’naviy qiyofasi.
1- asosiy savol bayoni:
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach mustaqillikning ahamiyati va mohiyatini g‘oyaviy – mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga etkazish, ularni istiqlolni mustahkamlash uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga safarbar qilish hayotiy ehtiyojga aylandi. Ana shunday sharoitda O‘zbekiston mustaqilligining tashabbuskori I.A.Karimov birinchilardan bo‘lib jamiyatda ma’naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan holi bo‘lish zarurligini, shu asosda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini yaratish lozimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo‘ydi. Bu masalada Prezidentimiz 1992 yil 2 iyulda Oliy Kengash X sessiyasida qilgan ma’ruzasida alohida uqtirib o‘tdi.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining birinchi nazariy asosi Prezidentimizning 1992 yili nashr etilgan «O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari hisoblanadi. SHuningdek Prezident Konstitutsiyamizning bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida (1993 yil 7 dekabr) nutq so‘zlab, milliy g‘oya va mafkurani milliy ehtiyoj darajasiga ko‘tarish zarurligini ta’kidladi. Barchaning diqqat-e’tiborini ana shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va «Mafkuraviy masalani hal etmasdan, uni amalga tadbiq etmasdan turib, Konstitutsiya belgilab bergan maqsadlarga erishish, o‘z oldimizdagi qo‘yilgan talablarga javob berish mushkul bo‘ladi. Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy dasturni yo‘lga qo‘ymoq kerak » degan fikrni ilgari surdi.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va istiqlol yutuqlarini mustahkamlash haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, tarixiy, falsafiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi nazariy va amaliy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi g‘oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
- xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga, tiliga, diniga mos qarashlar asosida odamlar ongiga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirish;
- milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi orqali xalqimizda o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatida, ilg‘or davlatlar orasida teng huquqli va munosib o‘rin egallashga intilish hissini tarbiyalash;
- sog‘lom, ma’naviy boy, komil avlodni shakllantirish.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi negizini vatanparvarlik, erkinlik, milliy iftihor, insonparvarlik, baynalminallik va shu kabi boshqa xususiyatlar tashkil etadi.
Demak, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini o‘z mohiyati va negizlariga ko‘ra mustaqillikni mustahkamlashga, barcha imkoniyatlarimizni buyuk maqsad sari yo‘naltirishga qaratilgan.
O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshiradigan g‘oyalar tizimidir.
Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning – butun xalqimizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».
Mafkura – milliy o‘zlikni anglatuvchi kuchdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ana shunda. Milliy o‘z-o‘zini anglash deganda har bir millat (elat)ning o‘zini haqiqiy mavjud sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligini, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib etishga aytiladi.
Har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va ma’suliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon ham milliy istiqlol mafkuramizning mazmunini tashkil etadi.
«YAngi mafkuraning asl ma’nosi – deb yozadi Prezidentimiz, eskicha aqidalardan holi bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iboratdir. Busiz jamiyatni demokratik taraqqiyot yo‘liga olib chiqib bo‘lmaydi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng biz soxta mafkuraning yakka hokimligidan qutildik. Ma’naviyatni, mafkurani zug‘umlardan ozod qilib, erkin fikrga, milliy tafakkurga keng yo‘l ochdik. Endigi asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonch ortib borishidir. CHunki tafakkur ozod bo‘lmasa ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa inson to‘la ozod bo‘la olmaydi».
SHu sababli ushbu fanni uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchi-talabalar ongiga singdirishda fan mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Kishilik jamiyatining rivojlanishi eng avvalo, kelajak avlodning kim bo‘lib etishishi, ularning bilim saviyasi, madaniyati va salomatligiga bog‘liqdir. SHuningdek, ularning ongi va shuuriga istiqlolimiz, erishgan yutuqlarimiz, millatimiz haqida keng tushunchalarni hosil qilish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Har bir o‘quvchi o‘z yagona vatani O‘zbekiston ekani, u bilan faxrlanishi, milliy g‘ururli bo‘lib voyaga etishi, Vatanni asrash milliy burch ekani, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun halol mehnat qilishi, yaxshi o‘qishi, hunar o‘rganishi orqali har bir shaxs o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi, xalqimiz nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shishi mumkinligini tushunib etmog‘i zarur.
Buning uchun uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida o‘quvchi-talabalarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda fan mazmunini quyidagi tarzda yoritib borish maqsadga muvofiq:
Maktabgacha ta’lim muassasalarida
Bolalarda Vatan, uning ramzlari haqida tasavvurlar hosil qilish. Milliy istiqlol g‘oyasini ko‘rgazmali vositalar bilan singdirish.
- o‘yin mashg‘ulotlar orqali;
- ertak va rivoyatlar hikoya qilish;
- suhbat;
- sahnalashtirish, rolli o‘yinlar;
- sayr va sayohatlar davomidaVatan tuyg‘usini kuchaytirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy istiqlol g‘oyasiga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning amaliy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
- mustaqil fikrlash;
- fikrini ravshan ifodalay olish;
- vijdonlilik, rostgo‘ylik;
- mehnatsevarlik;
- burchni his va idrok qilish;
- o‘z-o‘zini anglash;
- mas’uliyatlilik;
- jamoaviylik.
Kichkintoylarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
- o‘qish, o‘rganishga havas uyg‘otish;
- tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish;
- kitobxonlikka qiziqtirish;
- ozodalik va salomatlik odobi;
- odob ko‘nikmalarini paydo qilish;
- o‘z hatti-harakati uchun mas’uliyatni tarbiyalash.
SHuningdek, bolalarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda quyidagi masalalarga alohida ahamiyat berish kerak:
1. Millatimizga xos urf-odat, an’analar, insoniy fazilatlarni egallashga ko‘maklashish.
2. «O‘zbekiston – mening Vatanim» mavzuida turli tadbirlar o‘tkazish, unda Vatan – viloyatlar, tumanlar, shahar va mahallalar birligi ekanligini anglatish.
3. Ona tilimizga e’tiborni oshirishga doir suhbatlar, mushoira va bahslar o‘tkazish.
4. Vatan tabiati va undagi barcha narsalarni sevish, ardoqlshni o‘rgatish.
5. Atrof-muhitga ongli, ogoh va ziyrak munosabatda bo‘lish madaniyatini tarkib toptirish.
6. Go‘zallikni his etish, undan zavqlanishni tarbiyalash.
7. Ona-vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni yod olish, kuylashga o‘rgatish.
8. Xalq og‘zaki ijodida Vatan haqidagi mavzularni o‘qish va o‘rganish.
Umumiy o‘rta ta’lim
“Odobnoma” (1-4-sinf )
- maktabgacha yoshda o‘rgangan bilim va malakalarni takomillashtirish;
- millat va elatlar, ularning boy urf-odatlari, an’analarini o‘rganish, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- din haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish;
- muloqot madaniyatini tarbiyalash;
- to‘g‘rilik, mehnatsevarlik malakalarini o‘zlashtirish;
- insoniy fazilatlar: vijdon, halollik, isrof, uvol, vatanparvarlik, botirlik, rostgo‘ylik , mehnatsevarlik, savob so‘zlarining lug‘aviy ma’nosini bilish va ularga amal qilish;
- milliy g‘oya va tushunchalarni singdirishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish;
- odob va axloqqa doir ko‘nikmalarni singdirishda pedagogik texnologiya tamoyillariga tayanish;
- nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini farqlashga, ezgu ishlar qilishga o‘rgatish;
- tariximiz va boy madaniyatimizga oid lavhalarni namoyish etish;
- yurt tinchligi, obodligi, xalq osoyishtaligi haqida suhbatlar va bu jarayonlarda har bir o‘quvchining burchlari haqida tushunchalar berish;
- haqgo‘y va adolatli bo‘lishga intilishni kuchaytirish;
- oila va uning sha’nini saqlash uchun qayg‘urish tuyg‘usini tarbiyalash;
- bilim, kitobni qadrlashga o‘rgatish;
- qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘larga, ustoz-murabbiylarga hurmat va iltifot ko‘rsatishga o‘rgatish;
- Milliy bayramlar, ulug‘ ajdodlarimiz tavallud kunlarini nishonlash tadbirlarida faol ishtirok etishni tashkil etish.
“Vatan tuyg‘usi” (5-6 -sinf )
O‘quvchilarning milliy g‘oya bo‘yicha “Odobnoma” fani doirasida o‘zlashtirgan tushunchalari 5-6-sinflarda o‘qitiladigan “Vatan tuyg‘usi” fanini o‘qish jarayonida rivojlantiriladi.
“Vatan tuyg‘usi” fani “Odobnoma” fani mazmunini takrorlamasdan, undagi nazariy va amaliy bilimlar majmuini real hayotdagi misollar bilan boyitib, chuqurroq o‘rgatishga qaratilmog‘i zarur.
“Vatan tuyg‘usi” o‘quvchilar ongida “Vatan”, “O‘zbekiston - yagona Vatan” kabi tushunchalarni shakllantirish bilan boshlanadi. O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston xalqining milliy tarkibi, Davlat ramzlari kabi tushunchalar mantiqiy ketma-ketlikda, uzviylikda bayon etiladi. “Biz buyuk tarix egasimiz”, “Biz buyuk ma’naviyat egasimiz” mavzularini bayon etishni “Vatan tarixidan hikoyalar”, “Adabiyot” kabi fanlar bilan muvofiqlashtirish zarur.
Vatanga muhabbatni shakllantirishga doir mavzularni o‘tishda o‘quvchilarning yosh, fiziologik-psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularda ajdodlar merosidan g‘ururlanish, faxrlanish hissiyotini uyg‘otadigan usul, vositalardan, animatsiyali elektron darslik, qo‘llanmalar, milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan filьmlar, badiiy asarlardan foydalanish kerak.
Fan mazmunini bayon etishda mavzulararo uzviylik, fanlararo integratsiya, mantiqiy ketma-ketlik tamoyillariga rioya etish lozim.
O‘quvchilarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish oddiydan murakkabga tamoyiliga asoslanadi.
SHu maqsaddan kelib chiqqan holda “Vatan tuyg‘usi” fani mazmuni orqali o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar.
5-sinfda:
- tug‘ilib o‘sgan makon – mahalla, qishloq, Vatan mohiyatini anglash;
- xalq og‘zaki ijodi aks etgan asarlar, rivoyat, afsona va hikmatlar asosida ajdodlarimizning vatanparvarlik xislatlarini anglab etish va ularga hurmat tuyg‘usini shakllantirish;
- milliy va umumbashariy qadriyatlar tushunchalarining asosiy mazmun va ma’nosini bilishi;
- yozma ma’naviy-ma’rifiy merosimiz haqida ilk tushunchalarga egalik;
- xorijiy mamlakatlar taraqqiyoti tajribasidan xabardor bo‘lishi;
- “Temuriylar davlati” – milliy davlatchiligimiz tarixining eng yorqin sahifalaridan biri ekanini bilishi;
- ma’rifatparvar jadidlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi, ularning asosiy maqsad va vazifalarini tahlil eta bilish;
- tarixni bilish – o‘zlikni anglash garovi ekanini anglashi;
- millat va xalqning shakllanishida Vatan tuyg‘usi asosiy omil ekanini sharhlay olishi.
6-sinfda:
- Vatan, mahalla, qishloq, diyor, yurt, o‘lka, mamlakat, respublika so‘zlarining ma’nosini sharhlay bilishi;
- o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloq haqidagi ma’lumotlarni bilishi;

  • Vatanning ulug‘ligi, uni e’zozlash kerakligini anglab etishi;

  • Vatanga xiyonat qilish eng katta gunoh hisoblanishini bilishi;

- Vatan, ona-yurt haqidagi hikmatli so‘zlar, naql-maqollarni ishlatish va sharhlay olishi;
- Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, milliy iftixor tushunchalari mazmun va mohiyatini anglab etshi;
- Mustaqillik, davlat haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
- Vatan va oila oldidagi farzandlik burchini bilishi;
- davlat ramzi va timsollarining mazmun-mohiyatini tushunishi;

  • o‘z huquq va burchlarini bilishi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin