Nazorat savollari: 1.Milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitish metodikasi, fanning maqsadi va vazifalari.
2. Fan mazmuni mohiyati.
3.Davlat ta’lim standarti.
4.Fanning metodologik asos.
5. uzluksiz ta’lim tizimi, talablar, tamoyillari.
Adabiyotlar: Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.
Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002.
3 - mavzu. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning tarkibiy tuzilishlari tarkibiy tuzilishlari
Asosiy savollar: 1.DTS.o‘quv dasturlari ,darsliklar, yaratilishi qonunlari.. 2.O‘quv qullanmalariga quyiladigvn tatalblar. kategoriyalar va ularningining amaliyotda namoyon bo‘lishi.
Tayanch tushuncha va iboralar: DTS,Darsliklar,O‘UQ,Ma’naviyatshunoslik. Ma’naviyat sohalari. Ma’naviyat funksiyalari. Ma’naviyat qonunlari. Ma’naviy va modliy xayot uyg‘unligi qonuni. Ma’naviyaning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni. Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi qonuni. Ma’naviyat kategoriyalari: ma’no, fahm–(fahm-farosat), qadr, ma’naviy muhit, ma’naviy kamolot, ma’naviy jasorat, ma’naviy qiyofa, yuksak ma’naviyat.
1-savol bayoni. Uzoq yillar davomida ota-bobolarimiz orzu qilgan mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy istiqlol g‘oyasini va mafkurasini shakllantirish xalqimiz uchun juda muhim ehtiyojga aylandi. CHunki buyuk kelajakni barpo etish uchun millatni bir jonu bir tan qilib birlashtirish kerak.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘z asarlarida milliy istiqlol g‘oyasini va mafkurasini asoslab, uni hayotga tadbiq etish yo‘l-yo‘riqlarini belgilab berdilar. Bu masala o‘ta dolzarb, muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. CHunki hech bir xalq mafkurasiz o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Mafkura mohiyati, maqsadi va harakat yo‘nalishlari bilan jamiyatning milliy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi, uning hayotbaxsh qudratini ishga tushiradi.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi jamiyat rivojlanishidagi etakchi g‘oyalarni o‘zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bu g‘oyalar bilan qurollangan insonlar o‘z orzu-intilishlari yo‘lida birlashadilar.
SHuning uchun ham Prezidentimiz milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi – xalqni yagona maqsad sari birlashtiruvchi bayroq deya ta’kidladilar. Darhaqiqat, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi millatni jipslashtiruvchi g‘oyalar tizimi bo‘lib, jamiyatning har tomonlama, bekamu-ko‘st barqaror rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan ta’minlaydi. SHu sababli taraqqiyot sari etaklovchi ulug‘vor milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining asosiy tushuncha va tamoyillarini o‘qitish, o‘rganish, ularning kundalik xatti-harakatlarida namoyon bo‘lishiga erishish – davr talabidir. YOshlar qalbida va tafakkurida “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” ruhini kamolga etkazish muhim masala va dolzarb vazifa. Ana shu ruh qalbida barq urgan yoshlar elim deb, yurtim deb yonib yashaydi, mehnat qiladi, millat manfaatini o‘z manfaati deb bilish darajasiga ko‘tarila oladi.
Mana shunday barkamol avlodni voyaga etkazish, mamlakatimiz kelajagini ta’minlash uchun O‘zbekistonda ta’lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi deb belgilandi. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish tufayli hayotimiz jabhalarida ro‘y beradigan “portlash effekti” natijalari ro‘y rost ko‘rsatib berildi.
YA’ni, bu narsa ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhitni butunlay o‘zgartiradi . insonning hayotidan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi. Jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
Jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan inson va shaxs qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol” va vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. Pedagogik texnologiya, ta’lim standartlari yordamida uchinchi ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
2005 yil 13 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «O‘quvchi-talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni o‘zaro uyg‘un holda tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» e’lon qilindi. Ushbu uslubiy tavsiyalar takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini yaratishda asos bo‘lib xizmat qildi. Davlat ta’lim standartlarida asosan o‘quvchi-talabalarga beriladigan bilimlarning darajasi aniqlanadi va fan mazmuniga qator talablar qo‘yiladi. CHunki berilayotgan bilim ma’lum bir hajmda chegaralanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning metodologik asosi uchun yo‘lanma:
1. Birinchi Prezident Islom Karimov milliy mafkurani shakllantirishga doir nutqlari va asarlarini o‘rganish va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish.
2. Milliy istiqlol g‘oyasini singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish.
3. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy qarashlari va mulohazalarini o‘rganish.
4. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy) amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish.
Uzluksiz ta’lim tizimida milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim:
Vatanparvarlik tuyg‘usini tarkib toptirish.
Milliy urf-odatlar, an’analarga hurmat hissini shakllantirish.
3. Har bir yoshning ma’rifatli va madaniyatli shaxs etib tarbiyalashga individual yondoshish.
4. Millat ruhi, g‘ururi hamda Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish.
5. Ta’lim tizimida SHarq va G‘arb davlatlarining ta’lim-tarbiyada erishgan yutuqlari bilan tanishish va ularni amaliyotga joriy qilish.
6. Islom dini ta’limoti va undagi ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatiga qarab, dastur va darsliklarga kiritish.
7. Har bir o‘quvchi-talabaning mustaqil fikrlashiga va ijodiy izlanishiga yo‘l ochib berish.
8. O‘quvchi-talabalarda intizomlilik hamda qat’iyatlilik ruhini barqarorlashtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimida milliy istiqlol g‘oyasini singdirish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini hisobga olish zarur:
1-bosqich. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
2-bosqich. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
3-bosqich: O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida yoshlarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
4-bosqich. Oliy ta’lim tizimida talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish;
5-bosqich. Milliy istiqlol hoyasi bo‘yicha pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish.
Milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchilar ongiga singdirishda o‘quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo‘llari
- fan bo‘yicha bilimlarni berish va tegishli ko‘nikmalarni hosil qilishda zamonaviy pedagogika fani yutuqlarini samarali qo‘llash;
- dasturda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha dars ishlanmalarini yaratish;
-darslarni o‘qitishda, tarbiyaviy ishlarda yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullardan unumli foydalanish ;
- o‘quvchi-talabalarni aniq, ular bajara oladigan vazifalar berish, ijrosini nazorat qilish, ta’minlash hamda rag‘batlantirish;
- fanga nisbatan o‘quvchi-talabalarda qiziqish uyg‘otish;
- joriy, oraliq va yakuniy nazoratni amalga oshirish uchun mavzular, bo‘limlar, boblar bo‘yicha nazorat turlarini aniqlash va ular uchun materiallarni tayyorlash;
- bilimlarni baholashda o‘quvchi-talabaning mustaqil fikrlashi, hayotiy misollar keltira olishi yoki o‘z hatti-harakatlari misolida tushuntira olishiga ko‘proq e’tibor berish;
- o‘quvchi-talabaning fan asosida Vatan, millat va uning kelajagiga bo‘lgan munosabatini uning hatti-harakatlarida namoyon bo‘lishiga erishish;
- fanga oid alohida auditoriya xonalarining milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitish talablariga muvofiq jihozlanishini ta’minlash;
- har bir mavzuni yoritishda kamida bitta interfaol uslubni qo‘llash va ko‘rgazmali qurollarga ega bo‘lish;
- professor-o‘qituvchilarning malaka darajalarini muttasil oshira borish;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning barcha jabhalarini qamrab olishi;
- o‘quvchi-talabalarning hayotni to‘la anglashga, bugungi kunni qadrlashga, jamiyatning etuk a’zosi bo‘lib etishishga intilishlariga ko‘maklashish;
- o‘quvchi-talabalar bilimlarini baholashning haqqoniyligini ta’minlash va rag‘batlantirish.
2.Milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitishning tamoyillari
Mazkur fanning zamon talablari darajasida o‘qitilishini ta’minlash vazifasi professor-o‘qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Eng avvalo, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning o‘zlari bu fanning ahamiyatini chuqur idrok etishlari, uning maqsad va mohiyatini mufassal bilib olishlari zarur. Ikkinchidan, fanni o‘qitishda o‘quvchi va talabalarning yoshi, psixologik xususiyatlari, idrok etish imkoniyatlari, bilim va hayotiy tajribasini hisobga olish lozim. Uchinchidan, mazkur fan bo‘yicha dars berayotgan o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, vatanparvarligi, millatparvarligi, ularning talaba-yoshlar bilan hamkor va hamfikrligi nihoyatda muhim.
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitishda quyidagi pedagogik masalalar muhim ahamiyat kasb etadi:
1. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitishga ijodiy yondashish zarur. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga xos dalillar, xalqimizning tarixi, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish, oddiy hayotdan olingan misollarni qo‘llash ijobiy natija beradi.
2. Fanni o‘qitishda asosiy manba sifatida Prezident Islom Karimov asarlariga tayanish va xalqimizning og‘zaki ijodiyoti namunalari, Vatanimizning boy tarixiy merosiga murojaat qilish orqali milliy g‘oyaning negizlarini tushuntirish zarur. Talaba va o‘quvchilarda milliy qadriyatlarni o‘rganish, ularni asrab-avaylash, milliy qahramonlarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz hayotiga qiziqish uyg‘otish, ulardan o‘rnak olishga ehtiyoj uyg‘otish lozim. O‘quvchi-yoshlarda uzoq va yaqin o‘tmish to‘g‘risida bir tomonlama, o‘ta sodda, noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishidan saqlanish juda muhimdir.
3. Fanni o‘qitishga o‘ta ilmiy yondashish yoki uni me’yordan ortiq soddalashtirishga, “nasihatgo‘ylikka”, mavsumiylikka berilib ketishdan saqlanish kerak. YUtuq va muammolarni chuqur tahlil etish, yoshlarning o‘zini ularga javob topishga qiziqtirish, muhokamalarda erkin ishtirok etishi
ta’minlash kerak. Professor-o‘qituvchining shaxsiy ibrati, ta’lim va tarbiya birligiga amal qilishi o‘ta muhimdir.
4. Milliy istiqlol g‘oyasiga rasmiyatchilik bilan yondashmaslik, uni bir andozaga solib qo‘ymaslik kerak.
5. Milliy istiqlol g‘oyasi mohiyatini o‘rgatishda fikrlar xilma-xilligi demokratik hayot tarzining tarkibiy qismi ekanini o‘quvchilarga etkazishga alohida e’tibor berish zarur.
6. Mafkuralar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan tarixning hozirgi pallasida vayronkor g‘oyalar, informatsion xurujlar ta’sirining kuchayishi barcha davlatlarda ham halokatli oqibatlarga, bunyodkor g‘oyalarning tantanasi esa jamiyatni taraqqiyotga olib borishini tarixiy misollar bilan isbotlash zarur.
7. Talaba-qo‘uvchilar bugungi o‘tish davriga xos qiyinchiliklarning ildizlarini, eski tuzumga xos boqimandalik kayfiyatidan qutulishning oson kechmayotganini anglashi, bundan xalos bo‘lish uchun esa odamlardagi ong va tafakkur o‘zgarishiga, ularda o‘z imkoniyatlariga tayanish, tashabbuskorlik, fidoiylik tuyg‘usi shakllanishi zarurligini chuqur idrok etishlari lozim.
8. Talaba va o‘quvchilarning diqqatini milliy istiqlol g‘oyasining hayotbaxsh jihatlariga qaratish, uning kelajakka yo‘naltirilgan, xalqimizni pirovard maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan maqsadlar bilan sug‘orilgan nazariya ekanini ularning ongiga singdirish lozim. Maqsad yosh avlodning bugungi tahlikali dunyoda oq bilan qorani farqlaydigan kishilar bo‘lib etishishiga qaratilgan bo‘lishi zarur. Bu boradagi ishlarda uzilish bo‘lmasligi, tasodifiylikka, mavsumiylikka yo‘l qo‘yilmasligi, xo‘jako‘rsinga ish qilinmasligi, bunday salbiy holatlar ro‘y berganda zudlik bilan ularning oldini olish lozim.
9. Dars berish jarayonida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hayotdan, zamondoshlari mizning kundalik faoliyatidan, turli sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan misollar keltirish bilan yoshlarning fanga qiziqishini hosil etishga erishish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari xabarlari, joylardagi urush va mehnat faxriylari, zamonamiz qahramonlari, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar, o‘qitishning yangi texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ulug‘ pedagoglar ta’lim natijasida faqat bilimlar hajmi hamda ko‘nikma va malakalar kengayib qolmasdan, balki shaxsiy sifatlar ham shakllanishini aytganlar. Jumladan, ta’limning vazifasi o‘quvchilarga ma’lumot berishdagina emas, balki ularda adolatparvarlik, ishonch, e’tiqodlilik, mardlik, tirishqoqlik, foydali ishga, o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalarini bajarishga o‘rgatishda ham, deb bilingan. Zero, ta’limning tarbiyalovchi funksiyasini bilmaslik – og‘ir yukni engil ko‘taruvchi richagni qo‘ldan chiqarishga o‘xshaydi. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani yoshlarni bunyodkor ishlarga g‘oyaviy tayyorlaydi, ularning milliy dunyoqarashini, sog‘lom e’tiqodini, mustaqil fikrlarini shakllantiradi. Fanning har bir mavzusi milliy mafkuraning u yoki bu tarkibiy qismini o‘rgatadi. O‘rganilgan, o‘zlashtirilgan asosiy tushuncha va tamoyillarning ertaga hayotda qo‘llanilishi (ishga tushishi) ozod va obod O‘zbekistonni rivojlantirishda har bir yosh o‘zbekistonlikka ruh, ishonch beradi. SHuning uchun ham o‘quvchi-talabaning “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani darsliklarida yozilgan matnni qayta hikoya qilib bera olishi bizning pirovard maqsadimiz emas. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari o‘quvchi ongida qayta ishlanishi, o‘quvchi-talaba bu g‘oyalar haqida o‘ylashi kerak. Ana shundagina milliy g‘oyalar har bir o‘zbekistonlik yigit-qiz dunyoqarashining markaziga, hatti-harakatlarining rag‘batiga aylanadi. Buyuk kelajakka mustahkam ishonchni paydo qiladi. CHunki, e’tiqod faol ijodiy yondashuvda sinalib, toblanadi. SHuning uchun ham nafaqat bilim, balki g‘oyaviy ko‘nikma va malakani shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Ana shunda milliy g‘oya o‘quvchi-yoshlar orzusini O‘zbekiston xalqi orzulari bilan birlashtiradi, bunyodkor ishlarga chorlaydi.
Talaba-yoshlarni milliy g‘oyasi yo‘nalishida mustaqil tadqiqot metodlari – kuzatish, eksperiment o‘tkazish, adabiy manbalar bilan ishlash, muammolarni mustaqil aniqlab, ko‘tarib chiqish, muammoli vaziyatlarni echishga o‘rgatib borish zarur. Zero ilm – inson tafakkuriga tartib, tizimlilik baxsh etadi.
Bu esa pirovard natijada yoshlarda ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratib, ularning qalbiga diniy aqidaparastlik, “dunyo fuqarolari”, “rangli inqilob” mafkuralari qarashlarining kirib borishiga to‘siq qo‘yadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi fanini o‘itishda unga ijodiy yondashish zarur. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga xos dalillar keltirish, xalqimiz tarixi, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish, o‘quvchi-talabaning ko‘z o‘ngida yuz bergan va yuz berayotgan oddiy voqea-hodisalarni misol sifatida qo‘llash ijobiy natija beradi.
Uzviylik va uzluksizlik darsliklar va darsning tuzilishida ham namoyon bo‘lishi kerak. YA’ni mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash, o‘rganilgan materialni identiv maqsadlar qo‘yib tekshirish talab qilinadi. Toki o‘quvchilar tizimli asosda ishlash malakasiga ega bo‘lsinlar.
Fanlararo aloqalar masalasiga alohida e’tibor m qaratish lozim. CHunki, har bir predmetning ichki tuzilishida boshqa bir qator predmetlarga doir materiallar mavjud bo‘ladi. Masalan, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanida falsafa, tarix, pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, iqtisodiyot va boshqa fanlarga doir bilimlar talab qilinadi.
“Milliy istiqlol hoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanida, umuman ijtimoiy-gumanitar fanlarda fanlararo aloqalar ta’minlansa, bu bir-birini takrorlashning oldini oladi.
Uzluksizlik – “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani mavzulari, bo‘limlari, bosqichlarining oddiydan murakkabga qarab o‘zaro bog‘langanligi, bardavomligi demakdir.
“Milliy istiqlol g‘oyasi” fanidan o‘quv dasturlari ta’lim turlari bo‘yicha tuzilgan bo‘lib 1-4 sinflarda bu fanning alifbosi, ya’ni, eng sodda shakldagi ma’no va mazmuni «Odobnoma» darslariga singdirilgan. Har bir sinfda 6-8 soat dars berilgan bo‘lib o‘quvchilarning bilim darajalari va yosh xususiyatlariga moslashtirilgan.
5-6 sinfga mo‘ljallangan o‘quv dasturida har bir sinfga 34 soatdan dars ajratilgan va 40 ta mavzu berilgan. Ularda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining eng muhim mavzulari berilgan.
O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun quyidagi o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratilgan:
1. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo‘raev qalamiga mansub «Vatan tuyg‘usi» qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston», 1996) 5-6 sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib uch qismdan, 10 bobdan iborat. 5-6 sinflar uchun barcha ma’lumotlar etarli.
2. S.Nishonova, O.Musurmonova, M.Qarshiboev muallifligidagi 7- sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) 16 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.
3. M.Qarshiboev, S.Nishonova, O.Musurmonova tomonidan tayyorlangan 8- sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) XVI fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 9 ta mavzu ajratilgan.
4. O.Musurmonova, M.Karshiboev muallifligida yaratilgan 9-sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2003) 19 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.
5. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan X-XI sinflar uchun mo‘ljallangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2004) uch qism va 28 mavzudan iborat.
6. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «YAngi asr avlodi» , 2001) 12 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha asosiy masalalarni qamrab olgan.
7. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun tayyorlangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsligi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» , 2003) uch qism 13 ta nazariy, 12 ta amaliy, 2 ta qo‘shimcha va ixtiyoriy mavzular hamda asosiy tushuncha va atamalarning qisqacha lug‘atidan iborat. Hozir ushbu darslik amalda qo‘llanilmoqda.
O‘qituvchi dars o‘tish jarayonida, amaliy mashg‘ulotlarda har bir o‘quv qo‘llanmani talabalardan tahlil etishni talab qiladi. Talabalar har bir o‘quv qo‘llanma va darslikda mavzular qanday yoritilganligini, ularda nimalar etishmasligini, nimalarni, qanday yangiliklarni qiritish lozimligini va shu fandan muvaffaqiyatli dars o‘tishi mumkinligini bilishi kerak.