Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə28/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollari:
1.Didaktika-ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir.
2.Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, «o‘qitish», «o‘rgatuvchi» degan so‘zlardan «didaktika» so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi.
3.Ta’limning asosiy vazifasi-yosh avlodni ilmiy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat didaktika pedagogakaning «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish», «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlashini tushuntiring?.


Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
17 - mavzu. « Ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi fanida ijtimoiy-gumanitar fanlaridagi ilmiy va amaliy informatsiyalarning ifodalanishi.

  2. Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasining talabalarga ma’naviyat asoslarini tushuntirish va shakllantirish tizimi ekanligi

  3. Ma’naviyat, dunyoqarashni shakllantirishda MAO‘M fanining roli va o‘rni.

Tayanch tushuncha va iboralar:
O‘qitish-tarbiyalash,tarbiyalash maqsadi, ta’limiy maqsad, ta’limni insonparvarlashtirish, o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini tarkib toptirish, ilmiy tafakkur va madaniyatni shakllantirish, muammoli o‘qitish, darslar tizimi, pedagogik texnologiya, pedagogik hamkorlik.
1-asosiy savol:

    1. Ma’naviyat asoslarini o‘quvchilar ongiga singdirishda o‘quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatadi

Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi hozirgi zamon ta’lim jarayonida katta o‘rin tutib, eng avvalo talaba o‘kuvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘edi.
Umumiy metodika maktab o‘qituvchisi yoki kasb-xunar kollejida o‘qitishning mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi.
Xususiy metodika ma’naviyat asoslarini o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan jumladan pedagogika, psixologiya, boshqa fanlarni o‘ qitish metodikalari bilan chambarchas bog‘ liqdir.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi kursi o‘quv predmetiga aylangan.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalariga: ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi; nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi; o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi; ta’limni insonparvarlashtirishga ko‘maklashishi; ma’naviyat asoslarini o‘qitish jarayonida insonni mexnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati, bir-biriga xurmat kabi fazilatlarini tarbiyalash va boshqalar kiradi.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi ta’lim berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni nazarda tutadi.
Ma’naviyat asoslarini kursining vazifasi maktab, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan “o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb- xunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish, ularni vatanparvar qilib tarbiyalash” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.
SHunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi ma’naviyat asoslarini boshlang‘ich kursi ma’naviyat asoslarini o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish, o‘qitishning umumta’limiy maksadi.
2.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish, o‘qitishning tarbiyaviy maksadi.
3.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish, o‘qitishning amaliy maqsadi. Ma’naviyat asoslari fanini o‘ qitish o‘ qitishning umumta’ limiy maqsadi o‘ z oldiga qo‘ yidagi vazifalarni qo‘yadi:

  1. o‘quvchilarga ma lum bir dastur asosida bilimlar berish. Bu bilimlar ma’naviyat asoslari fani to‘g‘risida o‘quvchilarga etarli darajada ma’lumot berishi, ularni ma’naviyat asoslari fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.

Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.

  1. o‘ quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini tarkib toptirish lozim bo‘ ladi;

Ma’naviyatni tushunish, o‘rganish o‘quvchilarning madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish, mustaqil fikrlash, bilimlarni turmushda qo‘llash malakalarini o‘ zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
v) o‘quvchilarni jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  1. o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

  2. o‘ quvchilarda fanni o‘ rganishga bo‘ lgan qiziqishlarini tarbiyalash.

Ma’naviyat asoslari o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini shuningdek ilmiy taffakkurni va madaniyatni shakllantirishni tarbiyalashdan iboratdir.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darslarida o‘rganiladigan ibora, tushuncha va ular orasidagi konuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
«Ma’naviyat asoslari» fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib ularga suyanadi, ulardan oziq oladi.
Jumladan, tarix, adabiyot, inson falsafasi, milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va boshqalar ma’naviyat asoslari fanining nazariy manbalari hisoblanadi. Ular bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Fanning mavzularini o‘rganishda:

  • halq og‘zaki ijodining ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishdagi ta’sir kuchi

  • xalqning orzu-umidlari, dunyoqarashi, xarakter va xususiyatlari ochib beriladi.

Ularda xalkning g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik, ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy, jismoniy madaniyati mazmuni, ma’naviy talab va extiyojlari, orzu-umidlari, ta’lim tarbiya shakllari usul va vositalari va ifodasini topadi.
Demak, ma’naviyat - kishilarning falsafiy xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy, tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi fanining maqsadi shaxs ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni, iymon-e’tiqodli, sharm-hayoli, or-nomusli, o‘z Vatani, xalqi uning boy tarixiy va madaniy qadriyatlari merosi urf-odatlariga sodiqlik ularga bo‘lgan muxabbatni shakllantirishga qaratilgandir.
Bosh vazifasi: O‘zbekiston mustaqilligini his eta bilish, o‘zligini anglash, milliy ong, milliy g‘urur, milliy g‘oya va milliy mafkura tamoyillarini tushuna bilish, ma’naviy pok jismonan baquvvat, vatan tuyg‘usi bilan yashaydigan fidoiy izlanuvchan, tashabbuskor, mustaqillikni mustahkamlashda ishtirok etadigan uning mas’uliyatini anglaydigan yoshlarni voyaga etkazishdek buyuk ishga munosib hissa qo‘ shishdan iborat.
Mavzularni o‘qitishdan alohida mahorat bilim ijodkorlik talab etiladi.
Mavzular dalillar aniq misol turli rivoyat, hikoyat, voqealar bayon etilishi maqsadga muvofiqdir. Ma’naviyat asoslarini o‘zlashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyani, pedagogik xamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ularga quyidagilar kiradi:

  • talabaning dars davomida befarq bolmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga qiziqtirish;

  • o‘quvchi-talabalarning o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishni ta’minlash;

  • o‘quvchi talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda xar bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;

  • pedagog va o‘ quvchi talabaning hamisha xamkorlikdagi faoliyatini takomillashtirish.

Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi bu o‘ qituvchi va o‘ quvchi-talabaning belgilangan
maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni o‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, jaryonida o‘quvchi talabalar: mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘ qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o‘ qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Talabalar quyidagi ta’lim prinsiplarini bilishlari va uni amaliyotda qo‘llay olishlari shart: mazmun, metod, og‘zaki (verbal), yozma test shakllari, amaliy (seminar), ma’ruza, laboratoriya. Vositalari: komp’yuter, kinoskop, kodoskop, kinoapparat, videomagnitofon, displey, tarqatma material, usul, chizmalar, yozmalar, yozma materiallar, ped texnologiyalar.
Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni bu maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyhalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Jarayon: o‘ qituvchi o‘ quvchi-talaba. Maqsad: mazmun - metod - shakl - vosita - natija.
Maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishishi, ham o‘quv hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun metod, shakl vositaga ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning asosiy vazifalaridan bin o‘quvchilarda asosiy tushunchalami shakllantirishdir.
Tushuncha - bu predmet to‘plamlarining muxim, umumiy belgilari to‘g‘risidagi fikrdir. Tushuncha o‘quvchilarda predmet va xaqiqiy olam qodisalarining hissiy obrazlari bo‘lgan tasavvurlami umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Masalan: ma’naviyat, ma’rifat tushunchalari orqali idrok qilish bilan o‘quvchilar ma’no, bilim, rux to‘ g‘ risida aniq tasavvurga ega bo‘ ladilar.
Bu tushunchalarning rang - barang xossalarini e’tiborga olib, bu tasavvurlami taqqoslab o‘quvchi uning umumiy, muxim xossalarini umumlashtiradi.
Bu misoldan ko‘rinadiki, tushunchalarning shakllanish usullaridan biri qaralayotgan predmetlar to‘plamiga mos bo‘lmagan xar xil belgilarni chiqarib tashlab, umumiy, muxim, belgilarni saqlab qolishdan iboratdir.
Bu tushunchalar orasida bog‘lanish tushunchalar ta’rifida uning yaqin turi va ko‘rinishi farqlarini ko‘rsatish bilan ifodalash mumkin.
Masalan: ma’naviyat, marifat tushunchalarining shakllanishidan tashqari fanlararo munosabatni aniqlash ham muximdir.
Masalan: aniq tushunchalar qaralayotgan ob’ektlar orasidagi munosabatlarni o‘rnatish bilan shakllanadi. Ma’naviyat, marifat, madaniyat, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy g‘oya, mafkura, axloq, tushunchalariga umumiylik sifatida qaraladi.

  1. O‘ quvchilarning o‘ quv faoliyatiga rahbarlik qilish.

Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitadi, o‘quvchilar esa o‘qiydi degan fikrni boshqa so‘zlarda quyidagicha ifodalash mumkin: o‘quvchilar o‘quv, malaka va bilimlarni egallaydilar, o‘qituvchilar esa bilimni egallash jarayoniga raxbarlik qiladilar.
Bu rahbarlik o‘qituvchining o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchi kerakli material tanlaydi, uni ma lum ketma-ketlikda joylashtiradi, o‘quvchilarga bilim manbalarini tavsiya kiladi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi, bilimni o‘zlashtirish jarayoni qanday o‘tishini nazorat qiladi.
O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qiyin jarayondir. Buni murakkab tushunchalarning vujudga kelishini xaqqoniy anglagandagina to‘ g‘ ri tushunish mumkin.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish bilimlar va uning xaqiqatligi bizning atrofimizda turgan narsalarning mavjudligiga, uni kuzatish va tajribalarga bog‘liq emas, kuzatish va tajriba bizga tushunchalarning hosil bo‘lishiga mayl bag‘ishlaydi. Lekin haqiqatni tasavvur qilishga asosan tushunchalar bizdan tashqaridagi narsalarning xossalarini aks ettiradi. Kosmos tushunchasi yoki fazoviy olam tushunchasi bizdan tashqaridagi narsalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan.
Tushunchalarning vujudga kelishini bunday tushunish yosh, maktab o‘quvchilarining tashqi olam ob’ektlariga xos bo‘lgan fazoviy shakl, mikdoriy munosabatlarni o‘rganishlarini tarbiyalaydi va tashqi olam haqidagi, kosmos xaqidagi tushunchalarning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
SHunday qilib, o‘quvchilar mavjud bilimlarni, o‘zlarining katta shaxsiy tajribalarida mustaqil munosabatning ta’ siri bo‘lgan xolda egallaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarini aniqlaydi, ularni to‘ldiradi va shu poydevorga yangi bilimlarni o‘zlashtirishni tashkil etadi. YAngi bilimlarni bunday egallash, yangi fakt va tushunchalarni kuzatish asosida mustaqil ishlashi, shuningdek, kishilar tomonidan ishlangan bilimlarni egallash bilan olib borish mumkin. Bunda yangi bilimlarni egallash yangi va oldingi bilimlar orasidagi ta’riflangan tushunchalar va yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni hal qilish asosida boradi. Tushunchalar o‘quvchi ongida o‘zgarishsiz qolmasdan ular shaklan o‘zgaradi, rivojlanadi.
Masalan: o‘quv va hayotdagi amaliy tajribalar asosida predmetlarni taqqoslash, solishtirish shuningdek, bolalar asosiy belgilarni o‘zlashtirib oladi. SHunday qilib, o‘quvchilarning o‘qituvchi raxbarligida bilimlarni egallash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
-o‘quvchilarning shaxsiy xayotiy tajribasi va oldin egallagan bilimlari -maktabda tashkil kilingan tajriba: kuzatish, laboratoriya va boshqa amaliy ishlar -to‘plangan tajriba, kitoblarda bosilgan bilimlar. Bilimlarni o‘quv - amaliy va hayotiy - amaliy ishlarda qo‘ llash
-o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati orasidagi moslik.
O‘quvchilarning bilim olishlari va o‘qituvchining unga rahbarligini quyidagicha ko‘rsatish mumkin.O‘qituvchining faoliyati:
1.O‘quvchilarning bilimini so‘rash, suhbat, hisoblash, amaliy topshiriqlar berish asosida o‘quvchilar bilimini aniqlash.

  1. Ko‘rgazmali qurol va vositalarni namoyish qilish va kuzatishni tashkil kilish.

Suhbat tushuntirishlarni bog‘langan xolda bilimlarni bayon qilish, kitob bilan ishlashni uyushtirish.
O‘ quvchilarning o‘ quv - amaliy va hayotiy - amaliy ishlarini tashkil etish.
So‘rash va amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha topshiriq berish yo‘li bilan o‘quvchilar bilimini tekshirish. O‘quvchilar faoliyati:

  1. O‘qituvchi savollariga javob berish, yordamida topshiriqlar bajarish.

  2. Tavsiya qilingan obektlar ustida kuzatish, taxlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, deduktiv xulosalar chiqarish.

  3. O‘qituvchining bayonini tinglash, kitob o‘qish, faktlarni umumlashtirish va eslash.

  4. Egallangan bilimlarni amaliy ishlarni bajarishga qo‘llash, oldin egallangan bilimlarni o‘zgargan sharoitda qo‘llash.

  5. O‘qituvchining savollariga javob berish, amaliy ishlarni bajarish.

  6. Buning uchun ma’naviyat asoslarini o‘quv materiallari bilan o‘quv materiallari orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. Ma’naviyat asoslari dasturidagi o‘zaro izchillik ana shu qat’iylikka amal qilgan holda amalga oshiriladi. O‘qituvchilar o‘zaro fikr almashishda va bir-birining o‘quv materiali, o‘qitish metodi bilan tanish bo‘lishi kerak.

Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodlarining turlari.
Har bir fan obektiv voqelikni o‘rganish qonunlarini belgilab beradi. Didaktik qonunlar o‘qitish va ta’lim birligi hamda ularning o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi.
Didaktik tamoyillar. Bu idrok qilingan didaktik qonuniyatlarning metodlologik in’ikosi: bu amaliyotning doimiy me’yori sifatida foydalanishga monelik qilmaydigan shakldagi o‘qitishning maqsadi, mohiyati mazmuni, tuzilmasi to‘g‘risidagi bilim.
Demak “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish nazariyasining didaktik qonuniyatlari tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy qoidalar sifatida qatnashadigan didaktik tamoyillar tizimi muvofiq keladi.
Didaktik tamoyillar V.I.Zagvyazinskiy,L.I.Grisenko, M.A.Danilov, I.I.Kobilskiy, M G. Garunovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’naviyatni o‘qitish didaktikasi quyidagi tamoyillarni nazarda tutadi:
*jamiyat talablariga muvofiq keluvchi o‘qitishning maqsadi;
*o‘qitishning obektiv qonuniyatlari;
*o‘quv jarayoni borishining konkret sharoiti;
*mustaqil o‘qish - bilish faoliyatida talabalarning yuqori faolligini ta’minlash;
Didaktikaga doir qo‘llanmalarda bilimlarni bayon qilish va mustaxkamlashning formalari sifatida quyidagi o‘qitish metodlari qaraladi: kuzatish, o‘qituvchining bilimlarni (bayon, suhbat, hikoya, mashq) o‘quvchilar bilan darslik va boshqa kitoblar bilan ishlash, kuzatish, seminar ishi, mustaqil ishlar.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitish jarayonida o‘qitish materialining mazmuni va o‘quv sinfining katta - kichikligiga qarab bu metodlardan turli o‘rinlarda foydalanish mumkin.

  1. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda kuzatish. O‘quvchilar bilan faktlarni kuzatish muhim ahamiyatga ega. Natijada o‘quvchilar quyidagi umumiy xulosaga keladilar: qaralgan holda kuzatish metodini qo‘llash, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan bilimlarni bayon qilishga doir bosqichlarda ham katta axamiyatga egadir.

  2. Suhbat metodi.

Suhbat metodida suqrotona savol - javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga , nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o‘quvchining mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.
Umuman suhbat metodi bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:
- Savol - javoblar orqali o‘ quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
- O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘qo‘vchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
- O‘quvchini faol muloqatga olib kirish. Bunda, asosan, rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi.
- O‘qituvchi o‘ zini bilmaydigan odamdek, o‘ quvchidek tutib, savollar berib boradi.
- O‘quvchining to‘g‘ri fikrlarini rag‘batlantirish orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish.
- O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.
- O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishga yo‘naltiriladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqat madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kabilardan iborat.

  1. Bayon qilish metodi.

Bayon qilish metodi ikki turga bo‘ linadi:

  1. ko‘rgazmali bayon qilish. Bunda o‘qituvchi bilimlarni bayon qilish bilan birga uning xakikiyligini misollar orkali namoyish kiladi.

  2. muammoli bayon qilish. Bunda o‘qituvchi materialning muammosini qo‘yadi, uni hal etish yo‘llarini ko‘rsatadi, asoslaydi va isbotlaydi.

Hozirgi oliy maktabdagi samarador o‘qitish texnologiyasi - bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy - tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
O‘qitishning hozirgi jarayoni tahlili, psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo‘lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. O‘qitish sharoitida insonning o‘sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o‘ziga xos turtki vazifasini bajaradi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilardir:
*talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi;
*vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
SHunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi, talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy faoliyatlari usullarini samarali o‘zlashtirishga hakorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi hamda o‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir. Muammoli o‘qitishni tashkil etishning shartlari:
Birinchi sharti o‘ quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
Ikkinchi shartida muammoli o‘qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o‘quv vazifasiga o‘tkazilishi vaqtida uni echish usulini tanlash ikoniyati ko‘zda tutiladi.
Uchinchi sharti ta’ lim oluvchining subektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab etishi va qaror qabul qilishi masalani hal qilish va natijani qo‘lga kiritish uchun o‘zlarining ixtiyoriga bo‘lgan vositalarini baholay bilishdir.

  1. Mashq metodi.

Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish o‘qitishning o‘ziga xos xususiyati shuki, yangi material bilan tanishish xamda tegishli bilim o‘quv va malakalarni hosil qilish o‘quvchilar tomonidan mashqlar tizimini, ya’ni, malum topshiriqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Mashqlar material mazmuniga va strukturasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: Mashqlar xar xil bo‘lishi mumkin: darslikdan olingan va uni o‘qituvchi yozdirishi mumkin, odatdagi yoki qizikarli ko‘rinishda, didatik o‘yin shaklida va h.k.
Darsda ayniqsa tayyorgarlik mashqlari muxim ahamiyatga ega. Bu mashqlar shunday xarakaterda bo‘ladiki, uning mazmunida oldingi o‘quv materialini takrorlash, mustahkamlash va yangi materialni o‘rganishga poydevor tayyorlash mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi oldin yangi material bilan tanishish asosan o‘quvchilar bajaradigan mashqlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Mashqlarni o‘rinli bajarishning eng asosiy yo‘li ko‘rgazmali qilib bajarishdir. SHuning uchun tushunchalar va qonuniyatlar bilan tanishtirishda foydalaniladi.
5.Dasturlashtirilgan o‘qitish.
O‘quv materialining uncha katta bo‘lmagan, mantiqan o‘zaro bog‘langan qismlarini o‘z ichiga olgan va maxsus ishlangan topshiriqlar bo‘yicha materialni o‘rganish dasturlashtirilgan o‘qitish deyiladi. Xar bir qismning bajarilishini o‘qituvchi yoki maxsus asbob nazorat qilib turadi. Nazoratning natijasi o‘quvchiga aytiladi. To‘g‘ri bo‘lsa baholanadi, noto‘g‘ri bo‘lsa uni tuzatish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Bu o‘qitishning ayrim xususiyatlari odatdagi o‘qitish metodlarida ham mavjud: Hozir ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda dasturlashtirilgan o‘qitish uchun maxsus o‘quv ko‘llanmalari bo‘lmasa-da ba’zi bir topshiriqlarni bajarish mumkin.
Ma’ naviyat asoslarini o‘qitishda o‘ quvchilarning mantiqiy fikrini o‘ stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Bilimlarni bolalar aniq tushinish uchun moslashtirilgan narsalarni o‘zaro bog‘likqikda, biridan ikkinchisini xosil kilish tartibida keltirib chiqaradilar.
SHunga o‘xshash ko‘rgazmali taxlil va sintezlar natijasida o‘quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, eng yuqori ko‘rsatkichdan ongli taxlil va sintez qilishga erishadilar.
Bu esa o‘quvchining deduktiv xulosa chiqarishi bo‘ladi.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda bu metodlardan shundaylarini ko‘llash kerakki, u o‘quvchilarning fikrlashini faollashtirish va bu fikrlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p yillik tajribada tekshirilgan va xozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan, shaklli darsdir.
O‘kuvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi fakat o‘quv ishida to‘g‘ri metod tanlashga bog‘lash bo‘lmasdan, balki ukuv jarayonini tashkil kilish formasiga xam bog‘liqdir. Dars deb, dastur bo‘yicha belgilangan, anik jadval asosida, anik vakt mobaynida o‘qituvchi raxbarligida o‘kuvchilarning tashkil etilgan o‘kuv ishiga aytiladi. Dars vaqtida o‘quvchilar ma’naviyat asoslari fani nazariy ma’lumotga, ya’ni darsda xamma o‘ quv ishlari bajariladi.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv predmetining xususiyatlaridan kelib chikadi. SHuning uchun xar bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o‘quv va malakalar singdiriladi.
Odatda darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o‘tish; o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash; bilimlarni mustaxkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustaxkam ukuv va malakalar hosil kilish va xokazo.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o‘quv materialining abstraktligidir. SHuning uchun ko‘rgazmali vositalar o‘qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o‘ quvchilarning faolligi, sinf o‘ kuvchilarining o‘ zlashtirish daraj asi kabilarga xam bog‘ liq.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darsida turli - tuman tarbiyaviy vazifalar xam hal qilinadi. O‘quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas’uliyatni va sof vijdonlilikni, to‘g‘ri va aniq so‘zlashni va yozuvlarda aniqlikni, mexnatsevarlik va qiyinchiliklarni engish xislatlarini tarbiyalaydi.
O‘quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
1 .Mustaqil uy ishlari.
2.O‘ quvchilar bilan yakka va gurux mashg‘ ulotlari.
4.Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
5.O‘quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya.
Bu erda sanab o‘tilgan ish shakllari va dars bir-birini to‘ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Ko‘shimcha mashg‘ulotlarda esa ish o‘qituvchining o‘zi tomonidan yoki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladi.
O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun hizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. SHunday qilib ma’naviyat tushunchalarini tushuntirish birgina darsning o‘ zida hosil qilinmasdan, balki o‘ zaro aloqada bo‘ lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
SHuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirshi kerak. Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv tarbiyaviy maksadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ ylangan darslar tizimining o‘ quv vaqtini mavzuchalarga to‘ g‘ ri taqsimlashga bog‘ liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Hosil kilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni xam ta’ minlash kerak.
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini anglashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ ni bilimlarni o‘ zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar karaladi:
1.YAngi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2.YAngi o‘ quv materialini idrok kilish va yangi bilimlarni hosil kilish.
3.Bilimlarni mustaxkamlash va turli xil malakalarni hosil kilish.
4.Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5.Bilim va malakalarni tekshirish.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda mustaqil ishlar.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan bin bu o‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, o‘quv va malakalarni mustahkamlashda shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  1. o‘quvchilar ma’naviyat asoslari darsida olgan bilimlarini kundalik xayotda uchraydigan elementar masalalarni echishga tadbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda bilimlarni turmushda qo‘llash malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan ijtimoiy, iktisodiy masalalarni hal qilishga o‘rgatish;

  2. ma’naviyat asoslarini o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga karatilgan;

v) o‘quvchilarni mustakil ravishda fundamental bilimlarni egallashga o‘rgatish;
O‘kuvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, mustaqil xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muxim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chikilgan. Bu o‘quvchilardan nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va x.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi etarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish, ma’naviyat asoslari kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim materiallarda (ayniqsa, maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
Ma’naviyat asoslari fanidan topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga kora malum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni tola aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida xam guvohlik beradi.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasida "o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi" tushunchasining mazmuni to la ochib berilmagan. O‘qituvchilar uchun ko‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularniing mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda xal etishga qodir emas, chunki xech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuitsiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin