5-mavzu: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish metodlari va klassifikatsiyasi Ta’lim metodlari va usullari. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish darslarida qo’llaniladigan metodlarining uyg’unligi. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish metodlari klassifikatsiyasi: og’zaki bayon; xikoya, monolog, dialog, suxbat, syujetli xikoya, analitik syujet. Manbalar bilan ishlash; adabiyotlar, xujjatlar. Ko’rgazmali metodlar; shartli-grafik illyustratsiyativ ko’rgazmalilik, surat taxlili, rasm ishlash, kontur xaritani to’ldirish, amaliy; qirqish, modellar, maketlar tayyorlash, mexnat qurollarini tayyorlash huquqni o’rganishda tadqiqotchilik metodi. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq darslarida ko’rsatmali o’qitishning roli va xususiyatlari. O’qitishing ko’rsatmali vositalari. Predmet ko’rsatmaliligi. Tasviriy ko’rsatmali qurollar. Shartli grafik ko’rsatmalarning roli. O’qituvchi va o’quvchilarning
huquq bo’yicha turli ko’rsatmali qurollar bilan ishlash usullari.
6-mavzu: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish o’qituvchisiga qo’yiladigan zamonaviy talablar Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish darslarida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini, tekshirish xamda baxolash o’qituvchining darsga tayyorgarligi funksiyalari va bosqichlari. Dars mazmuni va turini aniqlash, adabiyotlar ko’lami, darsni metodik jixozlash.
O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. O’qituvchining shaxsiy xususiyatlari. Darsni tashkil etish kasbiy maxorati. Dars va darsdan tashqari ishlarda o’quvchilarni tarbiyalashda huquq o’qituvchisining faoliyati. Baxolash mezonlari.
O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirib, baxolab borishning maqsadi va vazifalari. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini baxolash shakllari va mezonlari, metodlari.
Test, yozma ishlar, og’zaki so’rov va reyting tizimi orqali o’quvchilar bilimini tekshirish va baxolash mezonlari