Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda
qo‘yiladi:
— matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan
bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar»,
«shu haqda» kabi so‘zdan oldin;
— farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan,
bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga
chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan
so‘ng;
— matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan
keyin.
85- mashq. Kerakli o‘rinlarga tinish belgilarini qo‘ying va qo‘yilish
sababini tushuntiring.
1. Men Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Farg‘oniy
ko‘chasidagi 44- uyda yashovchi Tolibjon Qodirov ushbu vasi-
yatnoma orqali quyidagi topshiriqni beraman. 2. Asos bosh-
qaruv raisining 2010- yil 18- oktabrdagi 152- raqamli buy-
rug‘i. 3. Tekshirishda quyidagilar aniqlandi.
1) barcha stol va stullar hisob ma’lumotlariga mos keladi;
2) uzunligi 4 metrlik 4 ta deraza pardasi yetishmaydi.
4. Ushbu vakolatni bajarish uchun unga mening nomim-
dan har qanday tashkilotga ariza bilan murojaat qilish zarur
bo‘lgan har qanday hujjatni olish imzo qo‘yish oldi-sotdi
shartnomasini imzolash kabi huquqlarni beraman. 5. Qaror
qilindi 2- bosqich talabasi Ahror Raupov Mirzo Ulug‘bek
nomidagi stiðendiyaga tavsiya qilinsin.
106- topshiriq. Biror hujjat matnini o‘qing, undagi tinish belgi-
larining qo‘yilish sabablarini izohlang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


124
107- topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari yordamida gaplar
tuzing, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling:
Qabul qilib olingan narsalar, ilova, bir tomondan, e’ti-
borga olib, o‘quv yurtini tugatgach, ko‘chib kelganligi
sababli, so‘zga chiqdilar, a’zolari, quyidagilar aniqlandi,
shu haqdakim, tomonlarning huquqiy manzillari, o‘quv
yurtining majburiyatlari, va boshqa buyumlari bilan ta’min-
lash, quyidagilar haqida tuzildi, da’vogar, javobgar.
Qavs  hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha
izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda
izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy
ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi
lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik.
Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
— izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan:
Javobgar – marhumning tug‘ishgan singlisi.
— ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Ona-
sinikiga – Buxoro shahar, Yangiyer ko‘chasidagi 50- uyda
yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib ketgan.
88- mashq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan qavs va tirening ishla-
tilish sabablarini tushuntiring. Gaplarni sinonimlari
bilan almashtirib, daftaringizga ko‘chiring.
1. Rais — jamiyat bosh hisobchisi Ozoda Sobirova, a’zo-
lari — rejalash bo‘limi iqtisodchisi Aziz Hayitov, hisobchi
Dilorom Ravshanovalardan iborat komissiya 2010- yil 3- mart-
da taftish o‘tkazdi. 2. Muhandis O. Yo‘ldoshevni hisoblash texni-
kasi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2011-
yil 15- yanvardan 2011- yil 15- martgacha) tajriba o‘tashga
qabul qilishingizni so‘raymiz. 3. Qabul qilib olingan narsalar:
1) korxonada ishlovchi 128 xodimning shaxsiy hujjatlari
(ro‘yxatga ilova qilindi); 2010—2011- yillar uchun 54 hujjat
(ro‘yxat ilova qilindi). 4. Dalolatnoma 2 nusxada tuzildi: 1- nusxa
— jamiyatning kadrlar bo‘yicha nazoratchisiga, 2-nusxa —
hujjatlar yig‘ma jildiga solib qo‘yish uchun. 5. Hammasi bo‘lib
14850 (o‘n to‘rt ming sakkiz yuz ellik) dona kitob olingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


125
108- topshiriq. Qavs va tirening badiiy nutqda ishlatilishiga oid
misollar toping, bu tinish belgilarining rasmiy ish uslubida
qo‘llanish holatlari bilan taqqoslab, farqini izohlang.
87- mashq. Matnni o‘qing, qoliðlashgan birikmalarni ajrating
va daftaringizga ko‘chirib oling.
Lekin ilmiy kengash yig‘ilishlaridan birida Aziz axborot
berayotgan paytda unga dabdurustdan luqma tashladi:
— Azizjon, siz, biologiya tarixidagi ayrim tajribalarni
ro‘kach qila turib, madaniy navni to‘satdan yovvoyi, erkak-
lagan g‘o‘zaga chatishtiryapsiz. Shu paytgacha hali paxtachilik
tarixida bunday tajriba qo‘llanmagan. Vaholanki, bundan na-
tija chiqishiga qat’iyan ishonasizmi yoki tavakkal qilib
ko‘ryapsizmi?
O‘tirganlarning bari yalt etib Azizga qaradi. U avval ham
ayrim olimlardan bu savolni eshitgan va qo‘lidan kelgancha
javobini bergan edi-yu, biroq hozirgi vaziyatda, ko‘p-
chilikning ichida, yana o‘z domlasidan bu savolni eshitishi
Azizni dovdiratib qo‘ydi. Nazarida hamma narsa, hatto ha-
yot-mamoti ham o‘zining bir og‘iz javobiga bog‘liqdek tuy-
uldi va dadil turib:
— Natija chiqadi! — dedi.
— Asoslab bering-chi!
— Bu murakkab masalani bir og‘iz gap bilan asoslab
berish qiyin, Muhiddin Jabborovich. Lekin shundayam
harakat qilaman... Ko‘ryapmizki, vilt tobora kuchayayap-
ti. Ishlab chiqilayotgan ayrim yangi navlar esa joriy etili-
shi u yoqda tursin, hatto Davlat sinovidan ham olib tash-
lanyapti. Buning sababi, bizningcha: nuqul geografik va
genetik jihatdan bir-biriga yaqin navlarning o‘zaro chatish-
tirilishida.
llmiy kengashdagi bu noqulay vaziyatni o‘rtadan ko‘-
tarish uchun Rasul Olloyorovich Azizga muloyim boqqan-
cha buyurdi:
— O‘tiring.
Keyin «yana gapingiz bormi» deganday Muhiddin Jab-
borovichga tikildi. Muhiddin Jabborovich o‘tirgan joyidan
qo‘zg‘almay, so‘zini davom ettirdi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


126
— Vaholanki... Men Azizjonning mehnatchanligidan se-
vingandim. Ilm kishisi shunday bo‘lmog‘i kerak. Ammo
g‘ayratni ham bilib ishlatish kerak.
Shu yerda Aziz nimadir gapirmoqchi bo‘lgan edi, Rasul
Olloyorovich unga «to‘xtang» deganday qo‘l silkib, Muhid-
din Jabborovichga yuzlandi:
— Bu gapni keyinroq hal qilsak...
O‘. Usmonov, «Girdob» kitobidan.
Yig‘ilish va boshqa shu turdagi anjumanlarning bo-
rishini, unda qatnashchilar bildirgan fikr va qabul qi-
lingan qarorlarni aniq, ixcham qayd etuvchi rasmiy
hujjat bayonnomadir.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan
bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, tanqid va takliflar
bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniq-
ligi, to‘liqligi uchun mas’ul hisoblangan majlis raisi va
kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar.
Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fonografik
shakllarda bo‘ladi.
Qisqa bayonnomada yig‘ilishning kun tartibi,
ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilarning
ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘r-
satiladi.
To‘liq bayonnomada esa majlisda so‘zga chiqqan-
larning barcha fikr-mulohazalari to‘liq berilishi
lozim.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin