Nutqning aniqligi So‘zning o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisani aniq ifo-
dalab, tildagi ma’nosiga to‘la muvofiq tarzda qo‘llanilishi
nutqning aniqligi hisoblanadi. Bunda quyidagilar
e’tiborga olinadi:
— narsa-voqealarni aniq nomlash, tushuncha va uni
bildiruvchi so‘zning bir-biriga mosligini ta’minlash;
— ma’nodosh va ko‘p ma’noli so‘zlardan mosini
tanlash hamda ulardan nutqda o‘rinli foydalanish;
— eskirgan so‘zlarning qo‘llanish o‘rni va qo‘llashni
bilish;
— paronim so‘zlarning ma’nolarini farqlagan holda
to‘g‘ri qo‘llash;
— kasb-hunarga oid so‘zlar va atamalarni o‘z o‘rnida
aniq qo‘llash;
— so‘zlarning o‘z hamda ko‘chma ma’nolari, ma’no
qirralarini farqlash va shu kabilar.