13- topshiriq. Matnni ifodali o‘qing, nutqning to‘g‘riligini
asoslovchi dalillarni topib, asoslang.
Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tash-
laydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming
yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki
hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan
bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,
mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur
ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan ibo-
ralarni olaylik. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni
boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir
muammo.
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki
o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar
emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga
kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk
qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat
tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy,
milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu, avvalo,
insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarin-
doshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi,
shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir,
beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish,
sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
xususiyatlar xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini
hech kim inkor eta olmaydi.
Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asaridan.