Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

9- topshiriq. Yozma nutq savodxonligiga erishish xususidagi o‘z
fikr-mulohazalaringizni bayon etib, matn yarating.
10- topshiriq. Matnni o‘qing, nutq madaniyatiga oid gaplarni
sharhlang.
Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo‘lsang ham,
o‘zingni bilganlardan pastroq tutgin, toki so‘z bilimdonligi
vaqtida bekor bo‘lib qolmagaysan...
Odamlar to‘rt xil bo‘lganidek, so‘z ham to‘rt xil bo‘lgay:
biri, bilinmayturg‘on va aytilmayturg‘on, ya’ni aytishga zaru-
ratsiz bo‘lgan so‘zlar; ikkinchisi, aytilaturg‘on va bilina-
turg‘on; bunday so‘zlarga ibratomuz va aytsa bo‘ladigan
so‘zlarni kiritish mumkin. Masalan, odob-axloq, nasihat
tarzida aytilgan so‘zlar; uchinchisi, ham bilinaturg‘on va ham
bilishga zaruratsiz, ammo aytsa bo‘laturg‘on; to‘rtinchisi,
bilinaturg‘on va aytilmayturg‘on. Ammo aytilmayturg‘on va
bilinmayturg‘on unday so‘zdurki, ... dunyoning salohi unga
bog‘liqdir. Ul so‘zdin aytguvchiga ham, eshitguvchiga ham
ko‘p naf yetar...
Kishining martabasini so‘zi bilan bilurlar, ammo so‘zning
martabasini kishi bilan bilmaslar, chunki har kishining ah-
voli undan chiqadigan so‘zning ostiga yashiringandir, ya’ni
bir so‘zni bir ibora bilan aytilsa, eshitgan odamning ko‘ngli
undan xijolat tortgay va yana o‘sha so‘zni bir ibora bilan aytsa,
eshitgan odamning joni undan rohatlanadi.
Kaykovus, «Qobusnoma»dan.
Tilning mavjud barcha vositalari va ular imkoniyat-
laridan maqsadga muvofiq tarzda o‘rinli, to‘g‘ri foy-
dalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir. Nutq
madaniyati esa ana shu tilni — aloqa-aralashuv quro-
lini ishlatishga bo‘lgan munosabatdir. Bu noyob qurolni
ishlatishga bo‘lgan munosabat qanchalik yomon bo‘lsa,
uni ishlatishga qanchalik befarqlik bilan qaralsa, nutq-
ning madaniylik darajasi ham shunchalik past bo‘ladi
va aksincha, munosabat qanchalik yuqori bo‘lsa, nutq
ham, aloqa ham shunchalik madaniy bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


14
So‘zlovchi yoki yozuvchida til imkoniyatlariga mu-
nosabat, uning ishlatilishidagi boshqa omillar: tafakkur,
ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo‘lgan
munosabat qanchalik yuqori saviyada bo‘lsa, nutq
madaniyati ham yuqori saviyada bo‘ladi va aks holda nutq
madaniyati ham past saviyada bo‘ladi.
Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini
ongli idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish
mahorati, tilning ifodaviy vositalaridan mazmun va us-
lubga ko‘ra nutqiy vaziyatga qarab  o‘rinli foydalana bi-
lishdir.
6- mashq. Nutq odobi haqida she’riy misralarni o‘qing, ma

nosini
o‘z so‘zlaringiz bilan yozing. Ajratilgan so‘zlarning
ma’nosini izohlang.
So‘zni ko‘p so‘zlamay, sizlab ayt, oz-oz,
Tuman so‘z tugunin shu bir so‘zda yoz.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin