5- topshiriq. Matnni o‘qing. Uni o‘zbek tilining taraqqiyoti ha-
qida bilganlaringiz bilan to‘ldirib sharhlang.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi
Qonuni 1989- yil 21- oktabrda qabul qilindi. Mustaqillik sha-
rofati bilan o‘zbek tili — davlat tiliga e’tibor kuchaydi va ona
tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraq-
qiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha
qarorlar qabul qilindi.
1995- yilning 21- dekabrida O‘zbekiston Respublikasi-
ning yangi tahrirdagi «Davlat tili haqida»gi Qonuni e’lon
qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning bi-
rinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitu-
tsiyamizning to‘rtinchi moddasida yozilganidek, «O‘zbe-
kiston Respublikasining Davlat tili — o‘zbek tilidir» deb
yozib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tili-
mizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qi-
lish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz
fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh,
o‘quvchi va talaba ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda
til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat
qilishi foydalidir. So‘z — fikrning qurolidir, kishi qanchalik
ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham
shunchalik keng bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi