6
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish
vositasi vazifasini bajaradi.
Til vositasida insoniyat to-
monidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi
va avloddan avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘z-
gusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri,
dunyo-
qarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdala-
nadi. Tildagi har bir so‘z,
uning har bir shakli inson
tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani ba-
jara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha,
gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va
mantiqan o‘zaro bog‘lanishda
borliq haqidagi hukm-
larni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qi-
ladi.
Til
insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat
qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy
taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib
boradigan ijtimoiy
hodisadir.
3- topshiriq. Alisher Navoiyning til, so‘z haqidagi hikmatlarini
daftaringizga ko‘chirib, ularning mazmunini o‘z so‘zlaringiz bi-
lan izohlang va hikmatlarni yod oling.
2- mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlar
ishtirokida matn maz-
muniga mos mustaqil gaplar tuzing.
Kishilar bir-birlari bilan til orqali o‘zaro munosabatda
bo‘ladilar, bir-birlariga
fikr va istaklarini yetkazadilar.
Alisher Navoiy tilning faqat
insonlarga xos hodisa ekan-
ligini ta’kidlab:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin, –
deganlar.
Dostları ilə paylaş: