4- topshiriq.Tilning bilish jarayonidagi o‘rni haqida ijodiy bayon
yozing. Yozma ishingizda quyidagi fikrlardan foydalaning:
— Insonning borliqni anglash, yashash va ishlash
jarayonida paydo bo‘luvchi narsa, voqea-hodisalarni aks
ettiruvchi barcha tushuncha va tasavvurlari tilda o‘z ifoda-
sini topadi.
— So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi birlik tafakkur jara-
yonining o‘ziga xos va ijtimoiy-tarixiy ong mahsulidir.
— Tushuncha borliqni anglash, aks ettirishning shunday
shakliki, u narsa va uning xossalari haqida ma’lumot berib,
hamma vaqt so‘zda ifodalanadi.
— Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib bo-
radi.
Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va
nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson
tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga
chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak,
tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikr-
dan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa
tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtira-
digan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab
beruvchi quroldir.