Nutqning mantiqiyligi Nutqda so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi ma’noviy-maz-
muniy aloqalarning ifodalayotgan fikrdagi mantiqiy
mohiyat va uning rivojlanib borishiga mos kelishi
nutqning mantiqiyligi sanaladi.
Nutqning mantiqiyligi quyidagilarni taqozo etadi:
– mantiqiy tafakkur qoidalarini bilish;
– bir fikrni ikkinchisiga bog‘lay olish va bu orqali
fikr izchilligini ta’minlash;
– tushuncha va fikrlar o‘rtasidagi munosabatlarning
mantiqiyligiga erishish;
– o‘z fikrini asoslay bilish, uning to‘g‘riligini dalillar
bilan isbotlash;
– bildirilayotgan fikrlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lmas-
ligiga erishish;
– so‘zlarning ma’noviy-mazmuniy mohiyati, ular-
ning gapda o‘zaro bog‘lanish xususiyatlari va tartibini
bilish, jumla va gaplarning fikr mazmuni bilan muvofiq
bo‘lishiga erishish;
– mantiqan bir-biriga zid, o‘zaro aloqador bo‘l-
magan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni nutqda
qo‘llamaslik va shu kabilar.