* * *
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Yusuf Xos Hojib.
* * *
O‘chukturma erni tilin, bil, bu til
Bashaqtursa, butmas, butar o‘q boshi.
* * *
Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim ezgu, kim oqir bo‘lur.
Ahmad Yugnakiy.
* * *
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini,
Ko‘rma kim der ani, ko‘rgilkim, ne der.
* * *
Kim oz dedi nuqta aysh-u kom o‘ldi anga,
So‘z qoidasida intizom o‘ldi anga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
* * *
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar.
Har nechaki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qatig‘i el ko‘nglig‘a ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar.
Alisher Navoiy.
* * *
Bor so‘zni so‘z sanab tebranmasin til,
Ko‘rib, o‘ylab so‘zla, keragini bil.
So‘fi Olloyor.
11- topshiriq. Matnni o‘qing, so‘ng adibning nutq madaniyati
haqidagi fikrlarini sharhlab, ijodiy bayon yozing.
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on
oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak
millatning ruhini yo‘qotmakdur... Zig‘ir yog‘i solub, mosh-
kichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini
buzadur. Bobolarimizga yetushg‘on va yaragan muqaddas
til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas...
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz
orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z inson-
ning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on
tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini,
ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilur-
lar. «Quruq so‘z — quloqqa yoqmas», demishlar.
Agar so‘z aql va hikmatga muvofiq bo‘lub, o‘ziga yoki
eshituvchiga bir foyda chiqaradurg‘on bo‘lmasa, asalari
orasida g‘ung‘urlab yurgan qovog‘ari kabi quruq g‘un-
g‘urlamoq, faqat bosh og‘rig‘idan boshqa bir narsa emas-
dur. Boshimizga keladurgan qattig‘ kulfatlarning ko‘pi yum-
shoq tilimizdan keladur. Shuning uchun: «Ko‘p o‘yla, oz
so‘yla», demishlar.
Tillarning eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yax-
shisi bilib, oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur.
A. Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»dan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
12- topshiriq. Nutq odobi haqida aytilgan hikmat va maqollarni
daftaringizga yozing hamda oxirgi ikkitasining ma’nosini izohlab
bering.
1. Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsa-
ni odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til
shuni gapiradi.
Kaykovus.
2. So‘zi hisobsiz – o‘zi hisobsiz.
3. Chin so‘z – mo‘tabar, yaxshi so‘z – muxtasar.
4. Takallum bila kimsa inson erur,
So‘zi yo‘q bahoyimg‘a ne son erur.
Alisher Navoiy.
Ajdodlarimiz qadimdan to‘g‘ri, ta’sirchan, chiroyli
gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-
axloqiy talab sifatida qarab kelganlar. So‘zni qadrlash,
yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapi-
rish, chin so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash,
ezma va vaysaqi bo‘lmaslik kabilarga amal qilish nutq
odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muoma-
ladagi bu odatlar xalqimizning o‘ziga xos an’anasi si-
fatida yashab va takomillashib kelmoqda.
Nutq madaniyatini egallash birinchi galda hozirgi
o‘zbek tili va uning mavjud ifoda vositalarini puxta
o‘zlashtirish, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilish
kabi lisoniy omillarga; ikkinchidan, so‘zlashganda muay-
yan axloq-odob me’yorlariga rioya etish, o‘z va o‘zgalar
gapiga e’tiborli bo‘lish, o‘rinli so‘zlash, tinglash, suh-
batlashish, munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiy-
ruhiy omillarga bog‘liqdir.
7- mashq. Gaplarni o‘qing. Nutq madaniyatiga oid maqol va hik-
matlarni ko‘chirib oling, ma’nolarini izohlang.
1. O‘zbek xalqi: «O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir», –
deb nutqqa nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishni xush ko‘radi.
2. Abu Nasr Forobiy aql va mantiq ilmiga alohida e’tibor ber-
gan, shuningdek, mantiq bilan grammatikaning o‘zaro
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
2 – Mahmudov N.
bog‘liqligini quyidagicha ta’kidlagan: «Mantiqning aqlga mu-
nosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Gramma-
tika odamlar nutqini tarbiyalagani singari mantiq ilmi ham
tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab
turadi». 3. O‘rta Osiyo xalqlarida notiqlik san’ati «voizlik», no-
tiq — «voiz», nutq — «va’z» atamalari bilan nomlangan.
4. Alisher Navoiy nutq va unga amal qilish haqida quyida-
gilarni ta’kidlaydi: «Va’z bir murshid va ogoh ishidir va
aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir
yo‘ldan bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak.
Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayrimaqsud yerga yetar».
5. So‘zni ko‘ngulda pishirib toblamaguncha tilga keltirma. Dilda
bor va fikrlarning hammasi aytgulik bo‘lavermaydi. Ichda yot-
gan so‘zlaring — sening sirlaring. Sir esa nafasga o‘xshashdir.
Chiqqan nafasday, uning ham sira qaytarilish imkoni
bo‘lmaydi ( A. Navoiy). 6. Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi
nutq qobiliyatidir... Nutqni juda yaxshi va san’atkorona o‘rganib
ol, doimo gapga chechan bo‘lishga harakat qil. Nutqi shirin
kishining mehribon kishilari ham ko‘p bo‘ladi (Kaykovus).
Dostları ilə paylaş: |