28
20- topshiriq. Abu Homid G‘azzoliyning «Til ofatlari kitobi»dan
olingan parchani o‘qing va uning mazmuni asosidagi xulo-
salaringizni 5–6 ta gap bilan ifodalang.
Xunuk eshitiladigan iboralarning aksari albatta so‘kishda
qo‘llanadi. Bunday iboralar behayolik darajasiga, ya’ni bir-
biridan bepardaroq bo‘lishiga qarab farqlanadi.
Shuningdek, bunday iboralar har o‘lkaning odatiga ko‘ra
ham tafovutlidir. Deylik, shaharning
bu chekkasida quloqqa
yomonroq eshitiladigan iboralar, shaharning u chekkasida
umuman taqiqlangan bo‘lishi yoki
ikkalasining orasida uni-
siga ham, bunisiga ham o‘tib turadigan darajada farqlanishi
mumkin.
Ahli ayolga nisbatan ham ishoratan gapirish go‘zal va
ma’qul ko‘rilgan odat hisoblanadi. Masalan: «Mening xotinim
falon dedi», – deyilmaydi. Balki: «Ichkari
xonada shunday
gap aytildi» yoki «Parda orqasidan shunday gap eshitildi»
yoxud «bolalarning onasi aytdi», – deyilishi hayoga yaqinroq.
Bu borada ziyrak va «yopiq»roq bo‘lish maqtovga munosib
sifatdir. Ochiqlik esa xunuk,
qolaversa, behayolikka boshlaydi.
Xijolatga sabab bo‘ladigan pes, kal, bavosir kabi jismoniy
ayblarni ochiq aytish ham durust emas. Balki, vaziyatga qarab,
ramzlar bilan ishora qilish odobga muvofiqdir.
Demak, uyatli ishlarni ochiqcha
gapirish behayolikka
kiradi va bularning barchasi til ofatlaridandir.
Ato ibn Horun deydi: «Umar ibn Abdulaziz tilga e’tiborli
kishi edi. Qo‘ltig‘iga yara chiqqanida uni ko‘rishga bordik.
Undan: «Yara qayeringizga chiqdi?» – deb so‘radik. «Qo‘lim-
ning ich tarafiga», – dedi u».
Ozor yetkazishni qasd qilish, surbet va fosiq kishilar davra-
siga ko‘p qo‘shilish, so‘kishga odatlanish
kabi illatlar behayo-
likka sabab bo‘ladi.
Rashid Zohid tarjimasi
Dostları ilə paylaş: