Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

34- topshiriq. Lug‘atdan ajratib yoziladigan so‘zlarga 10 ta misol
toping va ularning 4 tasi ishtirokida gaplar tuzing.
26- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib yoziladigan so‘zlarni aniqlab,
tuzilishini izohlang.
— ... Maqsadlari juda ochiq! Bittasi mingboshi bo‘lmoqchi,
ikkinchisi Normuhammadning o‘rniga minmoqchi, uchin-
chisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi. Xon ersa Musul-
monqulga bo‘lgan adovatini qi pchoqni qirib alamdan chiq-
moqchi!
Menga qolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim!
Men ko‘p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyi-
shi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat
hosil qilolmadim.
Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati,
shaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast, dun-
yoparast muttahamlar Òurkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib,
bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holda
ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo‘lsak,
yaqindirki, chor istibdodi Òurkistonimizni egallar va biz
bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusimizni o‘ris qo‘liga qoldirgan
bo‘lurmiz.
O‘z naslini kofir qo‘liga tutqin qilib topshiruvchi — biz
ko‘r va aqlsiz otalarga xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim!
Bobolarning  muqaddas gavdasi madfun Òurkistonimizni
kofirxona qilishga hozirlangan biz itlar, yaratuvchining qahriga
albatta yo‘liqarmiz!
Òemur ko‘ragon kabi dohiylarning, mirza Bobur kabi
fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino kabi olim-
larning o‘sib-ungan va nash’u namo qilganlari bir o‘lkani halokat
chuquriga qarab sudraguvchi, albatta, Tangrining qahriga
sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab,
bolalarini yetim, xonalarini vayron qiluvchi zolimlar — qurtlar
va qushlar, yerdan o‘sib chiqqan giyohlar qarg‘ishiga nisho-
nadir, o‘g‘lim!..
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
27- mashq. Juft so‘zlarni ajratib oling va daftaringizga ko‘chiring.
Ularning ma’nosini tushuntiring.
www.ziyouz.com kutubxonasi


48
Urf-odat, nim pushti, yarimorol, tez-tez, baxt-saodat,
dori-darmon, toshko‘mir, yalangoyoq, tasdiq etdi, uch-
to‘rt, yoza-yoza, o‘g‘il-u qiz, qosh-qovoq, olgan bo‘ldi,
qo‘rqa-pisa, shu on, tokqaychi, yuzma-yuz, hovli-joy,
so‘ramay-netmay, olaqarg‘a, asbob-uskuna, yer-u osmon,
sap-sariq, hol-ahvol, ko‘ksulton, keta ber, yoz-u qish.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin