O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunini bajarish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova
qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat
va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozish-
malarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy
qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amal-
ga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat
matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun
qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari
va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish cho-
ralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar
Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va
madaniyat bo‘limlariga yuklatilsin.
VAZIRLAR MAHKAMASINING RAISI I. Karimov