80
HUJJAT TURLARI VA ISH
YURITISH ASOSLARI
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH
♦
Hujjatchilik tarixi
♦
Hujjat turlari
♦
Xizmat xatlari
♦
Murojaat xatlari
♦
Shaxsiy xatlar
♦
Hujjat tuzishda dalil va asoslar
♦
Ish yuritish asoslari
♦
Hujjatlarning zaruriy qismlari
♦
Hujjatda tinish belgilari
64- topshiriq. a) matnni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini
izohlang.
Bobilning miloddan avvalgi 1792—1750- yillardagi pod-
shohi Xammurapining adolatpesha
qonunlar majmuyi, undan
ham qadimroq podshoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi
2112—2094- yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning
mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan
tartibot vositalarining
nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti,
ijtimoiy-iqtisodiy
tuzulmaning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning
takomillasha
borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan.
Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida O‘rxun-
Enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitil-
gan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,
yozma manbalar ma’lum.
Sharqda X—XIX asrlarda yorliq,
farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar,
vasiqa,
tilxat yoki mazmunan shun-
ga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmu-
nan xilma-xil bo‘lgan: xabar,
tavsif, farmoyish, bildirish,
tasdiqlash va h.k.
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
6 – Mahmudov N.
Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393- yilda polak qiroli
Yag‘aylaga yo‘llagan
yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397- yil-
dagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mir-
zoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-
yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing
1779- yil 2- iyunda Peterburgga — Rossiya podshosiga o‘z
elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish
mumkin;
b) savollarga javob bering:
1. O‘rta Osiyoda X asr hujjatlari qaysi tilda yozilgan?
2. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan? Ulardan
namunalar keltiring.
3. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlaridagi
yodnomalar hujjat
hisoblanadimi?
4. O‘rta Osiyoda qaysi davrlarda o‘zbek (turkiy) tilda ish
yuritish yo‘lga qo‘yilgan?
5. O‘zbek (turkiy) tildagi hujjat namunalari keltirilgan qan-
day tarixiy va badiiy asarlarni bilasiz?
52- mashq. Gaplarni o‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliðlar-
ning ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi
muqobillarini qavsda ko‘rsatib ko‘chiring.
1. Xoja Kalonga salom degach, so‘z ulkim, Shamsiddin
Muhammad Atovag‘a keldi... Tengri taolodin umid andoq-
durkim, bu oraning ishi Tangri taolo
inoyati bila bot saran-
jom topgan (
«Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, sa-
fardin salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin
davlatxoh qullar shodmon bo‘ldilar. Umid ulki, hamisha dav-
lat bila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz
(
Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). 3. Yer-u ko‘kni yaratgan
Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki,
yetti iqlim mam-
lakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim
sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini
jon quloqlariga taqdilar («
Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim,
viloyat molin mashvaratsiz olib turursiz va bu ma’hud emas
erdi... Chun sizning tobug‘ingizga ayturga davlatxohlig‘ so‘zini
ayturg‘a ma’murmen. Ul jihatdin go‘stohliq bila arzadosht
bitildi (
Alisher Navoiy, «Munshaot»dan).
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
65- topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan quyidagi so‘zlarning
hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida
gaplar tuzing:
munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, far-
moni oliy, mirzaboshi, devonbegi.
O‘rta Osiyo hududidan
topilgan qadimgi madaniy
obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotno-
malar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjat-
chilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.
O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi,
davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va
qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi
qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asr-
dan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozil-
gan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan
tartibi va nutqiy qoliði bilan ajralib turadi. Sobiq sho‘ro
hukmronligi davrida o‘zbek va
rus tillarida ish yuritish
huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tili-
ning ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqil-
likka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ras-
man ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
53- mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izoh-
lang va shu so‘zlar ishtirokida matn mazmuniga bog‘-
liq gaplar tuzing.
Har qanday hujjat muayyan
axborotni u yoki bu tarzda
ifodalash uchun xizmat qiladi, demak,
har qanday huj-
jatdagi birlamchi va asosiy unsur — bu tildir. Ayni paytda
Dostları ilə paylaş: