83
Hujjatlarning sof o‘zbek
tilidagi yagona andazalarini yara-
tish, bular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish
borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil
etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi
ish yuritishning asosi
hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy xodim zaruriy
axborotni
rasmiy ish tilining tegishli
shakllarida bemalol ifo-
dalay olishi, idoraviy ish yuritish
malakalarini puxta egalla-
gan bo‘lishi zarur.
66- topshiriq. Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turiga ki-
rishini aniqlang, ular o‘rtasidagi farqlarni izohlang.
I. «Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun
ishqida yig‘lag‘an Layli otidan — sizga boshimdag‘i sochla-
rimning tuklaricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz
gunoh, sizdan — kechirish. O‘tkan ishka salovat.
Chunki shu
ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish menim uchun
o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kun-
larni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning
uchun so‘zimni o‘zimning oxirg‘i,
ham chin baxt islari hid-
lagan tariximdan boshlayman...
Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men
ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha
ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib ol-
sam, uyog‘ini o‘zim bilar edim...
3-hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim.»
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
II. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Ak-
mal Islomovga (SA seriyadagi 0612408 raqamli pasportga ega)
«Cho‘lpon yulduzi» mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasi-
dan 2010-yil oktabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga
ishonch bildiraman.
III. Otamni ham xuddi bobom
kabi Isroil degrez der edi-
lar. Otam zahmatkash temirchi edi. O‘sha vaqtda bolalarini
boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat
qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan.
Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq
va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
uchun. Temirlar otam qo‘lida chaqmoqlar taratishiga boqib,
hayratda qolar edim.
Uning qo‘llari cho‘g‘ga aylangan temir parchasini ista-
gan
shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga
qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman,
ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berish-
dan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish
har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan...
Zulflya, 1965-yil.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va
tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi.
Agar hujjat
muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu
muassasaning o‘zida foydalanilsa,
ichki hujjat hisobla-
nadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim
shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar
sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjat-
lar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Biron muassasa yoki
mansabdor shaxs tomonidan
tayyorlanadigan hujjat-
lar
xizmat hujjatlari (
buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma
kabi)ga kiradi.
Dostları ilə paylaş: