104
gi uchun, o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilma-
ganligi sababli, e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi
sababli.
86- topshiriq. Matnni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini
izohlab, matn mazmuni nimaga qaratilganligini ayting.
Men, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Mahmuda Va-
liyeva, litsey kutubxonasidan
ijtimoiy yo‘nalish bo‘limining
2- bosqich talabalari o‘rtasida
mushoira o‘tkazish uchun 10
(o‘n) ta «She’r san’atlari» kitobini oldim.
Mashg‘ulot tugagach, olgan kitoblarni
topshiraman.
71- mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘ying.
So‘ngra bu gaplarni tilxatning zaruriy qismlari tart-
ibida
joylashtirib, matn yarating.
Alisher Navoiy tavalludi... 570 yilligi munosabati bilan
o‘tkazil... anjuman oldi... kollej kutubxonasi ... R. Yunusov. Na-
voiyning hayoti va ijodiy merosini yorituvchi burchak tashkil
et... maqsadida 50 (
ellik) ta kitob ol... (
ro‘yxat ilova qil...). Tilxat.
Men, o‘zbek tili o‘qituvchisi Rustam Yunusov. 2010.04.02.
Kitoblarni 2010- yil 10- fevralda qaytarib topshirish majburi-
yat... zimmam... olaman.
Toshkent qurilish kolleji direktori M. Asqarov... .
87- topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Tilxatdagi yozuvlarni nega o‘chirish yoki tuzatish mum-
kin emas?
2. Tilxat notarial idoralarida tasdiqlanishi shart bo‘lgan ho-
latlarni izohlang.
3. Buyum yoki pul miqdori tilxatda qanday ko‘rsatiladi?
4. Qaysi holatda tilxat matnida guvohlar ko‘rsatiladi?
88- topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari yordamida 4 (to‘rt)
ta
gap tuzing, ularni mantiqiy bog‘lanishda joylashtiring.
Ishonchnoma tuzmoq, pul jo‘natmasini olmoq, xizmat
safari, mart oyi uchun, nomimga kelgan, ishonch bildirmoq,
www.ziyouz.com kutubxonasi
105
vakolat bermoq, kursdoshimga,
menga tegishli, huquqini ber-
moq, imzo qo‘yishga, shartnoma tuzishga, uyushma kassasi-
dan, pasportga ega,
betobligim tufayli, imzosini tasdiqla-
moq, bir yillik muddatga berildi.
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs
nomidan ikkinchi bir shaxsga uning nomidan ish ko‘rish
uchun yozma ravishda ishonch bildirilgan vakolatli huj-
jat sanaladi.
Mazmuni va vakolat egasiga ko‘ra xizmat ishonchno-
masi va shaxsiy ishonchnomalar farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: