84- topshiriq. Litseyingiz direktoriga o‘quv (akadem) ta’til be-
rishni so‘rab ariza yozing.
68- mashq. Quyidagi birikmalarni daftaringizga ko‘chiring va es-
lab qoling. Ulardan foydalanib to‘rtta gap tuzing.
Boshqa shaharga ko‘chishimiz munosabati bilan, mehnat
ta’tili berishingizni so‘rayman, ilova qilindi, ilova qilingan
hujjatlar asosida, kasalligi tufayli, moddiy qiyinchiliklar
sababli, ozod etishingizni so‘rayman, o‘zim haqimda quyi-
dagilarni ma’lum qilaman, ijozat berishingizni so‘rayman,
yoshlar nomidan so‘raymiz, yordam berishingizni so‘raymiz,
deb hisoblashingizni so‘rayman, haqida qaror chiqarishin-
gizni so‘rayman, aytilganlar asosida, kelmayotganligi sabab-
li, moddalariga rioya qilgan holda, muddatini uzaytirishin-
gizni so‘rayman, da’vo talablarini tasdiqlash uchun, ushbu
hujjatlarga muvofiq.
85- topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini izohlang.
Men 2010- yil 14- oktabrdan 6- noyabrgacha onamning
qattiq betobligi sababli darslarga qatnasha olmadim.
Qoldirgan 48 soat mashg‘ulotni mustaqil ravishda o‘zlash-
tiraman.
Ilova: onamning kasalligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma. 69- mashq. Berilgan tushuntirish xatidagi nuqtalar o‘rniga mos
qo‘shimcha va so‘zlarni qo‘yib, daftaringizga
ko‘chiring.
Litsey direktori T. Qodirovga.
3- bosqich talabasi A. Hotamovdan.
www.ziyouz.com kutubxonasi