TUSHUNTIRISH XATI Shu yil 15- dekabr kuni men fizika o‘quv xonasida
kursdosh ... E. Umarov ... mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik. Men
shoshilib ombir... olmoqchi bo‘lib, stol... turtinib ket... . Stol
nosozligi ... uning usti... shisha idish sindi. Biz nojo‘ya harakat
qilgan... yo‘q, tasodif... shunday bo‘ldi.
(imzo) A. Hotamov.
2010- yil 15- dekabr. Tushuntirish xati xizmat (o‘qish)ga aloqador masa-
lani, uning biror jihatini yozma izohlovchi huijatdir.
Shaxsiy tushuntirish xatlari xodim (talaba) tomonidan
muassasa (o‘quv yurti) rahbari nomiga yoziladi. Unda ish
(o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etil-
gan ayrim o‘rinsiz xatti-harakatlar tafsiloti, ularning
sabablari bildiriladi va dalillar bilan izohlanadi. Odatda
tushuntirish xati mansabdor shaxs (rahbar) talabi bi-
lan yoziladi.
Bu hujjat xodim (talaba) haqida biror qarorga ke-
lish, unga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llash yoki
qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘taydi.
Tushuntirish xati xodim (talaba)ning o‘z dastxati bi-
lan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida
(masalan: N. Sobirovning tushuntirish xati) rasmiylashtiriladi.
Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar
aniq ko‘rsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qo‘shimcha
asoslov hujjatlari ilovada beriladi.