Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaru-
riy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qism-
larining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri
qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unut- mang:
— bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha
harflar katta harflar bilan yozilishi kerak.
Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi;
— hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qis-
qartirilmasdan to‘liq, bosh harflar bilan yozilish qoi-
dalariga amal qilgan holda yoziladi;
— hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan
yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘-
langan tarzda undan so‘ng beriladi;
— shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan
va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi.
Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ...
— tavsifnomada tavsiflanayotgan shaxs haqidagi
ma’lumotlar bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi.
Masalan: ...ning 2- bosqich talabasi, 1998-yilda tug‘il- gan, o‘zbek... kabi.