Davlat va huquq nazariyasi modulidan YaN (yakuniy nazorat) kazuslari Kazus 1


Islom taraqqiyot banki siyosatining O‘zbekiston huquq tizimiga mosligi haqida umumiy fikr bildiring



Yüklə 143 Kb.
səhifə2/16
tarix15.09.2023
ölçüsü143 Kb.
#143874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
DHN. uzbek.

4. Islom taraqqiyot banki siyosatining O‘zbekiston huquq tizimiga mosligi haqida umumiy fikr bildiring.


Kazus 2
Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq vaynerlarning “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish Islom diniga zidligini aytib chiqqan video tarqalgandi.
Videoda bir shaxs do‘stining yoniga kelib, dastur orqali keshbeklardan 500 ming so‘m yig‘ganini aytadi. Ikkinchisi esa u ham 300−400 ming so‘m miqdorda mablag‘ to‘plab qo‘yganini, biroq bu foiz, foiz esa sudxo‘rlikka kirishini ta’kidlaydi. Musulmonlar idorasi huzuridagi Fatvo markazi shu kabi holat borasida ma’lumot berib, vaynerlarning xulosasini rad etdi.
“Ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilsa, buni iqtisod tilida keshbek deyiladi. Bank shu ko‘rinishda o‘zining foydasidan kechsa yoki xizmatlaridan foydalangani uchun xizmat narxidan bir qismini qaytib bersa, undan foydalansa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Savollar:
1. Vaynerning fikrini norasmiy sharh deb hisoblash mumkinmi? Fikringizni asoslang.
2. Fatvo markazining fikrini huquqni muhofaza qilish harakati deb hisoblash mumkinmi?
3. Bankning naqd pulni qaytarish siyosati qonuniy manfaatmi? Buning qonuniy asoslari bormi?
4. Vaynerning harakatlarida huquqbuzarlik unsurlari bormi?


Kazus 3
28-aprel kuni Buxoro shahridagi avtoservis ustaxonasida gaz balloni yorildi, deb xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati. Soat 16:15 da viloyat FVBga Buxoro shahri “G‘afur G‘ulom” MFY Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan “Sharof gaz servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida maishiy gaz balloni yorilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Holat yuzasidan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipaji jalb qilingan. Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko‘ra, 2 fuqaro (1985 va 1986-yillarda tug‘ilgan) 90−95 foiz kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali kuyish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ahvoli og‘ir.
Voqea sababi o‘rganilganda xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz ballonini ta’mirlash jarayonida ballon yorilib, ustaxonaning eshik va derazalarining sinib, shikastlanishiga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.



Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin