Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma


-03. Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr)



Yüklə 142,97 Kb.
səhifə20/31
tarix13.12.2023
ölçüsü142,97 Kb.
#175011
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

05-03. Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda ota-onalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta boʻlishi yoki 4 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 05-03 raqami qoʻyiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi quyidagicha:
Bolalar davomatini qayd etish daftari yosh guruhlarida bolalar qatnovini har kuni soat 9.00 dan kechiktirmay belgilab boriladi va kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qoʻyiladi. Oy yakunida roʻyxatdagi bolalar kelgan, kelmagan kunlarining umumiy soni chiqariladi va natijalar umumlashtiriladi. Tahlilda roʻyxat boʻyicha bolalar soni, ushbu oy davomida kelgan va umuman kelmagan bolalarning aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola kuni bajarilishi aniqlanadi. Umumiy bolalar kuni va bola kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi. Tahlil qilgan tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira tomonidan bolalar sonining haqqoniyligini tasdiqlab imzo qoʻyiladi. Tashkilot direktori oy davomida yuritilgan davomat va tahlilni nazoratdan oʻtkazib, oy yakunida imzo va muhr qoʻyadi.
Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Filtr daftari tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqtida har bir bolaning ota-onasi bilan bola salomatligi haqida qisqacha suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan oʻtkazadi. Filtr daftarida tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi (pedikulyozga tekshiruv) va ota-onadan olingan soʻrovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr
nazorati ota-ona oldida oʻtkaziladi.
Bola uch kun kelmagan takdirda filtr nazoratini tashkilotning tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilishi va ota-onadan bolaning tashkilotga kelmaganlik sababini tasdiqlovchi tegishli hududiy davolash tashkiloti tomonidan berilgan maxsus shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilishi talab etiladi. Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.

Yüklə 142,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin