Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Nazorat uchun savollar:
1. Kapital qurilish sohasida davlat xaridi qanday amalga oshiriladi?
2. Qishloq x o ‘ja lik sohasida davlat xaridini amalga oshirishdan k o ‘z-
langan maqsad nimada?
3. Qishloq xo ‘jaligida davlat xaridini amalga oshirish mexanizmi qanday?
4. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar nima ekanligini tushuntirib bering.
5. Davlat byudjetidan guruhlar bo ‘yicha xarajatlami amalga oshirishni
izohlab bering.
6. Kapital quyilmalarga xarajatlarni amalga oshirish manbalari qanday?


§ 5. Tender savdolarini tashkil etish
va xaridini amalga oshirishda baholar monitoringi
Tender savdolari — dunyo amaliyotida tovarlar, ishlar va 
xizmatlami xarid etishning asosiy instrumenti sifatida qaraladi. 
Savdolarni tashkil etishning tartibi va shartlari umumqabul qilingan 
xalqaro m e’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinib turiladi. Ushbu 
qoidalar yirik xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, donorlik 
agentliklari tomonidan xarid etish jarayonlarida yaqqol nom oyon 
boiadi.
Bundan tashqari, tenderlar orqali tovarlar va xizmatlami xarid 
etish usullari har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, soha 
me’yorlari va boshqa majburiy, tavsiya etiladigan hujjatlar bilan 
begilab beriladi.
Tender savdosidan ko‘zlangan asosiy maqsad, tovarlar va xizmat­
lami past baholarda va optimal sifat ko‘rsatkichlari asosida sotib 
olishdan iborat. Bundan ko'rinib turibdiki, tender savdolarida g‘olibni 
aniqlovchi asosiy omil - nomzod taqdim etgan taklifda sifat va 
baho ko'rsatkichning nisbati hisoblanadi. Ammo, ushbu ikki ko'rsat- 
kichning nisbati savdo predmetidan (tovarlar yoki xizmatlar) va 
ayrim olingan savdolarni o‘tkazishda ishlatiladigan tender hujjatlari 
yo'riqnomalaridan kelib chiqib, turlicha bo‘lishi mumkin. Tender 
savdolarining, yoki o'zbek tilidagi nashrlarda uchraydigan 
«tanlov«
asosida tashkil etiladigan savdolaming bir nechta turlari mavjud
(quyidagi 8-chizma).
Savdolar ishtirokchilaiga ko'ra (ochiq, yopiq va boshqalar), 
ishtirok etishga ruxsat berilishiga ko ‘ra (kvalifikatsion tanlov 
asosida yoki ushbusiz), geografik belgilariga ko‘ra (xalqaro, milliy, 
mahalliy), tanlab olish jarayoniga k o ‘ra (oddiy, soddalashtirilgan) 
va boshqalar. Shuningdek, savdolarning klassifikatsiyasining yana 
bir turi bu — uning predmetiga qarab, masalan, tovarlar yetkazib 
berish uchun, bajariladigan ishlar va xizmatlar ko‘rsatish uchun


kabi turilarga bo ‘linadi. M azkur klassifikatsiya quyidagilarni 
nazarda tutadi:
Tovarlar yetkazib berish uchun savdolar —
davlat va xususiy 
sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda 
ishlatiladi. Savdo predm eti asbob-uskunalarni ishlab chiqish, 
tayyorlash, yetkazib berish, montaj va uni ishga tushirish
shuningdek yetkazib berilgan tovarlami keyingi ekspluatasiyasi 
bilan bog'liq qo‘shim cha vazifalar, m asalan, texnik xizmat 
ko'rsatish, rem ont, personalni o‘qitish va sotuvdan keyingi 
xarajatlar. Bunda, savdo ishtirokchilari — buyurtmachi va mol 
yetkazib beruvchidan iborat.
Bajariladigan ishlar uchun savdolar
— pudrat savdolari sifatida 
m a’lum bo‘lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda 
pudratchilarni yollash h am da kerakli xizm atlarni bajarish, 
masalan, kafolat muddati davomida obyektni ta ’mirlab borish, 
personalni ekspluatasiya xizmatlariga o‘qitish va boshqalardan 
iborat. Savdo ishtirokchilari — buyurtmachi va pudratchilardan 
iborat.
Xizmatlar k o ‘rsatish uchun savdolar—
texnik-iqtisodiy, ekologik 
va turli ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlami sifatini 
nazorat etish, ma’lum tadqiqotlami amalga oshirish kabilar uchun 
in je n e r, yuridik, m o liy a-iq tiso d iy va boshqa xizm atlarga 
y o ‘naltirilgan bo‘ladi. Savdo ishtirokchilari — buyurtmachi va 
maslahatchilardan iborat.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, savdolar turli xil tusga 
ega. Sanab o‘tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida o ‘ziga xos 
tender va shartnoma hujjatlari mavjud bo‘lib, uning tarkibi va 
m a’nosi, yirik xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Yevropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa hamjamiyati komissiyasi, 
Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan 
yo‘riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, me’yoriy 
va uslubiy ko‘rsatmalari bilan muvofiqlashgan.
Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlami sotib 
olish yuzasidan tender savdolarini o ‘tkazish to ‘g‘risidagi Nizom 
(21.11.2000-yil 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) davlat 
byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari m aqsadli fondlari


mablagMari, Hukumat kafolati bo‘yicha olingan xorijiy kreditlar, 
Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro ham korlik Yapon 
banki, «KFW« banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari 
tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag'lari evaziga 
import qilingan, yoki 0 ‘zbekiston Respublikasida islilab chiqarilgan 
xomashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib 
olish bo‘yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab 
beradi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin