477
Firma tomonidan jami olinadigan risk operativ va moliyaviy leverejni turli
darajalarda umumlashtirish orqali boshqarilishi mumkin.
Turli leverej
o’lchovlaridan xbardorlik sizga jami riskning qabul qilinishi mumkin bo’lgan eng
to’g’ri darajasini aniqlashda yordam beradi. Masalan, tijoriy faoliyatning
muayyan qismida yuqori darajadagi biznes riski mavjud bo’lsa, u holda kam
miqdordagi moliyaviy risk firma savdosidagi o’zgarishlardan kelib chiquvchi
foydaning qo’shimcha tebranishlarini minimallashtiradi. O’z
navbatida, o’z
tabiatidan kelib chiqqan holda quyi darajada o’zgarmas xarajatlarni amalga
oshiruvchi bu firma aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foyda va ustav kapitalining
foydalilik darajasini oshirish maqsadida yuqori darajadagi moliyaviy leverejdan
ham foydalanishi mumkin.
28-MAVZU: UY XO’JALIKLARI MOLIYASI
REJA:
1.
Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi.
2.
Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos
xususiyatlari.
3.
Uy xo’jaliklari daromadlari.
4.
Uy xo’jaliklari xarajatlari.
5.
Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish.
1.
Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi
Uy-xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bozor munosabat-lari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy
ahamiyati
uning
iqtisodiy
jihatdan
qanday
maqsadlarni
bajarishga
mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish
omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning)
xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari
va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy
xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol
qiluvchilar sifatida
maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida,
uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va
moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok
etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fond-
larini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar
to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash uchun foydalaniladi.
Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
tomonidan tavsiya
etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti)
478
uy xo’jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy
fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan va
ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini
umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan
guruhi, deb ta’riflaydi
104
.
Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining
“xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga
mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va
“oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki
sinonim iboralar shaklida
ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan
farq qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga
nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekan-ligini qayd etib
o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli bo’lgan joyda (binoda)
yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi
bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani
ijaraga olgan talaba uy-joy
egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi
va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z
ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy
xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la
olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo,
shu bilan belgilanadiki,
birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham
va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min-layotgan
yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini
xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi
quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:
birgalikda (bir joyda) yashash;
umumiy byudjetning mavjudligi;
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish
uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish,
ularni taqsimlash va
foydalanishga tegishli bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana
shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: