21-mavzu. Davlat krediti Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat kreditining
subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat
ekanligi va unda davlatning qanday sifatlarda maydonga chiqishi. Davlat
kreditida davlatning kafilga aylanishi. Davlat tomonidan kafolatning berilishi va
markazlashtirilgan pul fondidagi o‘zgarishlar. Kreditning bir turi sifatida davlat
krediti klassik moliyaviy kategoriyalardan, xususan, soliqlardan farq qiluvchi
o‘ziga xos jihatlari.
22-mavzu. Ijtimoiy ta’minot Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari. Ijtimoiy
ta’minotning ta’rifi. Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari.
Pensiyaning ko‘rinishlari. Nafaqalarning asosiy ko‘rinishlari. Ijtimoiy
ta’minotning boshqa shakllari. “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining keng
ma’noda talqini. “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilish.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari. Ijtimoiy ta’minotni vujudga
keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) tamoyillari tarkibi.
23-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari XYSlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning
zarurligi. XYSlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirish. XYSlarni
moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari. XYSlar, firmalar va korporatsiyalarni
moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni. Sof foydani va aktivlarni
kapitallashtirish. Kapitallashtirish jarayonining ishlab chiqarishga ilmiy
yutuqlarning moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab
chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan shakldagi kapitalning
intellektuallashtirishga asoslanishi kerakligi. Moliyaviy isloh qilish dasturida
ko‘zda tutiladigan vazifalar. Moliyaviy indikatorlarning o‘zgarishini monitoring
qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish
shartlari.