11
qo‘llaniladi.
“Moliya” fanining obyekti. Moliya sohasi
va moliya sohasida yuzaga
keladigan moliyaviy munosabatlar “Moliya” fanining obyekti hisoblandi.
“Moliya” fanining predmeti. Moliya sohasida vujudga kelgan va keladigan
turli moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni hamda ularning nazariy-
huquqiy asoslari “Moliya” fanining predmeti bo’lib hisoblandi.
“Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat,
moliyaviy munosabatlar,
pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya
nazariyalari, moliyaviy hisobotlar,
moliyaviy riskalar, davlat va nodavlat
moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti
daromadlari
va xarajatlari, byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat
krediti, ijtimoiy himoya, sug‘urta va xalqaro
moliya munosabatlari kabi
moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirish hisoblanadi
Fanining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
–
talabalarga “Moliya” fanining predmeti, obyekti
va boshqa fanlar bilan
aloqadorligi, moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi, moliyaviy
qarorlar, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv haqida
tasavvur ega bo’lishiga yordamlashish,
–
talabalarga moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat,
moliyaviy hisobot: mazmuni,
vazifalari va turlari, ijtimoiy ta’minot, xalqaro
moliya
munosabatlari, moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini
bilishi va ulardan foydalana olishni o’rgatish;
–
talabalarga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetlararo
munosabatlar, sug‘urta munosabatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy
jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va
rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llashni o’rgatish.
Dostları ilə paylaş: