Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Moliyaning funksiyalari. 
5.
 
Takror ishlab chiqarish va moliya. 
6.
 
Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. 
7.
 
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz 
xizmatlari. 
1. “Moliya” fanining predmeti va obyekti
“Moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha 
amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga 
yetilmayotgan 
vaqt
va 
noaniqlik sharoitida
defitsit pul mablag‘larining 
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” 
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. 
Zamonaviy sharoitda moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari 
emas. Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini 



belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va 
qadr-qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va 
noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga 
olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar 
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? 
E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? 
Yuqoridagi holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga 
olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima 
bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech 
bo‘lganligini, 
“poyezd 
ketib 
qolgan”ligini 
sezib, 
afsus-nadomat 
chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta 
bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani 
o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta 
bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham 
moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim. 
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Moliya” fani 
quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi: 


Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin