12
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik qilib pul topgansiz va
o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd qildingiz. Sizning shunday qilishingizga
bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘
talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining
faoliyat sohasini
kengaytirish arziydimi yoki yo‘qmi,
shuningdek,
telekommunikatsiya sohasida
biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi
bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan
iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz
unga nimalarni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz.
Guruhning vazifasi
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Moliya”ni
o‘rganmasdan ham topib bo’lmaydi.
“Moliya” fanini o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor.
Ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin (1-rasmga qarang).
Demak, 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Moliya”ni:
Dostları ilə paylaş: